Ma’ruza №43
Xomaki misni olovli tozalash pechining asosiy tasnifi va ishlash prinsiplari
Tayanch iboralar:
statsionar,
egiluvchi rafinirlash pechlari, magnezitli va xromomagnezitli
g‘ishtlar, pechning yonbag‘irlari, ifloslangan mis, leщad, pech qubbasi, tirqishli letka, tabiiy gaz,
mazut, gaz yurish tizimi,
karuselli quyish mashinasi, quyish letkasi, izlojnitsa,
pnevmatik yuk
ko‘targich.
Reja:
1. Olovli tozalash jarayonlarining tasnifi.
2. Olovli tozalash pechlarining ishlash prinsipi.
3. Xomaki misni tozalashda asosiy issiqlik va massaalmashuv jarayonlari.
Eritish pechlarida olingan shteyn konverterlashdan keyin xomaki mis olinadi. Xomaki
misning o‘rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha bo‘ladi, %:
97,5–99,5 Сu; 0,03–0,35 S; 0,01–0,1Fe; 0,1–0,5Ni; 0,05–0,26 Pb; 0,03–0,3 As; 0,03–0,2 Sb;
0,05 gacha Bi; 0,1
gacha Sn; 0,03 gacha Zn; 0,1 Se va Te; 0,1 O
2
; 0,003–0,04 (30-400 g/t) Au;
0,002–0,3 (20–3000g/t) Ag.
Kimyoviy tarkibdan ma’lumki, misdan tashqari asosiy qo‘shimchalar oltingugurt, temir, rux,
qo‘rg‘oshin va margimushdir. Kerakli qo‘shimchalarga selen, tellur, oltin va kumush kiradi.
Demak, bundan ma’lumki, 5 ta kimyoviy elementni, imkon darajasida bir fazaga, ya’ni Сu, Se,
Te, Au, Ag ni anodli mis tarkibiga, qolgan S, Fe, Ni, Pb, Zn, As, O
2
, SuO
2
va boshqa nokerak
unsurlarni toshqolga o‘tkazib orqaga, ya’ni avvalgi konverter pechiga
suyuq xolda qaytarish
kerak. Shuning uchun xam yuqoridagi ikki guruhga bo‘lingan metallarni misdan xoli qilish
uchun xam ikki xil tozalash usuli ketma-ket qo‘llaniladi.
1. Olovli tozalash.
2. Elektr toki yordamida elektroliz orqali tozalash.
Har ikki jarayonda ham kerakli metallarning nobud bo‘lishiga qisman bo‘lsada yo‘l
qo‘yiladi. Biroq nobudgarchilik uncha iqtisodiy zarar ko‘rsatmaydi. Chunki olovli va elektroliz
tozalash paytidagi (anodli toshqol, elektrolit, eritma va shlamlar)
ajratib olingan ikkilamchi
qo‘shimchalar qayta ishlanadi va ulardagi kerakli metallar ajratib olinadi.
Tozalashdan keyingi olingan mahsulot tarkib va sifatliligi uchun xam davlat talabiga, ya’ni
GOST 859–66 ga to‘liq javob berishi kerak. Ushbu talab bo‘yicha eng oliy tozalangan,
rafinirlangan mis (MOO markasi) tarkibi 99,99 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Shunday bo‘lsada,
tozalangan mis tarkibidagi 20 ta kimyoviy elementning qo‘shimcha yig‘indisi 0,01 % dan
oshmasligi aloxida qayd etiladi. Ulardan 10 ta element, quyidagilar: Bi, Sb, As, Fe, Ni, Pb, Sn, S,
O, Zn.
Dunyoda 95 % dan ortiq xomaki mis ikki bosqichli tozalash jarayonidan o‘tadi. Bor-yo‘g‘i 5
% gina xomaki mis faqat olovli tozalashdan so‘ng olingan qizil mis
sim yoki list holida yoki
qotishma holida quyilib, halq xo‘jaligida ishlatiladi.
Iqtisodchilarning xisobiga ko‘ra, ikki bosqichli tozalash xar qanday sharoitda ham (garchi
tarkibida oltin, kumush kam bo‘lsada yoki elektr toki qimmatga tushsa ham) iqtisodiy samara beradi.
Chunki elektrolitik rafinirlash mobaynida qattiq xolatdagi anodli mis tarkibidagi oltin, kumush,
platina guruhidagi elementlar va nodir metallarni (Se, Te, Bi va boshqalar) to‘liq ajratib olish
imkoniyati bo‘ladi.
Ikki bosqichli tozalashni bir bosqichli jarayonga o‘tkazish borasida
olimlar olib borgan
ayrim tadqiqotlar samarasiz yakunlandi. Chunki olovli tozalashni yo‘q qilib, o‘rniga elektroliz