Misni olovli tozalash
Xomaki misni olovli tozalashdan asosiy maqsad - bo‘lajak elektrolitik tozalashga yaroqli
zich anodlar olish va zarra metallarni yo‘qotishdir. Zarra metallarni borligi elektroliz jarayoniga
salbiy tasir qiladi. Anodlarni xomaki misdan ham qo‘ysa bo‘ladi, faqat elektroliz ko‘rsatkichlari,
zich anodga nisbatan, ancha yomonroqdir. Xomaki misdagi zarra metallarni uch guruxga bo‘lsa
bo‘ladi:
1) Nisbatdan onson va to‘la ajralib chiqadiganlar -Zn, Fe, S;
2) Qisman ajralib chiqadiganlar - As, Sb, Vi, Ni,
3) Umuman ajralib chiqmaydiganlar - Au, Ag.
Olovli tozalashda quyidagi operasiyalar o‘tkaziladi:
1) Xomaki misni pechda eritish (agarda pechga suyuq xomaki mis qo‘yilsa bu operasiya
o‘tkazilmaydi);
2) Suyuq misni havo puflash orqali oksidlantirish. Bu operatsiyani maqsadi - zarra
metallarni oksidlantirib shlak fazasiga o‘tkazishdir. Operatsiya yakunida mis sirtidan shlak
albatta chiqarib tashlash kerak. Aks xolatda zarra metallar yangitdan mis tarkibiga o‘tishi
mumkin;
3) Suyuq mis vannasida erigan mis yarimoksidini tiklanish operatsiyasi;
4) Misni anodlarga quyish.
Suyuq mis xajmdagi xavo o‘tganda reaksiya oqib o‘tadi:
2 Cu + 0,5 O
2
= Cu
2
O + 16,74
kDj
Paydo bo‘lgan Cu
2
O suyuq misda eriydi. Mis yarimoksidni erish qobiliyati xaroratga
bog‘liq va quyidagi raqamlarni tashkil qiladi.
1100
0
C - 5,0 %; 1750
0
C - 8,3 % va 1200
0
C - 12, 4 %. Haroratni undan yuqori
ko‘tarilishi erishni deyarlik oshirmaydi. Amaliyotda oksidlanish operasiyasini 1150 - 1170
0
C
oralig‘ida olib boriladi. Shuning uchun, suyuq misni kislorod bilan to‘yintirilishini 8 % bilan
cheklanadi xolos. Bu raqam suyuq vannada 0,9 % kislorod borligiga to‘g‘ri keladi. Agarda misni
qo‘shishga oksidlantirsak, Cu
2
O vanna sirtiga suzib chiqib, befoyda mis bilan shlakni
boyintiradi. Iloji boricha Cu
2
O ni baland miqdorligi zarra moddalarni maksimal ravishda
oksidlantirish uchun kerak.
Xomaki misni tarkibida 99 % Cu, 0,2 % S, 0,5 % Fe va bir kancha selen, tellur, vismut,
surma, mishyak, nikel va boshka metallar bor. Xomaki misga shixtadagi oltin va kumush deyarli
to‘la o‘tadi.
Mis yarimoksidi suyuq misda erib, zarra moddalar bilan o‘zaro bog‘lanadi. Masalan, mis
yarim sulfidiga bog‘langan oltingugurt bilan:
2 Cu
2
O + Cu
2
S = 6 Cu + SO
2
(43.1)
G = 3560 - 6,725 T
(43.2)
Pechdagi xarorat oraligida bu reaksiya deyarli to‘liq chapdan o‘ngga surilgan va to‘liq
o‘tadi.
Mis yarimoksidi boshqa metallarga nisbatan kislorodga tortilish kuchi kam bo‘lgani
sababli o‘zini kislorodini boshqa metallarga berib, ularni oksidlantiradi.
Cu
2
O + Fe = 2 Cu
2
+ FeO
(43.3)
Cu
2
O +Ni = 2 Cu + NiO
(43.4)
3 Cu
2
O + 2 Sb = 6 Cu + Sb
2
O
3
(43.5)
Elementlar Zn, Cu, Mn, Sn va Fe onson va to‘la shlak fazasiga o‘tadi. Masalan, temirni
nazariya bo‘yicha qoldiq miqdori (og‘irlik bo‘yicha) 0,0011% tashkil qiladi. Amaliyotda temirni
suyuq misdagi miqdori 0,0009%.
Suyuq mis xajmiga xavoni diametri 25-30mm bo‘lgan,2-2,5 * 10
5
PA bosimida beriladi.
Zarra elementlarni shlaklash uchun, pechga flyus -kvars qumi beriladi. Olovli tozalashga
shlakga zarra moddalar bilan, mis xam o‘tadi. SHlakdagi misning miqdori 45 % gacha etadi. Bu
shlak aylanuvchi xom ashyo xisoblanib, qaytadan konverterga yuklanadi. Jarayonning umumiy
davomiyligi, zarra moddalarni mikdorligiga bog‘liq, va 1,5 -3,0 soatni tashkil qiladi.
Zarra moddalarni ajratib chiqarish uchun puflangan mis, kislorod bilan to‘yingandir.
Misni tiklanishi quyidagi reaksiyalar orqali o‘tishi mumkin:
CuO
2
+ S = 2 Cu + SO
Cu
2
O + H
2
= 2 Cu + H
2
O
CuO
2
+ SO = 2 Cu + SO
2
2Cu
2
O + CH
2
= 4Cu + SO
2
+ 2H
2
Hamma reaksiyalar oson va to‘la o‘tadi. Masalan, vodorodli tiklanish 248
0
C boshlanib,
pechdagi xaroratlarda judayam tez o‘tadi. Bu reaksiyaning muvozanat doimiyligi:
Kr = R / R
1050
0
C da K
r
ni qiymati 1 * 10
-4,1
ga teng, boshqa usul bilan aytganda, judayam kichik
rakam. Bundan xulosa, vodorodning miqdori, suv bog‘larini miqdoriga nisbatdan, 10000 marta
kamroqdir va vodorod deyarli to‘la reaksiyaga kirishgan.
O‘zbekiston sharoitida tiklash uchun tabiiy gazdan foydalanish afzalroqdir. Jarayon
davriga (52.9 reaksiya) ajralib chiqayotgan vodorod xam tiklanish reaksiyasida qatnashadi. Faqat
shuni esda tutish kerakki, tabiiy gaz yuqori haroratda parchalanadi va uni o‘zlashtirish darajasi
deyarli yuqori emasdir.
Konversiyalangan gazdan foydalanish yuqoriroq ko‘rsatgichlarga olib kelishi mumkin.
Konversiyaning asosiy reaksiyasi:
CH
4
+ 0,5O
2
+ 1,88 N
2
= CO + 2H
2
+ 1,88 N
2
(43.6)
Konversiyani 900 - 1200
0
C oralig‘ida o‘tkaziladi. Jarayon uchun kerak bo‘lgan issiqlikni
metanni qisman yoqib olinadi. Bu reaksiya:
CH
4
+ 2O
4
= CO
4
+ 2 H
4
O + 768 kDj
(43.7)
Reaksiya reaksiyalarning ichida, cheklangan holda kislorod berish orqali o‘tkaziladi.
Tiklanish jarayonining davomiyligi, misdan kislorodni miqdorligiga bog‘liq va 2,5 - 3
soatda bajariladi.
Olovli tozalashni statsionar yallig‘ pechlarda o‘tkaziladi. Faqat bu yallig‘ pechlarni
o‘lchamlari kichikroq, yoqilgi yondirishga forkamerali va yon tamonlarida oynaliqdir. Pech
uzluksiz emas, vaqti - vaqti bilan davriy tartibda ishlaydi. Odatda, bir sutkada bitta tozalash
o‘tkaziladi. Pechning ishlab chiqarish unumdorligi uni xajmiga bog‘liqdir va 5 - 400 t tashkil
qiladi. Odatda zamonaviy pechlarning xajmi - 100 - 250 t. Yoqilgini sarfi (misning og‘irligiga
nisbatdan) , %: mazut 7,9; ko‘mir 12,3.
Statsionar yallig‘ pechda issiqlik taqsimlanishi:
- pechning ishi uchun - 41,9 - 46,9 %;
- kotel – utilizatorda olish uchun
- 36,6 - 40,2;
- isrofgarchilik
- 21,5 - 14,4
Tozalangan misning jarayon maxslotlarining bo‘yicha taqsimlanishi, %:
yaroqli anodlar - 97,0
brak - 0,45
skrap - 1,16
shlakga 1,14
uchar - 0,25
Tozalangan misni aylantiruvchi gorizontal mashinalarda anodlarga qo‘yiladi. Pechning
hajmi 200 - 250 t bo‘lsa, quyish mashinani ishlab chiqish unumdorligi bir soatda 40 t tashkil
qiladi va quyish davri 5 - 6 soatga cho‘ziladi.
Olov yordamida xomaki misni unga yo‘ldosh bo‘lgan qo‘shimchalardan tozalash mis
texnologiyasida pirometallurgiya jarayonlarining yakunlovchi bosqichi bo‘lib, suyuq holda bir
texnologik agregatdan ikkinchisiga cho‘mich orqali suyuq holda o‘tgan eritma rafinirlashdan so‘ng
tozalanib, maxsus qoliplarda qattiq holatga, «anod» holiga o‘tkaziladi.
43.1-rasm. Egiluvchan rafinirlash pechi: 1- pech kojuxi; 2-futerovka; 3-bo‘g‘iz; 4-nalыlnik; 5-yondirish
uchun oyna; 6-pechni harakatlantiruvchi qurilma; 7-furma; 8- misni chiqarish letkasi; 9-oyna
Bu jarayonning asl mohiyati mis va undagi qo‘shimchalarning kislorodga bo‘lgan
moyilligidadir. Chunki ana shu moyillik erib turgan yuqori haroratdagi birikmalar uchun katta
ahamiyatga ega. Buni Gibbs energiyasining tarkib topish ko‘rsatkichiga yoki eritmadagi oksidlar
43.2-rasm. Hajmi 300 t boʻlgan homaki misdan misli anodlarni eritish uchun
rafinirlash pechi
ning dissotsiatsiya elastikligiga, ya’ni dissotsiatsiya natijasida hosil bo‘ladigan gazlarning shu
haroratdagi bosimi, bu bosim esa haroratga qarab o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Demak, metallarning kislorodga bo‘lgan moyilligi reaksiya natijasida elementlardan
kimyoviy birikmalarning xosil bo‘lishi Gibbs energiyasining o‘zgarishi orqali ifodalanadi.
Ma’lumki, qancha oksid va sulfidlarning xosil bo‘lishida Gibbs energiyasining manfiy
tomonga kamayishi ko‘p bo‘lsa, metallarning kislorod va oltingugurtga bo‘lgan moyilligi
shuncha ko‘p bo‘ladi. Yoki aksincha teskarisi ΔG (Gibbs energiyasi) qanchalik musbat
ko‘rsatkichi yuqori (2, 4, 6 va hokazo) bo‘lsa, birikish shuncha zaif, parchalanish yoki
oksidlanishi yuqori bo‘ladi.
Olovli tozalashning maqsadi – erigan misli eritmadagi qo‘shimchalarni misga qaraganda
ularning kislorodga moyilligi yuqoriligidan foydalanib (nodir metallar bundan mustasno)
oksidlab, anodli toshqol holida agregatdan suyuq xolda chiqarib tashlash.
43.3-rasm. Quyish mashinasi: 1-o‘lchab beruvchi harakatlanuvchi kovsh; 2-izlojnitsa; 3-
harakatlantiruvchi qurilma; 4-zont; 5-sepuvchi; 6- chiqarib tashlovchi mexanizm.
43.4-rasm. Olovli rafinirlash sexi (ko‘ndalang kesimi): 1-statsionar pech; 2-sharjirli kran; 3-
quyish mashinasi; 4-anodlar; 5-mostli kran.
Olovli rafinirlash mis va uning Cu
2
O oksidi xususiyatiga asoslangan, ya’ni:
1. Cu
2
O erigan mis tarkibida (12% gacha) yaxshi eriydi.
2. Cu
2
O qo‘shimchalarga nisbatan yaxshi oksidlovchilardir.
3. Deyarli ko‘pgina qo‘shimchalar oksidlash jarayoni paytida misda erimaydi (qisman erishi
mumkin).
4. Barcha oksidlangan qo‘shimchalarni eritmadan ajratib olgach, Cu
2
O ni oson va tezda
ilgarigi metall holiga qaytarish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. Rafinirlash pechlari qanday turlarga bo‘linadi?
2. Yallig‘ erituvchi rafinirlash pechi qanday tuzilishga ega va ishlash prinsipini gapirib bering.
3. Yallig‘ erituvchi rafinirlash pechining avfzalligi va kamchiliklari
4. Egiluvchan rafinirlash pechlarining tuzilishi va ishlash prinsipi
5. Egiluvchan rafinirlash pechlarining avfzalligi va kamchiliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |