D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab


-BOB. KUZOV VA KABINALARNI PAYVANDLASH-



Download 11,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/61
Sana31.12.2021
Hajmi11,87 Mb.
#231556
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Bog'liq
avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab chiqarish texnologiyasi 2

6-BOB. KUZOV VA KABINALARNI PAYVANDLASH-
YIG‘ISHNING MEXANIZATSIYALASHGAN VA 
AVTOMATIK LINIYALARI
6.1. Avtomatik liniyalar. 
Ko‘p nuqtali payvandlash mashinalari va robotlari
Kuzov va kabinalarni payvandlash-yig‘ish mexa-
nizatsiyalangan yoki avtomatlashtirilgan liniyalarda bajariladi. 
Mexanizatsiyalashgan payvandlash-yig‘ish liniyasida 
texnologik jarayonning ketma-ketligiga qarab, ish joylarida 
mexanizatsiyalashgan asboblar, jihozlar va moslamalar 
joylashtiriladi. Detal va uzellarni bir operatsiyadan ikkinchi 
operatsiyaga o‘tkazish uchun universal yoki maxsus transport 
vositalari ishlatiladi .
Avtomatlashtirilgan payvandlash-yig‘ish liniyasi, deb yig‘ish 
va payvandlash mashinalari va robotlarini ixtisoslashtirilgan ko‘- 
tarish, siljitish va ortish transporti bilan birlashtirilgan va payvand- 
lash-yig‘ishning asosiy va yordamchi operatsiyalarini avtomatik 
ravishda bajaruvchi tizimga aytiladi. Shu bilan birga, zamonaviy 
avtomobil zavodlarida kuzovlarni payvandlash-yig‘ishda 
avtomatik ravishda bajariladigan operatsiyalar qatorida ayrim 
operatsiyalar ishchilar yordamida bajariladi. Masalan, Asaka 
zavodida avtomobil kuzovini payvandlash-yig‘ish bo‘yicha 
asosiy operatsiyalar, avtomatik liniyada bajarilishi bilan 
birgalikda, ayrim yig‘malar ishchilar yordamida “ochiq stol” 
payvandlash mashinasida bajariladi va konveyer yordamida 
avtomatik liniyaga uzatiladi. Bu yo‘l bilan avtomatlashtirilgan 


82
liniyaning tannarxini kamaytirib, ishlab chiqarishning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish mumkin.
Konstruktiv jihatdan barcha kuzov va kabinalarni payvandlash- 
yig‘ish avtomatik liniyalari bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ularning tar- 
kibiga ketma-ket joylashtirilgan va murakkab kompleks hosil qi- 
luvchi, yagona siklda ishlovchi bir qator ko‘p nuqtali payvandlash 
mashinalari, robotlar, detallarni siljitish va o‘rnatish uchun mexa- 
nizatsiya vositalari kiradi. Maxsus transport vositalari payvand- 
lanayotgan buyumni kerakli joyga siljitish va o‘rnatish uchun osma, 
qadamli va itaruvchi konveyerlardan, ko‘tarish-tushirish 
mexanizmlaridan tashkil topadi. Konveyerlar ishchi va 
taqsimlovchi konveyerlarga bo‘linadi. Taqsimlovchi 
konveyerlar ishchi konveyer yaqinida joylashtiriladi va ular 
berilgan ritm asosida payvandlanadigan detal va uzellarni ish 
joylariga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ishchi konveyer 
yopiq konturni tashkil qiladi va uzluksiz yoki davriy ravishda ish 
joyi bilan birgalikda harakatda bo‘ladi. Liniyaga o‘rnailadigan 
payvandlash mashinalari va robotlar soni payvandlab-
yig‘ilayotgan buyumning murakkabligiga, payvandlash 
nuqtalari soniga, ish joylari va transportlash tizimining ratsional 
tashkil qilinishiga bog‘liq. Avtomatlashtirilgan payvandlash 
mashinalari robotlar bilan birga robottexnikasi komplekslarini 
tashkil qiladi.
Shtamplangan yupqa listli detallar konveyer yordamida 
avtomatlashtirilgan yig‘ish liniyasiga uzatiladi va u yerda 
kuzovning asosiy uzellari: pol, tom va yondorlari payvanlanadi.


83
6.1-rasm. “Ochiq stol” turidagi payvandlash mashinasining 

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish