92
Kontakt datchiklarning siljishi elektr signallarni ishlab chiqa-
radi
va signallar qayta ishlanib, mikroprotsessorga uzatiladi. Mikro-
protsessor xotirasiga kiritilgan o‘lchamlar bilan o‘lchash
signali
solishtiriladi va natija operatorning displeyiga uzatiladi. O‘lchash
ishlarini bitta operator bajaradi.
6.13-rasm. Kuzovni uch ustunli o‘lchash mashinasida
nazorat qilish
Kuzovning boshqa o‘lchamlari uch ustunli o‘lchash
mashi-
nasida amalga oshiriladi. 6.13-rasmda Germaniyada ishlab
chiqarilgan “Opton” firmasining avtomatlashtirilgan o‘lchash
mashinasi keltirilgan. Payvandlab yig‘ilgan kuzov uch ustunli
mashinaning platformasiga o‘rnatiladi va o‘lchash
kallaklari
yordamida kuzov 253 nuqtasining koordinatalari 15 daqiqa
davomida o‘lchanadi va kompyuterga uzatiladi. Ushbu mashina
kuzovlarining payvandlash-yig‘ish
sifatini davriy ravishda
nazorat qilib turish mashinalarni sozlash uchun amalga oshiriladi.