6.4. Kuzov o‘lchamlarini nazorat qilish
Vaqti-vaqti bilan seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ku-
zovlarning geometrik o‘lchamlari nazorat qilib turuladi. Nazorat
ishlarini o‘tkazishdan maqsad, avtomatlashtirilgan payvandlash us-
kunalarini sozlab turish va kerak bo‘lsa, boshqarish dasturuga
o‘zgartirishlar kiritish. Ko‘pincha, old va orqa oyna-eshiklarni
o‘rnatish joylarining o‘lchamlarini nazorat qilish maxsus shablonlar
yordamida bajariladi. Shablonlar chetida pnevoyuritmali (yoki
elektryuritmali) o‘lchov datchiklari o‘rnatilgan. O‘lchash jarayo-
nida shablon manipulyator yordamida bazaviy nuqtalar bo‘yicha
oynaning (eshikning) o‘rniga o‘rnatiladi, so‘ng havo bosimi ostida
o‘lchash kallaklarining kontakt datchiklari o‘lchash o‘tkazish
yuzalariga tekkiziladi (6.12-rasm).
6.12-rasm. Oyna va eshik o‘rinlarini avtomatlashtirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |