7-BOB. RAMALARNI ISHLAB CHIQARISH
7.1. Ramalarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni
Ramalarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagilardan
iborat: bo‘ylama lonjeronlarni va ko‘ndalang traverslarni tayyorlash
va ularni yig‘ish. Lonjeronlar shakliga qarab egish shtamplarida
shtamplash usuli bilan yoki prokatdan tayyorlanadi. Prokatdan
to‘g‘ri, egilish joylari bo‘lmagan lonjeronlarni ishlab chiqarish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prokatdan ishlangan balkalarning
ko‘ndalang qirqimi shveller, to‘g‘ri burchak yoki payvandlash
usuli bilan tayyorlangan to‘rtburchak (yopiq) bo‘lishi mumkin.
Uzunligi bo‘yicha ko‘ndalang qirqimi o‘zgaruvchan bo‘lgan
hamda bo‘ylama yo‘na lishda egilgan lonjeronlar katta
quvvatli presslarda shtamplarda egish usuli bilan tayyorlanadi.
Seriyali va ommviy ishlab chiqarishda lonjeronlarning
xomakilari listli materiallardan gilotinali yoki diskli arralar
yordamida qirqib olinadi. Qalin listlardan (10 mm dan qalin)
xomakilar RDB lik gazqirqish mashinalarida, yoki lazerli
mashinalarda qirqiladi. Arralash bilan olingan xomakilarning
aniqligi 12–14 aniqlik kvalitetiga mos bo‘ladi, gaz-
qirqish mashinalarida olingan xomakilar o‘lchamlari 0,5–1,0 mm
ga berilgan o‘lchamdan farq qilishi mumkin.
Xomakilarni gilotina va diskli arrada qirqish sxemasi 7.1-
rasmda keltirilgan.
Po‘lat listlardan xomakilarni termik qirqish usuli bilan tay-
y orlash mumkin, ammo qaychi bilan qirqishga nisbatan bu usullar
samaradorligi past bo‘ladi. Termik usullarning xomaki konturi
egri chiziq bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi
94
vaqtda plazmali yoy usuli bilan xomakilarni olish kichik seriyali
ishlab chiqarishda keng qo‘llanmoqda. Bu usuldagi qirqish mashi-
nalari raqamli dastur yordamida boshqariladi va aniq o‘lchamli
xomakilarni tayyorlashga imkon tug‘diradi.
Qirqiladigan list (2) pastki (1) va yuqoridagi (4) pichoqlar o‘r-
tasiga tayanch (5)ga taqab o‘rnatiladi va tayanch (3)lar yordamida
mahkamlanadi. Yuqoridagi pichoq listni bosib uni qirqadi.
Diskli qaychi bilan 20–25 mm qalinlikdagi listlarni qirqish
mumkin. Xomakini tayyorlashda bir juft qaychi ishlatiladi va
ular bir-biriga nisbatan berilgan masofada o‘rnatiladi (7.1-b
rasm).
Diskli qaychi bilan qirqib olingan xomakilar plastik defor-
matsiyalanadi va deformatsiyalarni bartaraf etish uchun mexanik
ishlovni talab qiladi.
95
7.1-rasm. Metallni turli qaychilarda qirqish sxemasi:
a - gilotinada; b - diskli qaychida. Qirqib olingan xomakilarda
quyidagi deformatsiyalar uchrashi mumkin (7.2-rasm)
96
7.2-rasm. Xomakilarning deformatsiyalanish turlari:
1- to‘lqinsimon; 2 - o‘roqsimon; 3 - mahalliy burtib chiqish;
4 - chetlarining bukilishi; 5 - mahalliy egilish; 6 - ko‘ndalang
yo‘nalishda to‘lqinlanish
7.3-rasm. Listlarni ko‘p valli mashinada tekislash sxemasi
Lonjeronlarni shtamplashdan avval xomakilar 850 °Cda
qizdiriladi va egish shtamplarida kerakli shaklga keltiriladi.
Shtamplar chap va o‘ng lonjeron uchun alohida bo‘ladi va
navbati bilan chap yoki o‘ng shtamp pressga o‘rnatiladi.
Hozirgi vaqtda qayta sozlana digan shtamplar keng ko‘lamda
ishlatilmoqda. Bu shtamplarda chap va o‘ng lonjeronlar navbati
bilan shtamplanadi. Qayta sozlanadigan shtamplarni boshqa
avtomobilning rama detallarini shtamplash uchun ham ishlatish
mumkin.
97
7.4-rasm. Lonjeronlarni egish uchun qayta sozlanadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |