101
digan pressda amalga oshiriladi. Xomakilarni shtamplash to‘rtta
raqamli dastur bilan boshqariladigan pressda bajariladi. Qalin list-
lardan xomakilarni tayyorlashda plazmali qirqish stanogidan
foydalaniladi.
Rama tayyor lonjeronlardan payvandlash va parchinlash usul-
lari bilan tayyorlanadi. Rama oltita stansiyali konveyerda yig‘iladi.
Birinchi stansiyada lonjeronlarga nuqtali payvandlash bilan
ramani kuchaytirish detallari payvandlanadi. Buning uchun
raqamli dastur yordamida boshqariladigan payvandlash
mashinasidan foydalani ladi.
Ikkinchi stansiyada ramani
kuchaytiruvchi elemenlarida
teshiklar ochiladi (keyingi operatsilarda parchinlash ishlarini
bajarish uchun). Uchinchi stansiyada elektr yoyli panvandlash
mashinasi yordamida ramaga kuzov karkasini mahkamlovchi
elementlar payvandlanadi. To‘rtinchi va beshinchi stansiyalarda
ramaning ko‘ndalang asosi, kronshteyn va boshqa detallari
parchinlash usuli bilan lonjeronlarga mahkamlanadi. Parchinlash
sovitilgan osma gidravlik parchinlash moslamasi yordamida
amalga oshiriladi (parchinlash moslamasi 32 t kuch hosil qiladi).
Oltinchi stansiyada ramada karkasni o‘rnatish
uchun teshiklar
ochiladi va bo‘yash sexiga uzatiladi.
7.6-rasm. Isuzu avtobusining ramasi
102
Kuzovni payvandlash sexida to‘rtta bo‘lim mavjud:
– kichik detallardan uzellarni payvandlash bo‘limi;
– ramani payvandlash-parchinmixlash-yig‘ish bo‘limi;
– kuzov karkasini payvandlash bo‘limi;
– kuzov karkasini panellar bilan qoplash bo‘limi.
Kuzovning karkasi to‘rtburchak profilli prokatdan
payvandlash bilan yig‘iladi. Karkasning detallari prokatdan
kerakli o‘lchamlarda qirqish stanogida qirqiladi va kerakli
shakl hosil qilish uchun raqamli dasturlangan egish stanoklarida
egiladi.
Karkasni payvandlash-yig‘ish jarayoni yig‘ma birliklarni
pay-vandlash-yig‘ishdan boshlanadi. Buning uchun maxsus
konduktorlarda himoya gazlari muhitida elektr yoyli
payvandlash
usuli bilan karkasning poli, yondorlari, tomi, old
va orqa qismlari payvand lanadi. Payvandlangan yig‘ma birliklar
karkasning yig‘ish-payvand lash konveyiriga uzatiladi.
Karkasni yig‘ish-payvandlash uchun konduktor vazifasini ba-
jaruvchi aravacha xizmat qiladi. Birinchi operatsiyada aravachaga
kuzovning ramasi o‘rnatilib mahkamlanadi va uning ustiga polning
paneli joylashtiriladi. Ramaning
lonjeronlariga mahkamlangan
kronshteynlarga pol paneli elektr yoy usuli bilan himoya gazlari
muhitida payvandlanadi. Ikkinchi operatsiyada karkasning
yondorlari maxsus tortqilar yordamida o‘rnatiladi va payvandlash
vaqtida siljib ketmaslik lari uchun mahkamlanadi, so‘ng
payvand-
lanadi.
Keyingi operatsiyalarda karkasning tomi, so‘ng old va orqa
qismlari payvandlanadi.