nasta’liq Yozuviga
yaqinlashtirgan. Garchi XIV asr oxirida yangi nasta’liq Yozuvi paydo bo’lib, uni bir oz chekkaga surgan bo’lsa xam, nasriy
asarlarning ko’pchilik qismi nasx Yozuvida kilobat qilingan va XX asr boshlarigacha nasx Yozuvi bilan nasta’liq Yozuvi
xattotlar uchun asosiy Yozuv turi bo’lib xizmat qilgan.
Biz yuqorida ko’rib o’tgan Yozuv turlari kelib chiqish nuqtai nazaridan arabiy xisoblangan, an'anaviy va mumtoz
Yozuv turlari deb tan olingan va ular arab mamlakatlarida, Eronda va o’rta Osiyoda keng qo’llanib kelingan.
Bundan tashqari Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnaxr xududlarida vujudga kelgan Yozuv turlari xam mavjudki,
ularning asosiylari
«ta'liq»
,
«Shikastayi ta'liq»
,
«nasta'liq»
va
«Shikastayi nasta'liq»
Yozuvlaridir.
Xullas, arab olamida s hakllanib, amalda qo’llana boshlagan arab Yozuvi keynchalik Shunday taraqqiy etganki, unda
vujudga kelgan Yozuv turlari haqiqiy san'at darajasiga ko’tarilgan va bu Yozuvlarda bitilgan qo’lyozmalar hozirgacha ham
dunyo miqyosida sharq sivilizatsiyasining tipik namunasi sifatida e'zozlanib kelinmoqda.
Таянч тушунчалар :
Nabatiy yozuvi, Ummul – kitob, Ibn Muqla, Ali ibn Hilol, Yoqut Musta'simiy, Etti yozuv turi, Nasxi Eroniy, Kufiy yozuvi,
Kufiyi bannoiy, Gulli kufiy, Muxaqqaq, Rayxoniy yozuvi, Boysung’ur Mirzo, Suls yozuvi, Tavqi' yozuvi, Riqoyozuvi, Nasx
yozuvi, Axmad Nayriziy.
5 - mavzu : Kitob bosish tarixidan.
Reja :
1.Kitob haqida mutafakkirlar fikri.
2.Kitoblarning tuzilishi va turlari,kitob bosishning boshlanishi.
3.Yozuv qurollari haqida umumiy ma`lumot.
Kitob – axborotlar,g’oya,obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish vositasidir. Halqaro miqyosda YUNESKO
tavsiyasiga ko’ra 3 bosma taboqdan ortiq ,ya`ni, 48 saxifadan kam bo’lmagan bosma asarni shartli ravishda kitob deb qabul
qilingan.
Kitob siyosiy va mafkuraviy kurashning muhim qurolidir,u ijtimoiy ong mahsuli sifatida sinfiy va partiyaviy xarakterga
egadir.
A.Navoiy : ―Olamda kitobdan aziz do’st yo’qdir‖, ―Kitoblar inson tafakkuri javohirlarini yig’ib avlodlarga meros qoldiradi‖,
―Kitob g’oyat,g’oyat katta kuchdir‖ ;
Oybek : ―Xalqning qay darajada madaniyatli ekanligini mamlakatda nashr etilayotgan kitoblarning miqdori bilan
o’lchanadi‖;
Kitob ishi – bu kitobni yaratish,tayyorlash,tarqatish,saqlash va o’rganish bilan bog’liq katta jaryonni o’z ichiga oladi.Kitobni
ko’plab chiqarishni paleografiya sanoati amalga oshiradi.
Kitobning paydo bo’lish tarixi Yozuvning yaratilish va shakllanishi jaryoni bilan uzviy bog’liqdir. Yozuvning tuzilish
xususiyatlari va materiali kitboning tuzilishini belgilab beradi. Qadimgi Misr , Rim , Yunoniston va O’rta Osiyoda dastlab
insonlar tosh , palma darahti barglari , sopol boshqa materiallarga yozishgan, shuning uchun ham qadimgi kitoblar bir necha
kilogrammdan iborat bo’lgan. Mil.avv. Dastlab papirusdan, mil.avv.II – asrga kelib pergamentdan foydalanish boshlandi.
Ayrim ma`lumotlarga qaraganda ―Avesto‖ kitobi ham pergamentga yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |