Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Murodova G., Ahmadov A., 
Buxoro shahar 
BUXORONING ZIYORATGOH QADAMJOLARI DUNYO TURIZMI 
NIGOHIDA 
Bugungi kunda mamlakatimizda 2700 tadan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 
2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asarlari davlat 
muhofazasiga olingan. Shunday tarixiy yodgorliklarning asosiy qismi joylashgan 
Buxoro viloyatida ham ushbu tarixiy obyektlarni asrash va ularni ta’mirlash kelajak 
avlodga yetkazish, nafaqat kelajak avlodga balki butun dunyoga namoyish etish 
borasida bir qancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shulardan O’zbekiston 
Respublikasining Buxoro viloyatining asosiy ziyoratgoh qadamjolarini bugungi 
kunda erkin turistik zona sifatida shakllantirish va uni butun dunyo jamoatchiligiga 


321 
ko’rsatish bugungi kun talabi sifatida o’z oldimizga maqsad qilib qo’yildi. Bu 
xususida 
Respublikamizda 
ko’pgina 
chora-tadbirlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov ta’birlari bilan aytganda: 
Yer yuzidagi barcha o’lmas obidalar, insoniyat hayotini tubdan o’zgartirib yuborgan 
jamiki ulug’ kashfiyot va ixtirolar, mumtoz san’at va adabiyot durdonlari, mardlik va 
qahramonlik namunalari odamzotning aql-tafakkuri, salohiyati va ma’naviy jasorati 
mahsulidir. Shuning uchun ham bu yorug’ olamda eng buyuk jasorat nima, degan 
savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat, deb javob 
bersak, o’ylaymanki, yanglishmagan bo’lamiz[1]” deganlari bejis emas. Buxoro 
diyorida yashab o’tgan inson ruhiyatining yaratuvchisi bo’lgan yetti pir ma’naviy 
jasorat sohiblari ziyoratgohlari bo’ylab tashqi turizmni rivojlantirish bugungi kun 
uchun dolzarb maqsadlarimizdan biridir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish borasida yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyevning 
Buxoro viloyatiga tashriflari chog’ida Buxoroning asosiy qadamjolari bo’lmish yeti 
pir ziyoratgohini qayta tamirlash va shu yo’nalish bo’yicha avto transport tizimini 
tashkil etish borasidagi fikrlarini bu sohaga qaratilgan asosiy e’tiborning bir 
ko’rinishi sifatida baholashimiz mumkin. Shuningdek, yurtboshimiz “Yetti pir” 
haqida kitoblar yozish, ularning asarlarini tarjima qilish kerakligi haqida ham aytib 
o’tdilar. Bu xususida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Yetti pir” haqida 
chiqarilishi kutilayotgan kitoblar dunyoning uch, yoki yetti tillariga tarjima qilinib, 
so’ng foto sur’atlarda jamlangan holda keng nashrdan chiqsa dastlabki davrda davlat 
tashrifi bilan kelgan hurmatli mehmonlarga ushbu kitoblardan taqdim qilish, va har 
bir pir ziyoratgohining qiroatxonlarida ushbu kitoblardan sotuvga berilsa yurtimizga 
kelgan va unining tarixiga qiziqqanlarning o’z ona tilida aks etgan bu kitob hech 
shubxasiz ularni befarq qoldirmaydi.
Jahonga mashhur ushbu yetti pir: 
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy quddisa sirrihu – Xojai Jahon. 1103-1179-
yillarda yashaganlar. Xojagon tariqatining asoschisi hazrat Abduxoliq avliyolarning 
sultoni va boshqa nomlar bilan sharaflangan. Abduholiq G’ijduvoniyning “Risolai 
Soxibiya”, “Risolai tariqat”, “Vasiyatnoma”, “Maslak al orifin”, “Maqsad as-solikin”, 
“Az sufar Xoja Ahmad abduhalil G’ijduvoniy”, “Maqomat Xoja Yusuf Xomadoniy” 
kabi asarlarida ilmu odob, inson va uning jamiyatdagi o’rni, din va dunyoviy 
munosabatlar to’g’risida fikr yuritilgan. Hozirda Abdulxoliq G’ijduvoniyning 
muborak xoklari Buxoro viloyatining G’ijduvon shahri markazida joylashgan. 
Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy quddisu sirrihu Xo’ja Orif Mohi-tobon 
nomi bilan ham mashhur bo’lgan. Xo’ja Orif Buxoro viloyatining Shofirkon 
tumanidagi Revgar qishlog’ida tug’ilganlar, yuz yildan ortiq umr ko’rib, 1259-yilda 
vafot etganlar. U kishining “Orifnoma” kitobining muallifi. Qabrlari Shofirkon 
markazida obod ziyoratgohga aylantirilgan. 1996-yil Xoja Orif jomesi qurildi.
Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy quddisu sirrihu Vobkent tumanidagi Anjir 
Fag’ni qishlog’ida tug’ilib, o’sha yerda vafot etgan. Bu qishloqning hozirgi nomi 
Anjirbog’dir. Bugungi kunda Fag’naviy qabrlari Vobkent tumanida obod 
ziyoratgohga aylantirilgan. 
Xoja Ali Romitoniy quddisu sirrihu Xojai Azizon nomi bilan mashhur. Bu zoti 
sharif Romitonning Ko’rgon qishlog’ida tug’ilganlar. Xoja Ali Romitoniyning 


322 
“Risolai Azizon” kitoblari mashhurdir. Xoja Ali Romitoniy haqlarida Alisher Navoiy 
o’zining “Nasoimul muhabbat” asarlarida ham “Xoja Mahmud xulososidandur va bu 
silsilada alarming laqablari hazrati Azizondir va alarga oliya maqomot va zokira 
karamot ko’p erkandur va to’qmoq san’atiga mashg’ul bo’lur emish[2]” deya ta’rif 
berib o’tganlar. 
Xoja Alining Romitondagi Qo’rg’on qishlog’ida tabarruk qadamjolari bor.
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy quddisa sirrihu . Bu muborak zotning qabri 
Buxoro viloyatining Romiton tumanidagi Simos qishlog’ida. 
Sayyid Amir Kulol quddisu sirrihuning asli ismi Sayyid Amir Kalon bo’lib, 
Buxoro yaqinidagi Suxor qishlog’ida tug’ilgan 1287-yillarda dunyoga kelganlar. Bu 
zotning qabrlari bugungi kunda obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Hazrati Sayyid Muhammad Bahoul-haq val-millat vad-dunyo ud-din 
Naqshband ibn Sayyid Jaloliddin. Bahouddin Naqishband hazratlari 1318-yil Buxoro 
shahri yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog’ida tug’ilgan.
Naqshband so’zi Hazrati Xojaning laqablari bo’lib, ma’toga naqsh (gul) 
solishni bildiradi. “Maqomot” ning bir yerida Hazrati Xoja mato to’qiydigan 
do’konlari borligiga ishora qiladilar. Bu so’zning ramziy ma’nosi ham bo’lib, 
muridning qalbiga Alloh muhabbatining naqshlanganligini bildiradi[3]. Ul zoti sharif 
sharofatidan qishloqning nomi Qasri Orifonga aylangan. Bahouddin Naqishband 
1389-yilda Qasri Orifonda vafot etganlar[4]. U kishining qabrlari bugungi kunda 
obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Nafaqat “Yetti pir” balki Buxoro o’zida juda ko’plab me’moriy obyetlarni 
o’zida jamlagan hudud sifatida ham bu yerda erkin turistik zonani shakllantirish 
imkoniyati mavjud. Bu yerdagi har bir me’moriy obida, arxitektura yodgorliklari 
butun dunyodan kelgan mehmonlarni o’ziga maftun qila oladi. Chunki viloyat 
hududida 660 ta madaniy meros obyektlari mavjud bo’lib, ularda 997 ta arxitektura 
yodgorliklari ro’yxatga olingan. Shu jumladan, Buxoro shahrida 264 ta madaniy 
meros obyektlari mavjud bo’lib, ularning tarkibida 350 dan ortiq arxitektura 
yodgorliklari bor. Yuqorida ko’rsatilgan 264 obyektdan 183 tasi jamoat, 81 tasi turar-
joy binolaridir. Birgina Bahouddin Naqshbandiy madaniy merso obyektida 30 dan 
ortiq arxitektura yodgorliklari mavjuddir[5].
Yuqoridagi sonlarga e’tibor qaratsak madaniy merosiy obyetlar jihatdan 
Buxoro Respublikaning boshqa hududlarga nisbatan oldingi o’rinda turadi. Biz ushbu 
“Yetti pir” va madaniy obyetlar misolida viloyatni erkin turistik zonaga 
aylantirishimiz, ushbu obyetlar haqida yetarlicha ma’lumotlarni biladigan dunyo 
tillaridan xabordor kadrlar xizmatini yo’lga qo’yishimiz. Ayrim bir madaniy 
obyetlarga boradigan yo’llar qatnovini yaxshilash ishlarini olib borsak bizning 
hududda ham erkin turizmni jadal sur’atlarda rivojlantirishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, viloyatimizdagi birgina “Yetti pir” ziyoratgohi 
misolida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yurtimizda yashab ketgan ushbu 
valilarning nomlarini butun dunyoga tarannum etish, ularning hayotini, ular haqidagi 
rivoyatlarni va ularning asarlarini keng ko’lamda chop ettirish va shu kabi ishlar 
orqali yurtimizda turizmni salmoqli rivojlantirishimiz mumkin. Nafaqat, “Yetti pir” 
balki viloyatdagi bundan boshqa “Chor Bakr” dagi qator maqbaralar misolida, 
“Ismoil Somoniy[6]” ayniqsa yerdagi yirik me’moriy majmua - “Labi havuz[7]” 


323 
ansambliga tashriflar sonini ko’paytirish kabi ishlarning salmog’ini yanada 
ko’paytirishimiz kerak.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish