Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Karimov I.A Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: “Ma’naviyat” 
nashriyoti. 2008. 160 b. 
2. Yo’ldoshev N Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: “Buxoro” 
nashriyoti. 1993. 52 b. 
3. Abul Muhsin Muhammad Bokir ibn Muhammad Ali Bahouddin Balogardon. 
Toshkent: “Yozuvchi” nashriyoti.1993. 14 b. 
4. 
www.religions.uz
Jobir Elov Mir arab madrasasi mudiri ma’lumotlari 
asosida. 
5. “Buxoro tarixi masalalari (Eng qadimgi zamonlardan hozirgacha)” 
Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari II. Norova M Buxoroning 
me’morchilik tarixi maqolasidan. Buxoro: “Durdona” nashriyoti. 2017. 149-150 b. 
6. Ismoil Somoniy tomonidan 864-868-yillar davomida qurilgan maqbara.
7. 1620-yil Nodirdevonbegi bozor maydoni o’rtasida bo’yi 45 metr, eni 36 
metr, chuqurligi 5 metr bo’lgan katta hovuz. 
Irgasheva F.B., 
Buxoro davlat universiteti 
MILLIY MADANIYAT VA AN’ANALARNING TURIZM SOHASI 
RIVOJIDA TUTGAN O’RNI 
 
Milliy va madaniy an’analar insonlar orasida har doim qiziqishlar paydo 
bo’lishiga olib keladi. Boshqa madaniyat bilan tanishish uchun eng yaxshi usul bu 
albatta turizm hisoblanadi. Bugungi kunda turizm dunyoning eng yetakchi 
sohalaridan biri hisoblanib, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotining rivojiga o’z 
hissasini qo’shib kelmoqda. San’at, madaniyat, ilm-fan, din, tarix kabi milliy meros 
namunalari turistlarda juda katta qiziqish uyg’otib, turizm sanoatining rivojida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hududlarni ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo’yicha 
qator loyiha va dasturlar tuzilgan bo’lib, ularning bajarilishi ustidan nazorat olib 
boriladi.
Turizm sohasi mamlakatning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayotini 
rivojlantirish va yanada yaxshilash imkonini beradi. Nafaqat bizga, balki butun 
dunyoga ma’lumki, Buxoro o’zining qadimiy obidalari, arxitektura inshootlari, uzoq 
asrlik tarixi va milliy-madaniy an’analari bilan mashhur. Bunga Buxoroga tashrif 
buyurayotgan turistlar oqimi va YUNESKO ning madaniy merosi ro’yxatiga 
kiritilgan tarixiy obidalar yaqqol misol bo’la oladi. Muqaddas qadamjolar va fayzli 
go’shalar bilan birga mehmondo’stlik, o’zaro mehr-oqibat kabi milliy an’analarimiz 
chet ellik sayyohlar diqqat-e’tiborini ortishiga sabab bo’lmoqda. Turizmning 
rivojlanishida xalq og’zaki ijodi, an’analar, folklorlar ijobiy o’ringa ega bo’lib, bu o’z 
navbatida, o’sha joy aholi madaniy hayotining jonlanishiga, tarixiy obidalarni tiklash 
va qayta rekonstruksiya qilishga bo’lgan istakning ortishiga, meros bo’lib qolgan 
milliy an’analarning davom ettirilib avlodlarga meros bo’lib qolishida muhim 
ahamiyatga ega.


324 
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadim zamonlardan Buxoroga uzoq va 
yaqindan tashrif buyuruvchilar soni ko’p bo’lgan. Chunki Buxoro qadim-qadimdanoq 
ilm-fan, din, ma’naviyat, va qurilish sohasida o’zining tarixiy obidalari bilan 
mashhur. Sayyohlar diqqatini ko’pincha, tarixiy obidalar va ularning arxitekturasi, 
bunyod etilish tarixi va albatta ular bilan bog’liq turli afsona va haqiqatlar o’ziga jalb 
qiladi. Mashhur sayyoh Herman Vamberi ham O’rta Osiyo bo’ylab qilgan sayohati 
davomida Buxoro haqida “Buxoro yohud Movarounnahr tarixi” nomli asar 
yozganligi Buxoroning tarixi, madaniyati va an’analari qanchalik muhimligining 
yorqin namunasi sanaladi. Bizga ma’lumki, qadimda turizm sohasi asosan savdo-
sotiq sohasi vakillari orasida keng tarqalgan bo’lib, hozirgi kunda barcha soha 
vakillarini qamrab olgan. Bunga sabab qadimda transport vositalari bilan bog’liq 
bo’lgan muammolarni misol qilish mumkin, chunki savdogarlar karvonlar va suv 
yo’llari orqali uzoq muddatli safarga chiqqan va yosh bolalar, qariyalar, ayollar 
bunday uzoq muddatli yo’l safariga bardosh bera olmaganlar. Uzoq muddatli safar 
o’z navbatida anchagina miqdordagi xarajatlarni ham talab qilgan, masalan, yo’l 
uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, tunash uchun joy, ot va tuyalar uchun 
yem-xashak, suv. Ammo vaqt o’tib temir yo’llar (1825 yil Buyuk Britaniyada) va 
avtotransport vositalari, havo transport vositalarining kashf etilishi sayohat qilishga 
bo’lgan qiziqishning ortishiga va insonlar orasida ommalashishiga sabab bo’ldi. 
Avvallari oylab yo’l yurish muammosini bir necha soatda temir yo’l yoki havo 
yo’llari transport vositalari orqali dunyoning istalgan burchagida amalga oshirish 
mumkin. Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchilar salmog’i ham yildan-yildan ortib 
bormoqda. Yer yuzining turli tomonlaridan tashrif buyuruvchilarning dam olishi va 
madaniy hordiq chiqarishi uchun turistik firmalar, mehmonxonalarda yetarli 
imkoniyatlar va sharoitlar yaratilgan. Xizmat ko’rsatish sohalari jahon standartlari 
talablariga javob beradi.
Tarixiy-me’moriy obidalar, muqaddas qadamjolar, tarixiy majmualarga 
turistlarning tashrifi ortgani sayin ushbu sohaning rivoji ham yaxshilana bormoqda. 
Chunki sayyohlar soning ortishi yangi mehmonxonalarning qurilishi, bu bilan esa o’z 
navbatida yangi ish o;rinlarining yuzaga kelishi va aholi bandligining ta’minlanishi, 
usta-hunarmand va kosiblarning qo’l ishlariga bo’lgan qiziqishning ortishi va savdo-
sotiq salmog’ining ortishi, milliy hunarmandlik namunalarining ommalashishiga olib 
kelmoqda.
Turizm sohasiga bo’lgan e’tibor Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga 
va o’z navbatida Buxoro ham qadim tamaddun beshiklaridan biri sifatida turizmga 
o’z hissasini qo’shmoqda. Buni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: 

aholini ish bilan bad qilish 

tadbirkorlik sub’yektlarining ko’payishi 

xizmat ko’rsatish sohalarining ortishi natijasida iqtisodiy rivojlanish 

erkin raqobat muhitining yaratilishi 

maishiy xizmat ko’rsatish sohalarinig rivojlanishi 
Ijtimoiy-madaniy an’analarni rivojlantirish, yurtimizning boy tarixi, madaniyati 
va milliy merosi bilan yaqindan tanishtirish, hududni iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan 
rivojlantirishda turizm sohasining o’rni alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham 
turizm sohasiga bo’lgan e’tibor keyingi yillarda sezilarli darajada oshirilmoqda. 


325 
Buxoro Davlat Universitetida 2008-2009 o’quv yillarida Turizm va xizmatlar 
yo’nalishlarining ochilishi, Buxoro davlat universiteti rektorining 2011 yildagi 
buyrug’iga asosan Iqtisodiyot nazariyasi va Turizmda servis kafedralarining 
birlashtirilishi natijasida Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasining tashkil etilishi 
hamda Buxoro davlat universiteti rektorining 2016 yilgi buyrug’iga asosan Ijtimoiy-
iqtisodiy fakultetning Turizm fakulteti sifatida tashkil etilishi bu sohaga bo’lgan 
talabning ortgani va unga alohida katta e’tibor berilayotganining yaqqol namunasi 
deyishimiz mumkin. 
Sayyohlar va chet ellik mehmonlarning diqqat e’tiborini jalb qilish va 
mamlakatga keluvchilar sonini oshirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar muntazam 
o’tkazib kelinmoqda. Bunga misol qilib “Ipak va ziravorlar” festivali, “Palov sayli”, 
“Qovun sayli”, “Milliy an’analar” kabi festivallarning o’tkazilishini keltirishimiz 
mumkin. Bunday festivallarning o’tkazilishi milliy an’analarimizga bo’lgan 
qiziqishni yanada orttirib, sayllarda qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’ziga xosligi 
mehmonlar tomonidan e’tirof etilib, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish 
hajmining oshishiga sabab bo’lmoqda.
O’z-o’zidan ma’lumki, turizm sohasida olib borilayotgan ishlar tarixiy 
obidalarning saqlanishi va atrofning obodligiga, milliy an’ana va urf-odatlar esa 
turizmning taraqqiy etishiga ta’sir ko’rsatadi.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish