10 kishidan kam bo`lgan guruh sifatida keluvchi sayyohlar uchun:
Nomer tipi
Mavsum
O`rta mavsum
Mavsummas
1 kishilik ( nonushta bilan )
45$
40$
35$
2 kishilik ( nonushta bilan )
65$
60$
50$
3 kishilik ( nonushta bilan )
90$
80$
56$
Individual tashrif buyurgan sayyohlar uchun:
Nomer tipi
Mavsum
O`rta mavsum
Mavsummas
1 kishilik ( nonushta bilan )
55$
40$
30$
2 kishilik ( nonushta bilan )
80$
60$
40$
3 kishilik ( nonushta bilan )
110$
80$
65$
Eslatma: Nonushta va 2$ soliq shular tarkibida hisobga olingan.
Xona narxlari quyidagilarni hisobga olgan holda belgilanadi:
1.
Ertalabki nonushta 20 000 so`m = 5 $
2.
O`zbekturizm milliy kompaniyasiga beriladigan soliq - 2$
3.
Kommunal to`lovlar taxminan - 3$
4.
Xona uchun ketadigan shampun, sovun, uy oyoq kiyimi, taroq uchun -
2$
5.
Jihozlar amartizatsiyasi – 5 $
6.
Xodimlarga beriladigan ish haqqi – 9$
7.
Qurilish uchun qilingan xarajatni qoplash - 10$
8.
Internet tarmog`i va boshqalar uchun – 3 $
Jami: O`rtacha 40 $
Barcha xo`jalik sub’ektlari singari, Siyavush mehmonxonasida ham turli
ko`rinishlardagi nizolar uchrab turadi. Ular asosan, xizmatlardan, shaxsiy
qoniqmaslik, suv bilan ta’minot, kommunal xizmatlar sifatidan qoniqmaslik, internet
tezligining pastligi, barning ko`ngildagidek ishlamasligi kabi masalalarda qamrov
xususiyatiga egadir. Mehmonxonada shikoyat daftari ham mavjud.
316
“Siyavush” mehmonxonasi xizmatidan foydalangan xorijiy va mahalliy
mehmonlardan tushgan shikoyatlar:
Shikoyatlar turi
Soni
Suv ta`minoti masalasi bo`yicha
32
Internet tezligi masalasi bo`yicha
47
Shifokor xizmati masalasi bo`yicha
5
Pul almashtirish masalasi bo`yicha
22
Qo`shimcha xizmatlar masalasi bo`yicha
20
Manba: Muallif ishlanmasi.
Mehmonxona xizmatidan foydalangan mijozlarda yaxshi taasurotlar ham
bo`ldi.
Bular
mehmonxona
xizmatchi
xodimlarining
xushmuomalaligi,
xushchaqchaqligi va mehmonxonaning tinchligi kabilar. Bundan tashqari
mehmonxonaning joylashgan joyi mehmonlarga qulaylik tug`dirgan. Yuqorida aytib
o`tganimizdek mehmonxona mijozlari mahalliy va xorijiy mehmonlar bo`lib
sayyohlar erkinlikni yoqtirishadi va mehmonxonadagi tinchlik, mehmonxonani
xohlagan vaqtda tark etib qaytib kela olishdan ular mamnun.
Mehmonxona faoliyati amaliyotida boshqa korxona va davlat nazorat organlari
bilan ixtiloflar yuzaga kelmagan va nizolar qayd etilmagan. Mehmonxonada yuz
beradigan kelishmovchiliklar asosan turistlarning administratorga murojaati bilan
boshlanadi. Administratorlarning xorijiy tillarni mukammal bilmasliklari o`zaro
muloqotning
muammoli
bo`lishi
va
mehmonxona
haqidagi
fikrlarning
salbiylashuviga olib keladi.
Mehmonxonalarga chet eldan kelgan mehmonlarning registratsiyadan albatta
vizasi bor yoki yoqligi tekshiriladi. Bu holat esa ko`pincha turistlaring noroziliklariga
sabab bo`ladi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, mehmonxonalarda nizolarni bartaraf
etish borasida quyidagi taklif va tavsiyalar tizimini ishlab chiqdik:
Mehmonxonada psixolog xizmatini tashkil qilish;
Sifatli internet tizimimini joriy qilish;
Mashinalar to`xtash joyini qurib, foydalanishga topshirish;
Suv ta’minotini yaxshilash, qavatlardagi suv bosimidagi tafovutni
bartaraf etish;
Bank bilan hamkorlikda pul almashtirish tizimini yo`lga qo`yish;
Mehmonlarni tashish xizmatini joriy qilish, taksi xizmatini yaxshilash;
Alohida qo`riqlash xizmatini tashkil etish;
Shifokor xizmatini tashkil etish.
Qayd etilgan taklif va tavsiyalar tizimi asosida uammolarning bartaraf
etilishi mehmonxona faoliyatini yanada taraqqiy etishiga yordam beradi, deb
hisoblaymiz.
ADABIYOTLAR:
1.
Alieva M.T. Mehmonxona menejmenti. Darslik. - T: TDIU. 2009. -275 b.
2.
Amriddinova R. Mehmonxonada servis xizmati. Ma’ruzalar kursi.-
Samarqand, SamISI, 2009. – 142 b.
317
Do'stlaringiz bilan baham: |