332
O`zbekiston Respublikasining barcha hududlarida Navro`z bayrami bir xil nom bilan
atalib kelinadi. Bundan tashqari, Buxoro, Jizzax,
Samarqand, Surxondaryo,
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ”Navro`z” atamasi bilan birga “yilboshi” nomi
ham qo`llaniladi. Abu Bakr ibn Ja`far Narshaxiyning qayd etishicha, “Varaxsha katta
qishloqlar jumlasidan bo`lib, Buxoro kabi edi. U Buxoro shahridan qadimiyroqdir.
Bu qishloqda har o`n besh kunda bir kun bozor bo`ladi, yilning oxirida esa, yigirma
kun bozor qilib, yigirma birinchi kuni Navro`z – yangi yil bayramini o`tkazadilar.
Buni “Navro`zi kishvarzon” – dehqonlar navro`zi deydilar. Buxoro dehqonlari yil
kunlari hisobini o`sha kundan boshlaydilar va bunga e`tibor beradilar”[1].
Ota-bobolar Navro`zda “kun g’amini sahar ye, yil g’amini bahor ye” maqoliga
amal qilib, bahorgi dala ishlariga, yumushlariga tushib ketadilar. Yerdan rizq-ro`z
undirish maqsadida don sochadilar. Yosh bolajonlar “oq terakmi ko`k terak”,
“boychechak”, “chillak ”, “varrak” o`yinlarini aynan shu kuni xursandchilik ila
boshlaydilar. Kattalar esa, dalada don sochib, ko`chat o`tkazib, ko`klam bilan
ko`ngillarni yayratadilar. Navro`z
shunchaki quvnash, dil rozlarini kuylash, turli irim-
sirimlaru, urf-odatlar yig’indisigina emas, balki uning zamirida xalq va millat tarixi,
madaniyati, san`ati, falsafasi, orzu-amallari, dunyoqarashi, ruhiyati, dunyoviy va
diniy tasavvurlari, mifologik qarashlari jam bo`lgan yaxlit bayramdir. Uning har bir
marosimi, urf-odati, aytimi, naqli, rivoyati qo`shiqlarida ilg’or umuminsoniy g’oyalar
yotadi. Folklorshunos M.Jo`raevning qayd etishicha, “Navro`z bayrami o`z tarkibiga
boychechak, lola, qizil gul, qizg’aldoq bilan aloqador” gul sayillari;
yilning oxirgi
chorshanbasida o`tkaziladigan “oxirgi chorshanba” udumi, ariq – zovurlar tozalanib,
yangi bog’lar barpo etiladigan “hashar” an’anasi, yil boshida qilinadigan “qozon
to`ldi” udumi ilk ko`klamda dalaga birinchi marta qo`sh chiqarib, don ekish odati
“shoxmoylar” marosimi, etti xil dondan “Navro`z go`ja” pishirish hamda etti xil
ko`katdan ko`k somsa tayyorlash odati, arg’imchoq uchish, sumalak, halim va halisa
tayyorlash, varrak uchirish, qo`chqor, xo`roz, tuya urishtirish an’analarini ham o`z
ichiga olgan muhtasham milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi[2].
O`zbekistonda Navro`z bayramining nomoddiy madaniy meros ob`ekti sifatida
muhofaza va himoya etilishi uchun qonuniy asoslar yaratilgan. O`zbekiston hukumati
rahbarining 1989 yildagi “Navro`z” bayramini umumxalq shodiyonasi sifatida keng
nishonlash to`g’risidagi farmoni navro`zning keng ko`lamda bayram qilinishi, bu
qadimiy bayramning barcha uzvlari tiklanishi va muhofazaga olinishi uchun zamin
hozirladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990 yil 3 maydagi “Navro`z xalq
bayramini o`tkazish to`g’risida”gi 2-sonli farmoni Navro`z
bayrami mamlakatning
barcha hududlarida umumxalq shodiyonasi sifatida keng nishonlanayotgan hamda bu
qadimiy bayramning tarkibidagi badiiy-estetik qadriyatlar, folklor san`ati asarlari va
milliy hunarmandchilik an`analari tiklanishi bilan bog’liq izchil jarayon
boshlanganligidan dalolat beradi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil
23 maydagi “Navro`z” xayriya jamg’armasining ishini tashkil etish va rivojlantirish
to`g’risida”gi 279-sonli farmoyishi, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
131-moddasi (Bayram (ishlanmaydigan) kunlari)da Navro`z bayrami har yili
nishonlanadigan 21 mart sanasining dam olish kuni deb e`lon qilinganligi, ko`chalar,
mahallalar, shaharchalar, mavzelar, o`yingohlar, madaniyat va istirohat bog’lari,
aholining maishiy
va dam olish maskanlari, bekatlar va boshqa jug’rofiy
333
ob`ektlarning “Navro`z” nomi bilan atala boshlanganligi Navro`z bayramining davlat
miqyosida milliy qadriyat namunasi sifatida ulug’langanligiga yorqin dalil bo`la
oladi.
2010 yil 7 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2010-2020
yillarda nomoddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish
va ulardan foydalanish Davlat dasturi” tasdiqlangan. Mazkur dasturda Navro`z
bayramini ilmiy o`rganish, muhofaza qilish va targ’ib etish chora-tadbirlari
belgilangan.
Ma`lumki, Navro`z bayrami bir yoki ikki kun emas, balki butun boshli
Hamal oyida 30 kun o`tkazilgan. Unga ko`ra har bir kunning o`z urf-odatlari, irim-
sirimlari bo`lgan. Shunday bazm va sayl kunlarida urushlar to`xtatilgan. Gina-
guzorlar unitilib tantanalar qilingan. Kishilar o`z tafakkurlarini ulug’ niyatga
qaratishgan. Nosiriddin Rabg’uziy shunday onlarni
Lola sag’roqin icharda sayrar usrub sanduvoch,
Turna un tortib o`tarda sakrashur baqlan qo`zi.
Lola, binafsha, boychechak kabi gullar bahor elchisi, ko`klam darakchisi
bo`lsa, bulbul shodlanib sayrashiga ko`ra ezgulik timsoli sifatida taassurot uyg’otadi.
Ayni ko`klamda bulbul nag’mayu–noz qilib sayrasa, har bir faslning qanday
kelishidan ya`ni yoz va qishning qanday siru-sinoati borligidan darak beruvchi turna
un solib o`tadi. Shunda durkun qo`zi, qiru-adirlarda sakrashib o`ynaydi. Va nihoyat,
turna ham qaldirg’och kabi bahordan darak beradi. O`xshatish san`ati
asosida
qurilgan ushbu baytda lirik qahramonlarning ma`naviy olami, tabiatni anglash
asosida “Men”ligini kashf etganligidan dalolatdir.
Navro`z taomi hisoblangan Sumalak pishirilayotganda qozonni kovlash nasib
etmagan kishi bir yil davomida o`zini-o`zi aybdor sanab yashaydi. Navro`zni shu
ma`noda e`tiqod sobitligi yo`lidagi bayram deyish ham to`g’riroq bo`ladi. Zero,
navro`z horigan charchagan qalblarni uyg’oqlikka dadillikka undaydi. Ogahiy
ta`kidlaganidek,
Qilib oyini mehr og’oz Navro`z,
Kelib qish faslin etti yoz Navro`z.
Demak, navro`z har bir ko`ngilni yayratuvchi, qalbga yoz iforini
taratuvchi fasldir. Mudroq ko`ngillarni mehnatga, shijoatga yo`llaguvchi Navro`zda
ijro etiluvchi har bir misra, aytim, rivoyat, afsona va miflarda shuningdek, marosim
va tayyorlanadigan taomlarda sehrli kuch bor. U doimo ezgulikka chorlaydi.
Xalqona ohangda yozilgan misralarda “Ko`k yerga xabar tutib”
yangi kun,
yangi yil, ko`klam kelganligidan jarchi bo`lib, darak berayotir. Ichki kechinma lirik
tuyg’uning navro`zona kayfiyatga eshligi bor bo`lsin. Umuman, Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek: ”Navro`z xalqimizning yuragini va
yorug’ tuyg’ularini o`lmas ruhi va ma`naviyatini o`zida yorqin namoyon etadigan eng
qadimiy, eng ardoqli, asl milliy bayramimizdir, desak ayni haqiqatni aytgan
bo`lamiz”[3].
Xulosa qilib aytganda, Navro`zning
bugungi kundaki ahamiyati, avvalo bu
bayramning mehr muruvvat, oqibatlilik, yaxshilik, ezgulik, yaratuvchanlik,
bunyodkorlik,
saxiylik,
qut-baraka
va
oila
xotirjamligi
g’oyalarini
mujassamlashtirganligi bilan belgilansa, turistlarni jalb qilishning ta’sirchan