Yurtimizda ustoz – shogird an’anasining tub ildizlari va bugungi kundagi ahamiyati Navoiy shahar 8- o’rta umumta’lim maktabi o’qituvchisi M. S. Yusupova



Download 15,73 Kb.
Sana03.01.2021
Hajmi15,73 Kb.
#54228
Bog'liq
Ustoz -shogird maqola


Yurtimizda ustoz – shogird an’anasining tub ildizlari va bugungi kundagi ahamiyati

Navoiy shahar 8- o’rta umumta’lim maktabi o’qituvchisi M.S.Yusupova

Qadimdan ustozlarni ulug’lash, ularga chuqur hurmat bilan qarash millatimizga xos odatlardan biridir.Komil insonni shakillantirishda ustozlarning o’rni beqiyos.Ustoz shogirdlikning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi.Hatto ibtidoiy jamoa davrida ham brovning boshqa birovga ov qilishni o’rgatishiyoq ilk ustoz shogirdlikning bir ko’rinishi. Pir va murudlar ham aslida ustoz va uning ortidan ergashuvchilar.Yurtimiz allomalari, biz bilgan va bilmagan ustozlari o’rgatgan ilmlarni egallash natijasida tariximizda o’chmas iz qoldirganlar.Jumladan, Abu Nasr Farobiy buyuk yunon olimi Aristotelning asarlarini o’rganib, “Metafizika”ni sharhlagan;Platon asarlaridan ilhomlanib “Fozil odamlar shahrin”ni yozgan.Ustozi Abu Nasr Iroqning pand nasixatlariga quluq solgan Abu Rayhon Beruniy o’zining “Gieodeziya”, “Minerologiya”, “Saydana” kabi asarlarini bitgan.Agar sodiq shogird Ubay Jurjoniy bo’lmaganida tabobat ilmining benazir namoyondasi Abu Ali Ibn Sinoning asarlari bizgacha yetib kelmasmidi?!

Buyuk ustozimiz Mahmud Qoshg’ariy dastlabki turkiy lug’atni ya’ni “Devoni lug’atit turk” asarini biz avlodlariga meros qilib qoldirgan.To’g’ri, mazkur asardagi so’zlar bugungi kunda eskirgan, ammo shu risola bizning tilimiz takomilida yetakchi vazifani bajardi.

Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy o’zlarining “Qutadg’u bilig” hamda “Hibbat ul Haqoyiq” asarlarida haqiqiy bilim saodatga ,yetuk tarbiya esa kamolotga eltishini bayon etganlar.

Buyuk Amir Temur o’zining muvaffaqiyatlarida piri komil Mirsaid Barakaning hizmatlarini cheksiz deb hisoblagan edi.

Shunday buyuk ajdodlarning nabirasi bo’lgan Mirzo Ulug’bek yetuk astranom olim Qozizoda Rumiy kabi ustozdan ilm olib, o’zi ham bemisil shogirdlarni tayyorladi.Afkor ommaga Mirzo Ulug’bekni “Ziji jadidi ko’ragoniy” asari tanitgan esada, u tarix, matematika, muxandislik sohasida ham qator asarlar ijod qildi.Ayniqsa uning “To’rt ulus tarixi” asari o’zining teran mulohazalari bilan ko’pchilikni e’tiborini tortgan.Mirzo Ulug’bekning asl shogirdi Aloviddin Ali Qushchi talotoplar davrida Turkiyaga o’tib ketadi va fan mash’alini o’sha davrning endigina rivojlana boshlagan ilm o’chog’ida yoqadi.Chunki bu davrda Vizantiyani turklar mahf etgan edi.

XIV- XV asrlarda tafakkuri kuchli yana bir gruh vakillarini ko’ramizki, bular she’riyat mulkining shohibu sultonlari.Malikul kalom mavlono Lutfiy, Xamsanavis Abdurahmon Jomiy va albatta bu kabi benazir ustozlar ijodidan bahramand bo’lgan sheriyat mulkining sultoni tom ma’noda ulardan o’tib ketgan shogirt Alisher Navoiydir.Navoiyning haqiqiy ustozlari bilan birga uning g’oyibona ustozlari ham bo’lgani ma’lum.Bular xamsanavis shoirlar Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy va hokazolar.U o’zining “Hayratul abror” dostonida “Yuzlab xamsa bitgan ahli kalom bor edi.Ammo bulardan faqat uchi arzigulik meros qoldirishdi”.

Saroyda o’sib ta’lim olgan Mirzo Bobur ham o’z davrida Navoiyni quyidagicha ta’riflagan: “ Alisherbek naziriyo’q kishi erdi.Turkiyda hech kim oncha ko’p va ho’p atqon emas”. Demak bundan bilinib turibdiki, Bobur ham Navoiyni o’ziga ustoz deb hisoblagan.

XIX asr boshlarida Qo’qon xonligi davrida saroy shoirlari yuksak darajaga chiqdilar.Endi avvalgidek saroyda qasidalar va maqtovga to’lib toshgan g’azallar emas, balki xalq ichiga keng tarqalib ketgan kelajakda sohir soz egalari tomonidan kuy bastalanib qo’shiqqa aylangan qaynoq ijod namunalari paydo bo’ldi.Bunga ustozi Uvaysiydan she’riyat sirlarini o’rgangan malika Mohlaroyim asosiy sababchi bo’ldi. U o’sha zamon shoiralarini saroyga jamlab nazm va navo kechalarini tashkil eta boshladi. Va ahli shuaroni har tomonlama rag’batlantirdi.Buning natijasi o’laroq XIX asr bizga ayollar she’riyatida yangi nomlarni kashf etishga yordam berdi.

XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgach g’arbiy ta’lim elementlari ham o’z-o’zidan kirib kela boshladi.Shuning natijasida XX asrning boshlariga kelib yangi usl maktablar ochila boshlandi.Chin ma’nodagi ustoz pedagog Abdulla Avloniy ko’plab shogirdlar tayyorlash maqsadida bu kabi maktablar uchun ilk bor darsliklar ham yozdi.

Shunday qilib XX asr ziyolilari shakillana boshladi. Bulardan biri Munavvar qori Abdurashidxonov bo’lib, ilk universitetimizning o’zbek bo’limida rektor vazifasiga ta’yinlangan edi.

Shundan kelib chiqadiki, yurtimizda ustoz -shogirdlik an’anasi tarixi xilma- xil va sezilarli ko’rinishlarga ega.Bugungi kunda ham ilmiy tavakkurni rivojlantirishda ustoz -shogirdlik tamoyillarini yangilash davri kelganini his qilmoqdamiz.Chunki, butun dunyo ilm fan olamida qomusiy bilmlar emas, tor sohadagi mutaxasislarning mukammal darajada tahsil olib, o’z yo’nalishi bo’yicha beqiyos darajaga erishishi kuzatilmoqda.Birgina til sohasining o’zi yuzlab bo’laklarga bo’linib o’rganilmoqda.Masalan, jarangli tovushlar, jarangli undoshlar, punktuasiya va hokazo.Shuningdek adabiyotda ham biror shoir asarlari tadqiq etilganda shoir ijodining pedagogik, madaniy, sotsiologik va hokazo taraflari alohida mutaxasislar tomonidan turli tarzda tadqiq etiladi.Masalan, Po’lat Mo’min she’riyatining adabiy hususiyatlari, Po’lat Mo’minning pedagogik qarashlari, Po’lat Mo’min ijodida vatan madhi. Bu borada ilmiy izlanishlar olib borish uchun albatta yetuk ustozlarga ehtiyoj seziladi.

Sotsiologiya va plagiat kabi fan rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan omillar bugungi kunda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning ildizini qirmoqda.Shu sababli, bugungi kunda ustozlarimiz zamonaviy texnik vositalaridan foydalana bilishlari, bir necha tilda erkin so’zlay olishlari zarur va shart. Shunda ular shogirdlarini osongina erishiladigan yolg’on muvaffaqiyatlardan saqlab qolishadi.Ko’chirmachilik orqasidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan har xil nohushliklarning tagini qirqishadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ilmiy izlanish va tadqiqotlarni olib borishda ustozning roli katta.Ustoz shogirdiga har tomonlama o’rnak bo’ladi, uni to’g’ri yo’lga boshlaydi.Bu kabi ustozlar safiga Ozod Sharafiddinov, Qozoqboy Yo’ldoshev, Omonulla Madayev, Nasimhon Rahmon, Safarova Roxatoy, Muhammadjon Quronov va boshqalarni qo’shishimiz mumkin.

Farzandlarimizga chin ma’noda ilm ulashaylik, zero bizdan keyin farzandlarimiz kelajagi porloq bo’lsin, sog’lom fikrlashsin, sog’lom fikrli insonlardan kuchli fuqarolik jamiyati vujudga keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.A.Navoiy “Hayratul Abror”.

2.Bobur “Bobirnoma” .

3.Xurshid Davron “Alg’ul yohud Mirzo Ulug’bek”.

4.Marsel Birion “Men kim Sohibqiron Jahongir Temur”.



5.Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud ahloq”.
Download 15,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish