2 kurs mm-81-2 guruh talabasi ma’mura to’xtasinovaning,oliya va moliya texnologiyasi fanidan mustaqil ish mavzu: Zamonaviy Moliya va investitsion portfelni shakllantirish
Mavzu: Zamonaviy Moliya va investitsion portfelni shakllantirish
Reja: 1. Foydalilik funksiyasi va loqaydlik egri chiziqlari
2. Riskli aktivlar investitsiyasini tanlash
3. Samarali investitsiya tizimidan optimal investitsiya tanlash
Foydalilik funksiyasi va loqaydlik egri chiziqlari Investitsiya bozorining asosiy davri mobaynida, taxminan 200 yillar Aqshda va undan ham ko‘proq evropa davlatlarida, hech kim riskni raqamlar orqali ifodalay olishmagan. Investitsiyalar juda riskli edi, ba’zilarini riski boshqasinikidan ko‘proq edi va insonlar buni shunday bo‘lishiga qoyib berishdi. Risk jasurlikda edi, raqamlarda emas. Agressiv investorlarning maqsadi shunchaki qaytaydigan foydani maksimallashtirish edi; qo‘rqoqroqlari esa mablag‘larini saqlab qolish va uzoq muddatli obligatsiyalarga ega bo‘lish bilan hursand bo‘lishardi.117 117 Peter L.Bernstein, Xudolarga qarshi: riskning nodir tarixi(Nyu-york: Jon Viley & Sons, 1996), 247 v). 193 Biz bu va bundan keying bo‘limlarda investitsiyalar menejmenti bo‘yicha asos hisoblanadigan teoriyalarni olg‘a suramiz: Investitsiya teoriyasi va capital bozor teoriyasi. Investitsiya teoriyasi foydani maksimallashtiraydigan investitsiyani tanlash va shunga monan, o‘zgarmas qabul qilingan risk bosqichlari bilan taqsimlanadi. Ko‘p sonli modellar va tarihiy ma’lumotlarga ko‘ra, investitsiya teoriyasi “tahminiy investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan investitsiya riski”ni aniqlaydi, shuningdek qanday qilib optimal investitsiya qurishni ko‘rsatadi. Kapital bozor teoriyasi esa investorlarning garov baxosiga ta’sirini ko‘rsatadi. YA’nada aniqroq aytaydigan bo‘lsak, garovning qaytishi va riskning o‘rtasida bo‘lishi kerak bo‘lgan bog‘liqlikni ko‘rsatadi agarda investor tuzgan investitsiya, investitsiya teoriyasi orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa. Investitsiya va capital bozor teoriyalari birgalikda investitsiya riskini aniqlash va o‘lchash na’munasi taqdim qiladi va taxmin qilingan foyda va risk o‘rtasidagi bo‘gliqlikni rivojlantiradi(shuningdek risk va investitsiyadan talab qilingan foydani orasidagi bo‘gliqlikni ham). Tikilgan investitsiyani individual risklarga ko‘ra maksimallashtirish investitsiya teoriyasining maqsadi hisoblanadi. Tarihiy ma’lumotlar va foyda to‘g‘risidagi investorlar tahminlarini ishlatgan holda, investitsiya tanlash “kutilgan investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan investitsiya riski”ni son ko‘rinishida aniqlash uchun modellash tehnikalaridan foydalanadi va optimal investitsiyani tanlash imkonini taqdim etadi. Ushbu teoriya investitsiya menejerlariga investitsiya riski va tahmin qilingan foydani son ko‘rinishida aniqlashga imkon beradi, sub’ektiv bo‘lgan investitsiya menejmentiga obektiv tarkib qo‘shgan holda. YA’nada muhimrog‘i esa, oldingi vaqtlarda investitsiya menejmenti e’tiborini mulklarning alohida riskiga qaratgan bo‘lsa, investitsiya teoriyasi e’tiborini butunlay investitsiyani o‘ziga qaratadi. Bu teoriya ko‘rinarli darajada kam risk bilan riskli mol-mulklarni birlashtirish va tahmin qilingan foydani aks ettiraydigan investitsiya tashkil qilish imkoni borligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, investitsiyaning riski uning barcha alohida qismlarini risklarini qo‘shib hisoblaganda kam bo‘lishini ko‘rsatadi. Ushbu bo‘limda biz Harry Markowitz tomonidan tayyorlangan investitsiya tanlash teoriyasini taqdim qilamiz. Bu teoriya investitsiya analizi o‘rtacha dispersiyasi yoki shunchaki o‘rtacha dispersiya analizi deb ham ataladi. Qolayversa odatiy moliyaga ham ozroq nazar tashlaymiz va ushbu formulaning tarafdorlari tomonidan qanday qilib yaratilganini ko‘ramiz. Investitsiya teoriyasi ikkita soxadan tushunchalarni oladi: moliyaviy-iqtisodiy teoriyalar va ehtimolliklar va statistik teoriyalar. Ushbu qism moliyaviy-iqtisodiy teoriyaning biz investitsiya teoriyasida ishlatgan tushunchalarini ko‘rsatadi. Taqdim etilgan tushunchalar juda tehnik yoki qiyin bo‘lishi mumkin, lekin bundan maqsad ushbu tushunchalarni tushunishni osonlashtirishdir. SHundan so‘ng o‘quvchi ushbu tushunchalar zamonaviy investitsiya teoriyasi yaratilishida qanchalik muhim hissa qo‘shganini tushunib etishi mumkin. Xayotda juda ko‘p xolatlar mavjudki tashkilotlar(shaxslar yoki firmalar) ikki yoki undan ko‘p tanlovdan bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Iqtisodchilar 194 foydalilik funksiyasini tushunchasini ishlatadi bir necha tanlovlardan birni tanlash yulini ifodalashga va bu “tanlash teoriyasi deb nomlanadi”. Foydalilik funksiyasi barcha tanlovlarni raqamli qiymatini aniqlaydi. Qanchalik katta qiymat ko‘rsatsa qaysidir tanlov, o‘shandan ko‘rinaydigan foyda ham shuncha katta bo‘ladi. Tanlangan ushbu tanlov boshqa hammasidan ko‘ra iqtisodiy jihatdan maksimal foyda beradi. Investitsiya teoriyasiga ham ko‘ra kompaniyalar bir necha tanlovlarga ega bo‘ladi. Har xil investitsiyalar har xil foyda va risk qiymatiga ega bo‘ladi. Qolayversa, Qanchalik katta foyda tahmini bo‘lsa, shunchalik kata risk ham bo‘ladi. Tashkilotlar barcha investitsiyalar risk-foyda kombinatsiyalari tizimida qaror qilish holatida bo‘ladi: qaysiki kutilgan qaytim foydaning darajasini ko‘taradi, kutilmagan risk esa tushurib yuboradi. SHuningdek, tashkilotlar turli xil risk-qaytim kombinatsiyalaridan foydaning har xil darajalarini qabul qiladi. Mavjud bo‘lgan risk-qaytim kombinatsiyalaridan qabul qilingan foyda, foyda funksiyasi orqali ifodalanadi. Osonroq aytaydigan bo‘lsak, foydalilik funksiyasi tashkilotlarga qabul qilinaydigan risk va tahmin qilingan foydani orasidagi maqbul echimni topishga ko‘maklashadi. Foydalilik funksiyasi grafik ko‘rinishida bir qancha egri chiziqlar orqali ifodalanadi. 20.1-rasmda u1,u2,u3 bilan belgilangan egri chiziqlarni ko‘rsatdik. Odatga ko‘ra gorizontal o‘q riskni o‘lchaydi va vertikal o‘q tahminiy foydani o‘lchaydi. Har bir egri chiziq turli xil risk va foydalar kombinatsiyalari bilan bo‘lgan investitsiyalar to‘plamini ko‘rsatadi. Berilgan egri chiziqlardagi har bir nuqtalar investorga risk va foyda kombinatsiyalaridagi bitta darajadagi foydalilikni ko‘rsatadi. Misol uchun, u1 dagi foydalilik egri chizig‘ida, 2ta nuqta bor, bular U va U. U da kattaroq tahminiy foyda ko‘rsatkichi bor Undan ko‘ra, shuning bilan birga risk darajasi ham katta. CHunki ikki nuqta ham bitta egri chiziqda yotadi va investorga teng miqdorda imtiyoz bor hisoblanadi ikki nuqta uchun, umuman aytganda ushbu egri chiziqning barcha nuqtalari uchun. Ushbu egri chiziqlardagi qiya joylar shuni ko‘rsatadiki, bir xil foydalilik darajasiga ega bo‘lish degani bu, investor katta miqdordagi foyda talab qilsa, katta miqdordagi riskka rozi bo‘lish
20.1-rasmdagi 3 ta egri chiziqlardagi investor qabul qilaydigan foyda gorizontal o‘q bo‘yicha kattarib boradi, chunki har bir egri chiziq quyidagisidan ko‘ra ko‘proq foyda qaytaradi har bir risk darajasiga ko‘ra. SHunaqa qilib, u3 da ko‘rsatilgan foydalilik eng kattasi va u1 dagi eng kichigi hisoblanadi.118 Berilgan risk darajasidagi eng katta tahminiy foyda qaytaraydigan investitsiya samarali investitsiya deyiladi. Samarali investitsiya qurish uchun investorlar o‘zini investitsiya kiritish jarayonida qanday tutishini faraz qilish lozim. Eng asosiy faraz esa bu investorlar riskka qarshi insonlardir. Riskka qarshi investor degani bu bir xil tahminiy foydali ikki xil riskli investitsiyani tanlash kerak bo‘lganda riski kamini tanlaydigan investorlardir. Tanlangan investitsiyada investor o‘zining riskka bo‘lgan normasini belgilab olgan holda foydasini maksimallashtirish choralarini izlaydi. Boshqachasiga esa, investor foydani kamaytirmagan holda riskni minimallashtirish yullarini qidiradi. Taklif qilingan samarali investitsiyalar ichida investor tomonidan ko‘proq ma’qul ko‘rilgani optimal investitsiya deyiladi.