July 29, 2020
📗 BILIB QOʻYING.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬
🅰 Allel va allel boʻlmagan genlar.
🔵 Allel genlarning oʻzaro taʼsir etish xillari
quyidagilar...
1) Dominantlik
2) Retsessivlik
3) Oʻta dominantlik
4) Chala dominantlik
5) Kodominantlik
🔴 Allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsir etish
xillari quyidagilar...
1) Komplementar
2) Epistaz
3) Polimer irsiylanish
📕KOMPLEMENTARIYA
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
📗 Komplenentar irsiylanishda (lotincha
complement-toʻldiruvchi) — bir asosiy gen
ikkinchi toʻldiruvchi gen tasir qiladi.
Masalan.
🎯 Xoʻrozlar toj shakli...(F² 9:3:3:1)
Yongʻoqsimon — A_B_
Gulsimon — A_bb
Noʻxatsimon — aaB_
Oddiy — aabb
🎯 Xoldor toʻti pat rangi.(F² 9:3:3:1)
Yashil — A_B_
Havorang — A_bb
Sariq — aaB_
Oq — aabb
🎯 Noʻxat guli... (F² 9:7)
Qizil — A_B_
Oq — A_bb, aaB_ , aabb
🎯 Qovoq mevasi.. (F² 9:6:1)
Yumaloq (sharsimon) - A_bb, aaB-
Gardishsimon — A_B_
Uzunchoq — aabb
🎯 Komplementar irsiylanishda F² da ajralish
9:7, 9:3:3:1, 9:3:4, 9:6:1 nisbatlarida boʻladi.
📗 Komplementar irsiylanishning eng xarakterli
tomoni ota-onaga oʻxshmagan organizmlarni
rivojlanishi birinchi va ikkinchi avlodlarda
kuzatiladi.
📗 EPISTAZ
▬▬▬▬▬▬
🔊 Epistaz — bir genning unga noallel ikkinchi
gendan ustun kelishi. Epistaz dominant yoki
retsessiv boʻlishi mumkin.
🔊 Oʻziga allel boʻlmagan bironta genning
taʼsirini toʻsib oʻzining belgisini yuzaga
chiqaruvchi genga - epistatik gen, belgini
yuzaga chiqara olmaydigan genga gipostatik gen
deyiladi.
Masalan ...
🌀 Piyozda... (F² 13:3)
Oq — I_A_ , I_aa, iiaa
Rangli — iiA_
🌀 Itlarda jun rangi... (F² 12:3:1)
Oq — I_A_ , I_aa
Qora — iiA_
Jigarrang — iiaa
🌀 Tovuqlarda pat rangi. (F² 13:3)
Oq — I_C_ , iicc
Qora — iiC_
17
🌀 Epistazda F² da ajralish dominant epistazda
13:3, 12:3:1 nisbatlarda, Retsessiv epistazda esa
9:3:4 nisbatda boʻladi.
🔊 Epistazning xarakterli tomoni ota-onaga
oʻxshamagan organizmlarni rivojlanishi faqat
ikkinchi avlodda kuzatiladi.
📘 POLIMER irsiylanish
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
📌 Polimer irsiylanish — Allel boʻlmagan bir
nechta genning bitta belgini rivojlanishiga
oʻxshash taʼsir etishidir. Polimer hodisasini
shved olimi Nilson Ele birinchi boʻlib
oʻrgangan.
📌 Polimer irsiylanish kumulyativ va
nokumulyativ polimeriyaga ajratiladi.
📌 Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni
nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining
irsiylanishini namoyon etadi.
🔎 Bugʻdoy don rangi...
4 ta dominant gen - qizil
3 ta dominant gen - och qizil
2 ta dominant gen - pushti
1 ta dominant gen - och pushti
Dominant gen boʻlmasa - oq
🔎 Bugʻdoy doni rangini irsiylanishi kumulyativ
polimeriyaga misol boʻladi. F² da fenotipik
nisbat 1:4:6:4:1
📚 Kumulyativ polimeriyada F² da fenotipik
nisbatlar...
➖ Diduragayda
5 xil - 1:4:6:4:1
➖ Triduragayda
7 xil - 1:6:15:20:15:6:1
➖ Tetraduragayda
9 xil - 1:8:28:56:70:56:28:8:1
📚 Nokumulyativ polimeriyada F² da fenotipik
nisbatlar...
➖ Diduragayda
2 xil - 15:1
➖ Triduragayda
2 xil - 63:1
➖ Tetraduragayda
2 xil - 255:1
�DNK, RNK, OQSIL SINTEZI HAQIDA
BATAFSIL MALUMOT
📌Oqsil, Uglevod, Nuklein kislota
biopolimerlar. YOG’LAR esa biomolekula
hisoblanadi. Oqsil monomerlari –
aminokislotalar. Nuklein kislotalar monomeri –
nukleotidlar hisoblanadi. ✅
📌Hujayrda tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha
xususiyatlari bilan farq qiluvchi 2 xil nuklein
kislota dezoksiriboza (DNK) va ribonuklein
kislota (RNK) uchraydi. ✅
📌DNK va RNK nukleotidlardan tuzilgan. Har
bir nukleotid azot asosi (Purin asosi - ADENIN,
GUANIN: Pirimidin asosi - TIMIN, SITOZIN,
URATSIL), monosaxarid (dezoksiriboza,
riboza) va fosfat kislota qoldig’idan tashkil
topgan.✅
📌Dezoksiriboza va Riboza pentozalar guruhiga
kiradi. Ularning tarkibida 5 tadan C (uglerod)
atomi bo’ladi. Dezoksiriboza tarkibida 1 atom O
(kislorod) yetishmasligi bilan ribozadan farq
qiladi. ✅
📌DNK nechta nukleotiddan iborat bo’lsa,
shuncha dezoksiriboza (pentoza) bo’ladi. ✅
📌Nukleotidlarning molekulyar massasi shartli
ravishda 330 D (Dalton). Orasidagi masofa 0,34
nm yoki 3,4 A (Angstrem) ga teng. ✅
18
📌DNK – 2 ta zanjirli bo’lgani uchun orasida
vodorod bog’lari mavjud bo’lib, ular doimo
komplementar sherik nukleotidlar A - T orasida
2 ta hamda G - S orasida 3 ta bo’ladi.✅
📌DNK ning RNK dan farqli tomoni –
molekulyar massasi katta, 2 ta zanjirdan iborat,
purin asoslaridan A, G; pirimidin asoslaridan S,
T uchraydi. RNK da esa T uchramaydi. ✅
📌DNK da Purin va Pirimidin asoslari vodorod
bog’lar orqali, Purin asoslari o’zaro yoki
Pirimidin asoslari o’zaro – fosfodiefir bog’lar
yordamida birikkan. ✅
📌DNK da nechta nukleotid bo’lsa fosfodiefir
bog’ 2 ta kam bo’ladi. RNK da esa 1 taga kam
bo’ladi. ✅
📌Vodorod va fosfodiefir bog’lar DNK dagi
kimyoviy bog’lar hisoblanadi. ✅
📌RNK dan DNK sintezlanishi teskari
transkripsiya; DNK ning 1 znjiridan RNK (i-
RNK, t-RNK, r-RNK) lar sintezlanish jarayoni
transkripsiya – ko’chirib yozish deb ataladi. Bu
jarayon ham qat’iy komplementarlik asosida
kechadi. ✅
📌Hujayradagi eng asosiy assimilatsion
jarayonlardan biri oqsil biosintezi hisoblanadi,
bu jarayon asosan sitoplazmada, ribosomalarda
kechadi. ✅
📌Sintezlangan oqsil haqidagi irsiy axborot
asosan yadroda, DNK da nukleotidlar ketma-
ketligda yozilgan bo’lib, ular asosan dastlab
RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) sintezlab olinadi.
i-RNK da 4 xil nukleotid yordamida kodlangan
irsiy axborot har nukleotidlar uchligida (triplet)
aminokislotalar sinteziga sabab bo’ladi. Har bir
aminokislotaning 4 xil nukleotid yordamida 3 ta
nukleotid ketma-ketligida ifodalanib kelishiga
genetik kod deyiladi. ✅
📌Jami kodlar soni 64 ta bo’lib, 20 xil
aminokislotalardan ikkitasini kodi 1 tadan.
Qolgan 18 tasini kodi 2, 3, 4, 6 tadan bo’lishi
mumkin. 5 ta kodonga ega bo’lgan aminokislota
uchramaydi.
1. Metionin va triptofan - 1 ta;
2. Fenilalanin, tirozin, gistidin, glitsin, lizin,
sistein, serin - 2 ta;
3. Izoleysin - 3 ta;
4. Valin, serin, prolin, treonin, alanin, asparagin
- 4 ta;
5. Leysin, glutamin, arginin - 6 ta; 6. Qolgani
terminatorlar - 3 ta; ular polipeptid zanjir sintezi
tugallanganini bildiradi.
📌Jami 64 ga teng.
📌Har qanday oqsil molekulasi – metionin
aminokislotasidan boshlanadi.✅
📌1 ta aminokislotani 1 ta kodon (3 ta nukleotid)
kodlaydi. 1 ta aminokislotani massasi 120 D
(Dalton). Har bir aminokislota o’zaro peptid
bog’lar yordamida bog’lanib turadi. Peptid bog’
aminokislota sonidan 1 taga kam bo’ladi ✅
MITOZ BO'LINISH HAQIDA
MITOTIK BO’LINISH
(Mitoz yunoncha –ip degan manoni beradi)
Hujayraning hayotiy sikli va bo’linishi.
Yangi bo‘linib hosil bo‘lgan hujayra hayotida
differensiatsiya ro‘y beradi, u maxsus faoliyatini
19
bajarishga moslashadi, funksiyasini o‘taydi,
qariydi va nihoyat o’ladi.
Hujayra sikli ikki qismdan: interfaza va mitoz
.
Ikki bo‘linish oralig’i-----interfaza hisoblanadi.
Interfaza 3 davrni o‘z ichiga oladi:
1) Bo’linishdan keyingi ya’ni sintezdan
oldingi— birinchi o ‘sish (G1) davri (2n2c)
2) DNK sintezi ro‘y beradigan davr (S); Sintez
davri (2n4c)
3) sintezdan keyingi yoki mitozdan oldingi—
ikkinchi o ‘sish (G2) davri. (2n4c)
Interfaza yakunida, odatda hujayrada mitotik
bo’linish (M) ro‘y beradi. Hujayraning
bo‘linishga tayyorlanishi (interfaza) va
bo‘linishi (mitoz) uning mitotik sikli
hisoblanadi.
Organizm hayoti davomida ko‘pgina hujayralar
almashinib turadi. Bundan nerv hujayralari
mustasno. Nerv hujayralari organizm
tug'ilgandan keyin o‘sadi, murakkablashadi,
ammo qayta hosil bo‘lmaydi, demak ularda
bo‘linish hodisasi ro‘y bermaydi.
Birinchi o ‘sish (G1) davri-- hujayrada o ‘sish,
oqsillar va RNK to ‘planishi bilan boshlanadi.
Bu jarayon natijasida hujayra o'zining shunday
massasiga ega boiib qoladiki, u mitotik siklning
keyingi -- S davrining boshlanishini taqozo
etadi. G1 davr mobaynida DNK yangi
molekulasini va uning sintezini, RNK va oqsil
metabolizmini ta’minlovchi fermentlar sistemasi
hosil boladi.
Xar bir xromosoma bittadan xramatin ipi yani
bitta xromatidadan iborat shakli (bir DNK
demak)
DNK sintezi ro‘y beradigan (S) davr-- davri
hujayra siklining eng muhim bosqichi
hisoblanadi. Sintetik davrsiz somatik
hujayralarda mitoz ro‘y bermaydi. Bu davrda
DNK reduplikatsiyasi, ya’ni yangi DNK
molekulasining sintezi ro‘y beradi. S davr
so‘ngida hujayra ikki molekula DNK ga ega
bo‘ladi (mitoz jarayonida hosil boladigan har bir
qiz hujayrasiga bir molekuladan DNK ni
taqsimlab berish uchun ko‘rilgan tayyorlanish
ro‘y beradi) Sintetik davrda hujayra organoidlari
ham ortadi.
Xar bir xromosoma ikkita xramatin ipi yani ikki
xromatidadan iborat shakli (ikki DNK demak)
Ikkinchi o ‘sish (G2) davri-- G2 davrda RNK va
bolinish jarayonini ta’minlovchi oqsillar
sintezlanadi (ayniqsa, bolinish dukini hosil
qiluvchi oqsillarning sintezlanishi diqqatga
sazovordir).
Mitoz bosqichi---Somatik hujayralar mitoz
yo’li bilan bo’linib ko‘payadi. Mitozda
hujayrada ketma-ket ro‘y beradigan 4 davr
tafovut qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |