Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

85 


 

ID-020-30-T013

 

Charos Quchqorova 

Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi 

  

IBORALAR SOʻZ TURKUMLARI TIZIMIDA 

 

Annotatsiya. Mazkur maqola iboralarni soʻz turkumlarga ajratishga bagʻishlanadi va 

bu orqali iboralarning morfologiya boʻlimidagi oʻrnini aniqlash nazarda tutilgan. Shuningdek, 

maqolada  mazkur  masala  yuzasidan  muallif  tomonidan  taklif  va  tavsiyalar  oʻz  ifodasini 

topgan. 


Kalit soʻzlar: ibora, soʻz turkumlari, soʻz birikmasi, fe‘l iboralar, sifat iboralar, ravish 

iboralar. 

 

Annotation. This  article  is  devoted  to  distinguish  between  phrases  and  parts  of 

speech  and  by  this  way  it  is  referred  to  the  importance  of  phrases  in  morphology. 

Additionally, a number of suggestions and recommendations are presented on this matter by 

the author. 



Key words:  phrase,  parts  of  speech,  word  phrase,  verbal  phrase,  adjective  phrase, 

adverbial phrase.  

 

Ibora  –  birdan  ortiq  soʻzlarning  koʻchma  ma’no  ostida  birlashishidan 



tashkil topgan lugʻaviy birlik. Iboralar tarkibidagi soʻzlarni ajratib boʻlmaydi, 

chunki  ular  tasodifiy  ketma-ketlikda  birlashmagan,  ular  uyushib,  birgalikda 

koʻchma  ma’no  hosil  qilgan.  Iboralar  sintaksis  boʻlimida  bitta  gap  boʻlagi 

vazifasini bajaradi. Demak, ularning morfologiyada ham soʻz turkumi tarkibiga 

kirish  huquqi  mavjud,  chunki  tilshunoslikning bir boʻlimida  ma’lum  bir 

vazifaga ega boʻlgan birlik keyingi boʻlimlarda ham oʻz mavqeyiga ega boʻlishi 

zarur. Aks holda, tilning sistemaviylik xususiyatiga putur yetadi.  

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

86 


Iboralarning ma’nosi qaysi soʻzga teng kelishiga qarab soʻz turkumlarga 

ajratish maqsadga muvofiq, ammo iboralarning ma’nosi bir soʻzda namoyon 

boʻlavermaydi.  Misol  uchun:  aravani  quruq  olib  qochdi  -  uddasidan  chiqa 

olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi. Iboralar uchun soʻz 

turkumlarini  belgilayotganimizda  uning  qisqacha  nutqiy  izohidagi  asosiy 

vazifa yuklatilgan soʻzga e’tibor qaratamiz: aravani quruq olib qochdi - nima 

qildi? - maqtandi – fe‘l soʻz turkumi. Ayrim iboralarni soʻz turkumlariga ajratish 

qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Masalan, quyida fe‘l soʻz turkumiga kiruvchi 

iboralarni berib oʻtamiz: aqli yetdi – idrok etdi, bir paqir boʻldi – barbod boʻldi, 

beliga tepdi – xalaqit berdi, dili ogʻridi – ranjidi, dili tortdi – yoqtirdi, fahmi yetdi 

–  bildi,  gapidan  qaytdi  –  voz  kechdi,  gʻazabga  keldi  –  achchiqlandi,  hushi 

boshidan uchdi – esankiradi, ikki koʻzi toʻrt boʻldi – intizor boʻldi, jigar bagʻri 

xun  boʻldi–  ziq  boʻldi,  laqqa  tushdi  –  aldandi,  yuragidan  sidirib  tashladi  – 

unutdi,  boshi  ikkita  boʻldi  –uylandi,  bosh  egdi  -  boʻysundi,  damini  kesdi  - 

gapirtirmadi, gapiga kirdi - tingladi, holdan ketkazdi - toliqtirdi, izza tortdi - 

uyaldi, dunyoga keldi - tugʻildi, dunyodan koʻz yumdi, koʻngli joyiga tushdi - 

tinchlandi…  

Sifat soʻz  turkumiga  kiruvchi  iboralar:  alifni  kaltak  deyolmaydi  – 

savodsiz,  ammamning  buzogʻi  –  landavur,  bir  qoshiq  suv  bilan  yutib 

yuborguday– beqiyos goʻzal, beti shuvut –uyatli, dil tortar - yoqimli, fe‘li keng – 

tanti,  fe‘li  tor  –  ziqna,  ilonning  yogʻini yalagan–  mugʻombir,  istarasi  sovuq  – 

yoqimsiz, koʻngli keng – saxovatli, parvoyi falak – beparvo, pixini yorgan – quv, 

qoʻli ochiq – saxiy, turgan gap – aniq, uchpul – qadrsi, yer tagida ilon qimirlasa 

biladi – sergak, koʻngli yumshoq-rahmdil, oralaridan qil ham oʻtmaydi - inoq, 

ona suti ogʻzida  -  tajribasiz,  osmon-u  yercha  –  juda  katta,  ochiq  koʻngil  - 

samimiy, togʻni talqon qiladigan - zabardast…  

Ravish soʻz turkumiga kiruvchi iboralar: ellik ogʻiz – juda koʻp, bir ogʻiz – 

juda oz, bir-ikki ogʻiz – ozgina, bir - ikki shingil – ozgina,bir shingil – oz, bir 

chimdim – qittak, eldan burun – barvaqt, ‘‘hash – pash” deguncha – juda qisqa 

muddatda, toʻrt ogʻiz – oz-moz, jon holatda – shiddat bilan, ikki soʻzning birida– 




 

87 


qayta-qayta, koʻz ostidan - yashiriqcha, oshib – toshib yotibdi - juda koʻp, zoʻr 

berib - astoydil. Iboralarning har birini qaysi turkumga mansubligini aniqlash 

muammolarga va yechimsiz savollarga boy boʻlishi mumkin, chunki ibora hozir 

ifodalayotgan ma’nosigacha uzoq yoʻlni bosib oʻtgan, koʻplab grammatik hamda 

leksik  oʻzgarishlarga  uchragan  va  bugungi  kunda  yangi  ma’no  qirralarini 

namoyon eta boshlagan. “Azob chekdi” iborasini fe‘l soʻz turkumiga kiritamiz, 

lekin  yuqoridagi  iborani  qiynaldi  fe‘liga  toʻgʻridan-toʻgʻri  tenglashtirmaymiz. 

“Azob  chekdi”  iborasi  behad  qiynaldi,  ya’ni  qiynalish  darajasining  ancha 

balandligini ifodalaydi. Ushbu holat iboralarning ma’nosi faqatgina bir soʻzga 

emas, balki soʻz birikmasiga ham teng kelishini isbotlaydi. Shunday holatlarda 

soʻz birikmasidagi hokim soʻzga qarab soʻz turkumini aniqlaymiz: azob chekdi 

- behad qiynaldi(behad - tobe soʻz, qiynaldi - hokim soʻz) - fe‘l soʻz turkumi. 

Tilimizda soʻz birikmasiga teng keluvchi iboralar koʻplab topiladi: abjagʻi chiqdi 

– qattiq jarohatlandi (qattiq - tobe soʻz, jarohatlandi-hokim soʻz) - fe‘l; burnini 

yerga ishqadi – qattiq jazoladi (qattiq - tobe soʻz, jazoladi - hokim soʻz) - fe‘l; 

peshona teri - halol mehnat ( halol - tobe soʻz,mehnat - hokim soʻz) - ot; koʻkka 

sovurdi - behuda sarfladi (behuda-tobe soʻz, sarfladi - hokim soʻz) - fe‘l; yerga 

kirib ketdi - qattiq izza boʻldi ( qattiq - tobe soʻz, izza boʻldi - hokim soʻz) - fe‘l; 

tili qisiq - gapirmaslikka majbur ( gapirmaslikka - tobe soʻz, majbur - hokim 

soʻz) - sifat; ogʻiz koʻpirtirdi - maqtanib gapirdi (maqtanib - tobe soʻz, gapirdi - 

hokim soʻz) - fe‘l.  

Iboralarni  soʻz  turkumlariga  ajratishda  ularning  tarkibiy  qismi,  ya’ni 

grammatik  tuzilishiga  nazar  solamiz,  iboralarning  salmoqli  qismi  ot  va  fe’l 

frazeologik birliklaridan tashkil topgan. Quyidagi iboralarning tuzulishida fe‘l 

frazeologik birliklari faol qatnashgan va ular fe‘l soʻz turkumiga kiradi: oyoq 

tiradi – oʻjarlik qildi, yodidan koʻtarildi – unutdi, yon bosdi – yoqladi, umr koʻrdi 

– yashadi, qoni qaynadi – achchiqlandi, oʻzini yoʻqotib qoʻydi – gangib qoldi, 

koʻziga choʻp soldi aldadi, koʻngli ogʻridi– ranjidi. Quyidagi iboralar tarkibida 

fe‘l va ot frazeologik birliklari teng huquqli boʻlishiga qaramay ular sifat soʻz 

turkumiga  kiradi:  alifni  tayoq  deyolmaydi  –  landavur,  burni  osmonga 




 

88 


koʻtarilgan  –  gerdaygan,  chumchuq  ‘‘chir”  etsa,  yuragi  ‘‘pir”  etadi  –  qoʻrqoq, 

Daqyanusdan  qolgan  –  qadimgi,  diltortar  –  yoqimli.  Shu  kabi  misollar 

iboralarning tarkibiy qismi, ya’ni grammatik tuzilishi ularni soʻz turkumlarga 

ajratishda muhim rol oʻynamasligini anglatadi.  

 Har  qanday  soʻzning,  shu  jumladan,  iboralarning  ham  grammatik 

xususiyatlarini  oʻrganish  hamda  aniqlash  oʻzbek  tilshunosligidagi  dolzarb 

muammolardan  biri  –  oʻzbek  tilining  kompyuterlashtirilgan  modulini 

yaratishda muhim vazifa bajaradi. Til bir sistema ekan, undagi har bir element 

oʻz  oʻrniga ega boʻlishi  kerak.  Iboralarning  morfologiya boʻlimida  oʻz  oʻrnini 

topishi  tilimizning  strukturaviy  tuzilishini  mustahkamlaydi.  Tilimizdagi 

birliklarni yuqori darajada ilmiylik bilan tadqiq etsak, ularning ichki va tashqi 

shakllarini hamda ma’nolarini aniqlasak, iboralarni soʻz turkumlarga ajratishni 

muvafaqqiyatli  bajara  olsak,  tilshunosligimizdagi  ma’lum  bir  kamchiliklarni 

bartaraf  eta  olamiz.  Iboralar  shu  paytga  qadar  leksikalogiya  boʻlimida 

oʻrganilayotgan boʻlsa, turkumlarga ajratilgandan soʻng morfologiya boʻlimida 

ham oʻrganiladi, bu orqali oʻquvchilar iboralar haqida koʻproq ma‘lumotga ega 

boʻladi,  ularda  iboralarni  munosib  nutqiy  sharoitda  qoʻllay bilish malakasi 

rivojlanadi. Zero, iboralar inson nutqini oʻstiruvchi vositalardir. 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish