942
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
ID-020-30-X009
Latofat Fayziyeva
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs magistranti
OʻZBEK TILIDA “HARAKAT TARZI” MA’NOSINI
IFODALOVCHI VOSITALAR
Annotatsiya. Maqolada “Harakat tarzi” atamasining mazmuni, o’zbek tilshunosligida
tutgan o’rni, olimlarning termin va terminologiya sohasida olib borgan tadqiqotlari hamda
harakat tarzi ma’nosini ifodalovchi vositalar ketma-ketligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: fe’l, kategoriya, harakat tarzi, ko‘makchi fe’l, ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmasi, ravishdosh shakli + ko‘makchi fe’l, analitik shakl.
Annotation. This article discusses the essence of the concept of "manner of action",
the introduction of this unit in Uzbek linguistics, the views of linguists on the essence of this
topic. It also describes the sequence of means by which a manner of action is expressed.
Key words: verb, category, manner of action, auxiliary verb, auxiliary verb conjugation,
adverbial form + auxiliary verb, analytic form.
Dastlab, harakat tarzi tushunchasining mohiyatiga to‘xtalib o‘tsak.
Ushbu atama tishunosligimizga yaqinda kirib keldi. Shu kungacha ko‘makchi
fe’l, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi kabi istilohlardan foydalanildi. Harakat
tarzi atamasi boshqalarining aynan muqobili emas, ammo nazarda tutilayotgan
fikrning mohiyatini to‘laqonli ochib bera oladigan termin sifatida e’tirof etildi.
F.Kamolov,
F.Abdullayev,
G‘.Abduraxmonov,
Sh.Shoabduraxmonov,
M.Asqarova, Sh.Rahmatullayev, A.Abduazizov, A.Nurmonov, H.Ne’matov,
E.Begmatov, R.Qo‘ng‘urov, I.Qo‘chqortoyev, Y.Tojiyev, E.Qilichev, G‘.Zikrillayev,
943
B.Mengliyev, R.Sayfullayeva, R.Rasulov, O.Bozorov, Sh.Shahobiddinov,
M.Qurbonova kabi olimlarning ushbu mavzuga bag‘ishlangan ishlarida ham
mazkur masalaga doir foydali fikr va mulohazalar bayon qilingan. Shuni ham
aytib o‘tish joizki, sho‘ro hokimiyati hukmron yillarida mazkur hodisa xuddi
rus tilidagidek “вид категорияси” deb nomlangan edi. Mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng, tilimizning o‘ziga xosligi inobatga olinib,ushbu
hodisaga o‘zgacha nom berishga kirishildi. Prof. H.Ne’matov va boshqalar buni
harakat tarzi shakli deb nomlab, uning ravishdosh shakli+ko‘makchi fe’l qolipli
yasalish xususiyatiga alohida e’tiborqaratdilar. Yuqoridagi kabi yasalish
xususiyatiga ega bo‘lgan fe’llarga ko‘makchi fe’l atamasi yaqin emas, bizga
ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida lisoniy hodisalar ifodalanmishning ma’nosi
asosida nomlanadi.
Ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’ldan anglashilgan ish-harakatning tarzini
ifodalaganligi bois ham harakat tarzi shakli atamasini qo‘llash an’anaga
muvofiq keladi. Shuningdek, ko‘makchi fe’l ravishdoshning ma’lum bir shalki
bilangina nutqqa birikib, harakat tarzini hosil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
an’anaviy ko‘makchi fe’l atamasi ushbu hodisaning bir qisminigina nomlab
keladi xolos.
O‘zbek tilidagi morfologik shakllar sintetik tabiatga ega, biroq
so‘zlarning analitik (Ahmad uchun, qalam bilan) va sintetik-analitik (uyga
Do'stlaringiz bilan baham: