510
Qadimgi turkey yodgorliklarning ichida “Toʻnyuquq” bitiktoshi alohida
oʻrin tutadi. “Toʻnyuquq (Tonuquq)” – shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga
asos solgan Eltarish xoqoninig maslahatchisi va sarkardasi boʻlgan. Toʻnyuquq
bitigini oʻzi tirikligida yozdirgan. 712-116-yillar orasida toshga oʻyib yozilgan.
Bitikda uning oti bilga Tonuquq deb qayd etilgan. Otiga qoʻshilayotgan bilga soʻzi
uning unvoni boʻlib, “bilimdon, alloma” degan ma’noni bildiradi. U ulug‘
donishmand, xoqon maslahatchisi boʻlgani uchun shunday unvonga erishgan.
Bitikning yozilgan sanasi aniq emas. Ba’zi olimlar u 712-716-yillarda yozilgan
deb taxmin qilsalar, ba’zilari 720-yilda, ayrimlari 725-726-yillarda yozilgan deb
hisoblashadi. U.Sertkaya matnda kechgan voqealarni tahlil qilar ekan, bitik,
taxminan, 732-734-yillar orasida yozilgan, degan xulosaga keldi. Uning
koʻzqarashicha, Tonuquq bu kezlarda 85 yoshlarda boʻlgan [1. 102-103-betlar].
“Toʻnyuquq” bitiktoshi sarkarda Tonuquq haqida boradi. Butun
sarkardalik sirlarini mukammal bilish bilan bir qatorda uch podshoning dono
maslahatchisi lavozimini ham bajargan Tonuquqning ismi olimlar tomonidan
turlicha oʻqib, turlicha talqin qilingan. Bunga sabab qadimgi turkey yozma
yodgorliklardagi noaniq runalardan biri - olimlar orasida Toʻnyuquq deb oʻqib
kelinayotgan kishi ismidagi 𐰪𐰪 belgisi bilan belgilangan runadir. Ushbu belgi
orqali bu ism 𐰸𐰸𐰸𐰸𐰪𐰪𐰸𐰸𐰸𐰸-“Toʻnyuquq” yodgorligida 12 marta qayd etilgan (Toʻn. 1,
5, 6, 15, 17, 34, 37, 47, 58, 59, 61) [2. 56-bet]. Oʻn birida ism ishlatilgan va oʻn
ikkinchi (Toʻn. 31) esa “Tardush shadi”, dono Tonuquqqa, menga shaklida
ishlatilgan. Shuningdek, bu nom ikki marta “Kuli-Chor” yodgorligida va bir
marta “Bilga xoqon” yodgorligida runik yozuvga ma’lum boʻlgan harflar bilan
𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸𐰸 shaklida (8, 15, 29) koʻrsatilgan. Shu munosabat bilan S.YE.Malov
𐰪𐰪
runasini
n
tovushining yana bir koʻrinishi
deb,
barcha
𐰪𐰪
belgilarni tovushning maxsus
ohangi sifatida belgilagan [5.
17-bet].
Olimlardan N. Orkun bu runani i va G. Aydarov [2. 20-bet] ni boʻlib oʻqiladi deb
oʻqishga qaror qildi. H.Orkunning soʻzlariga koʻra, bu belgini V. Tomsen i deb
oʻqigani keltiriladi.
511
Ushbu belgi bilan yozilgan Tonuquq ismidan tashqari, Oʻrxun-Yenisey
yodgorliklarida sakkiz soʻz mavjud. Yenisey yodgorligida oltita soʻz ishlatiladi,
ulardan ikkitasi fe’l. Bu soʻzlarni taqqoslab, ularning ma’nosini oʻrganib, yn
(kirilda йн) birikma holida oʻqiladi degan xulosaga keldik deydi qozoq
professori O.D.Bekjan. Shunda Toʻnyuquq soʻzining birinchi boʻlagi toʻn emas
toʻyn soʻzi boʻlib chiqdi. S.Ye.Malov bu soʻzning ma‘nosini (духовное лицо) [2.
431-bet] deb koʻrsatgan. Akademik B.B.Bartold toʻyin soʻzini M. Koshg‘ariy
buddizmda uyg‘urlarning diniy rahbari sifatida talqin qilganini aytadi [4. 69-
bet] va bu soʻz moʻg‘ullarga noʻm (diniy kitob) soʻzi bilan birga uyg‘urlardan
oʻtgani XIII asrda Juvayniy tomonidan aytilgan. Juvayni bu soʻzni xitoycha
soʻz deb hisoblagan, deydi akademik V.V.Bartold.
Toʻynuquq soʻzining keyingi uquq, yuquq boʻlagi bugungi aqlli,
oʻqimishli, farosatli soʻzlari bilan ma’nodosh boʻla oladi. “Bilga xoqon”
yodgorligida Toʻnyuquq boʻlib yozilgan. Bunda ikkinchi qismi yuquq boʻladi.
Ikkinchi qismdagi yoʻq/yuquq soʻzi “buyuk, yuqori” degan ma’nolarni
bildiradi.Shunda bu soʻzning “baland boʻyli, yuqori martabali,eng aqlli,dono
Do'stlaringiz bilan baham: