Kalit soʻz: Folklor, baxshi, syujet, doston, folklorshunos, baxshichiik maktablari.
Annotation. This article deals with the Uzbek schools of folk poetry, their followers -
bakhshi, the origin of the term bakhshi, the definitions given by various scholars, the art of
bakhshi in Uzbekistan, its different names in the regions and the secrets and ways of epic
singing. The article briefly discusses and explains the meaning and significance of this term
today.
Keywords: Folklore, bakhshi, plot, epic, folklorist, bakhshi schools.
Baxshining shirali ovoziga mos holda doʻmbirasidan taralayotgan kuy
har qanday insonni qalbini junbushga keltiradi, xayollarini uzoq oʻtmishga
boshlab ketadi. “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Orzigul”, “Rustam”, “Xoldorxon”,
“Yusuf va Zulayho”… Oʻzbek an’analari, madaniyati, urf-odati va marosimlarini
goʻzal dostonlar kuylab asrlar osha avlodlarga yetkazib kelayotgan
baxshilarimiz tafakkurining naqadar boy ekanligi, baxshichilik san’ati ulkan
mas’uliyatli kasb hisoblanishi barchaga ham birdek ma’lumemas.
Bilamizki, folklor eng qadimiy soʻz san’atining boshlang‘ich namunasi
boʻlib, unda uzoq oʻtmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimizning zamonlaridagi
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
503
turish-turmushi, dunyoqarashi va e’tiqodi, kurash va mag‘lubiyatlari ifoda
etilgan. Folklorning nafis va shu bilan bir qatorda eng kata hajmli namunasi
boʻlmish dostonlar baxshilarning tinimsiz mehnati, takrorlanmas amaliyoti,
oʻtkir zehni, yoqimli ovozi, improvizatsiyaga ega qobiliyati, kuchli xotirasi
natijasida bir-biridan goʻzal, sara termalar va dostonlar butun salobati,
voqealar rivojining xilma-xilligi bilan hanuz tinglovchilarni bahramand etib
kelmoqda.
Doston tarix emas, ammo tarix dostondan sirtda boʻlmas. Doston
tinglagan kishi “bu voqealar qachon oʻtgan ekan”, deb oʻylashi tabiiy. “Oʻtganni
baxshi-shoir qanday aytgan?”. Ayniqsa yozma dalilga tayanib qolgan
bugunning odamiga biror-bir fikrni hujjatsiz ishontirish qiyin. Aslida har
qanday hujjat – m yozuv – xotira. Xotiraning esa turi koʻp. Yozma xotira
qabatida og‘zakisi ham baqamti yuradi. [1.71-bet].
Baxshi — atamasi sanskrit tiliga oid boʻlib, “ustoz” degan ma’noni
anglatadi. Shomoniylik diniga e’tiqod qiluvchi turklar tilida “toʻy-tantanalarni
boshqaruvchi kishi” ma’nosida ishlatilgan. YE. Polivanovning ta’rificha baxshi
soʻzi asli xitoy tilidan olingan boʻlib, “pak-si” – “ustoz”, “yozuvchi”, “kotib”
ma’nolarini anglatadi. Professor E.R.Tenishev “baxse” soʻzi uyg‘ur tilining
sharqiy lahjasida “baxshi”, “tabib”, “shomon”, shuningdek bu tilning dolan
lahjasida “afsungar”, “folbin”, uyg‘ur yodnomalarida esa “ustoz”, “shogird”
ma’nolarini ifodalaganini yozadi. [2.57-bet]. V.V.Bartoldning yozishicha
Turkiston hukmdorlarining fors tilini bilmagan kotiblari ham baxshi deb
atalgan. [3.45-bet]. Alisher Navoiy esa oʻzining «Munshaot» asarida «Bir
sabohdin tush vaqtig‘acha va peshindin oqshomgacha ancha ish qilurlarkim,
necha devon, necha navisanda baxshi va necha parvonachi qila olmagaylar»,
deb yozib qoldirganki, bu yerda baxshi kotib, mirzo ma’nolarida ham
qoʻllangan. [4.230-bet].
Baxshi boʻlish uchun, avvalo, yuksak xotira sohibi boʻlish, musiqa ilmidan
bohabar boʻlish, xonandalik qobiliyatiga ega boʻlish, biror musiqa asbobini
chala bilish, yuksak nutq madaniyatini egallash kabi qator shartlarning
504
uddasidan chiqish lozim boʻladi. [5.9-bet]Shuni ta’kidlab oʻtish lozimki, bir
“goʻzal” soʻzining 37 ma’nodoshini sanab oʻtgan Navoiy yashab ijod etgan
Oʻzbekistondek “sinonim”larga boy zaminning Surxondaryo, Qashqadaryo
viloyatlarida baxshi atamasi oʻrnida “yuzboshi”, “sozanda”, Farg‘onada
“sinovchi”, Tojikistonlik oʻzbeklar orasida esa “soqi” atamalari qoʻllaniladi.
Baxshi — ularga berilgan unvondir. Bu unvonga yetishmoq uchun ham
anchagina yoʻllarni bosib oʻtish kerak. Avvalo, “Bola — boshidan ma’lum”
degandek, koʻpgina baxshilar oʻz tarjimayi hollarida baxshichilikka qiziqish
bolalik chog‘laridan boshlanganligi, bobolari yoki qishloq baxshilaridan terma
va dostonlarni yod olganliklari, dutor, doʻmbira, qoʻbuz kabi musiqa
asboblarini chalishga ishtiyoqmand boʻlganliklarini ta’kidlab oʻtgan. Yillar
davomida shogird tushib, toʻy-tantanalarda, sayllarda, uzoq qish kechalarida
ustoz baxshilaridan ta’lim olgan.
Ustoz baxshi shogirdini baxshi deya xalqqa tanitish uchun biron sayl
yoki toʻy-marosimda shogirdi nomini ta’kidlab, “Kuntug‘mish” dostonini
kuylashni buyurgan. Shogird xatosiz, musiqa joʻrligida yanglishmay, mayin
ovozda kuylab tomoshabinlarga manzur boʻlsa, unga oq fotixa berib, baxshi
deya tanitgan. Doston kuylash jarayonida baxshining kayfiyati ham muhim
axamiyatga ega. Chunki oʻta a’lo yoinki oʻta yomon kayfiyatda kuylangan
doston baxshi tomonidan oʻzgarishga uchrab (ya’ni yangi obrazlar qoʻshilishi
natijasida) dostonning yangi variantini yaratishi mumkin. Hech bir doston
oʻzgarishga uchramay kuylanmaydi. Ya’ni har bir baxshi oʻzidan yangi obraz va
voqealarni qoʻshib, dostonni boyitib boradi. Shunisi ajablanarliki, doston
yakuniga yetmay turib, baxshilar oʻz ijrosini tugatmaydi. Professor Hodi
Zarifovning ta’kidlashicha, bulung‘urlik Amin baxshi “Alpomish” dostonini uch
oy davomida tinglovchilarni sira zeriktirmay kuylagan ekan.
Asrlaroshabaxshichilikmaktablariyuzagakeldi. HozirgikundaBulung‘ur,
Qoʻrg‘on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Nurota, JanubiyTojikiston, Xorazm
hamda Qoraqalpoq dostonchilik maktablari mavjud. Ushbu baxshichilik
maktablari asoschilari va baxshilari tomonidan koʻpgina sara terma va
505
dostonlar, xalqimizning urf-odat va marosimlarga yog‘rilgan madaniyati
kuylangan va folklorshunoslar tomonidan yozib olingan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda uchta — Bulung‘ur,
Qoʻrg‘on hamda Narpay baxshichilik maktablari mavjud edi. Bu maktablarda
asosan epik san’at rivojlangan boʻlib, ulardan davrining buyuk ijodkorlari –
FozilYoʻldosh, Ergash Jumanbulbul oʻg‘li, Islom shoir Nazar oʻg‘li yetishib
chiqqanlar. Bulung‘ur maktabi vakillari asosan «Alpomish» kabi qahramonlik
eposlarini kuylashgan boʻlsa, Qoʻrg‘on maktabida asosiy e’tibor romantik
dostonlarga qaratilgan. Bu maktab baxshilari ijro etgan dostonlarda arab va
fors-tojik adabiyotlaridagi obrazlar, oʻzbek xalq kitoblaridagi syujetlar ham
uchraydi. Bundan anglashiladiki, qoʻrg‘onlik baxshilar maktab va madrasa
ta’limidanxabardorligi va ijro etgan terma yoki dostonlari yozma adabiyot
ta’siriga uchragandir. Tabiiyki, dostonlarning mazmun-mohiyati ta’sirida
doston kuylash usullari ham turlicha boʻlgan. Jumladan, bulung‘urlik baxshilar
asarni oʻta an’anaviy va arxaik bir tarzda kuylashgan boʻlsa, qoʻrg‘onlik
ijodkorlar kuylash usullarida badiiy rang-baranglik va poetik jimjimadorlik
yetakchi oʻrin tutgan.
Shoʻx, quvnoq, koʻtarinki ruhda kuylangan dostonlari bilan boshqa
baxshichilik maktablaridan farqlanib turuvchi Shahrisabz dostonchilik
maktabi kuylarining yoqimliligi bilan folklorshunoslar e’tiboriga tushgan.
Rajab shoirning shogirdi boʻlmish Abdulla Nurali oʻg‘li ijodi va repertuari bu
maktabning oʻlmas merosi hisoblanadi. 10 dan ortiq dostonlarni oʻziga xos
tarzda kuylagan boʻlsa-da, afsuski ular qoʻlyozmalarda saqlanib qolmagan.
Qamaylik dostonchilar orasida Abdukarim Juyruq, MullaHolnazar, Hidir
shoir
kabi
mashhur
kuychilar
boʻlgan.
Biroq
ular
ijro
etgandostonlardannamunalar toʻliq yozib olinmaganligi sababli ularning
mahoratlariga ta’rif bermoqqa ojizmiz. Mulla Xolnazar yozdirib
qoldirgan“Nuralining yoshligi” dostonining bir oʻzi Qamaylik baxshilarga xos
badiiymahoratni koʻrsatishdan koʻra diniy, kitobiy dostonlarga xos
xususiyatlarni aks ettiradi.Yana shu oʻrinda qoʻshimcha qilish mumkinki,
506
qissaxon boʻlgan Bozor Omonov va Sa’dulla Tohirovlardan yozib olinib, nashr
etilgan “Nuralining yoshligi” dostonininghar ikki varianti Qamay maktabining
soʻnggi badixagoʻy baxshisi Xazratqul Xudoyberdiyevdan yozib olib chop
etilgan “Og‘a Yunusning olib qochilishi”dostonidan badiiylikda ustundir.
Sherobod dostonchilik maktabi epos an’analariga rioya qilishda boshqa
dostonchilik maktablaridan farq qiladi. Bundan tashqari dostonlarni kuylashda
ma’lum ma’noda kitobiylikka intilish kuchli ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining bir necha tumanlari, Tojikiston va
Turkmanistonning janubiy hududlaridan yetishib chiqqan baxshilarni oʻz
bag‘rida birlashtirgan Sherobod dostonchilik maktabi Qosimkoʻr, Mardonaqul
Avliyoqul oʻg‘li, Eshqobil baxshi, Ahmad baxshi, Qodir Rahim oʻg‘li kabi oʻnlab
baxshilarni yetishtirdi. “Oltin qovoq”, “Malla savdogar”, “Zayidqul”, “Ollanazar
olchinbek”, “Sherali”, “Oychinor”, “Kelinoy” kabi dostonlar Oʻzbekistonning
boshqa joylarida yashab ijod etgan baxshilar repertuarida uchramasligi bilan
e’tiborni tortadi. Hozirgi kunda ushbu dostonchilik maktabi an’analari
Xushboq Mardonaqulov, Shoberdi Boltayev, Boborahim Mamatmurodov, Qora
va Chori Umirovlar, Qahhor Qodir oʻg‘li, Abdunazar Poyonov kabi bir qancha
baxshilar tomonidan davom ettirilmoqda.
“Goʻroʻg‘li” turkumidagi dostonlarni 64 doston qilib kuylagan baxshilarni
oʻz bag‘rida ulg‘aytirgan Nurota baxshichilik maktabi koʻhna Navoiy
ma’daniyatini oʻzida mujassam etadi. Qurbon baxshi, Ashur baxshi, Isirgap
baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻg‘li, Saidmurod Panoh oʻg‘li, Qurbon Navruzov,
Tursun She-rov, Ma’mur Ermatov, Fayzi Najmiddinov kabi oʻnlab ijodkorlar
shu maktabga mansub boʻlib, Nurota, Navoiy, Tomdi, Konimex, Navbahor,
G‘ijduvon, Shofirkon tumanlari aholisiga xizmat qilganlar. Bu maktabning
soʻnggi talantli vakillari Saidmurod Panoh oʻg‘li va Bekmurod Joʻraboy oʻg‘lidan
"Alpomish", "Odilxon", "Kuntug‘mish" ("Xolbeka"), "Goʻroʻg‘lining Qrimga
borishi", "Avazxon", "Malikayi ayyor" ("Gulshanbogʻ") kabi dostonlar yozib
olingan va nashr etilgan. Bu baxshilar repertuarida boshqa hududlarda
507
tarqalmagan "Sormonxon", "Ahmadxon", "Choʻpon qiz", "Maston kampir" kabi
dostonlar ham boʻlgan. Ammo afsuski ular oʻz vaqtida yozib olinmagan.
Xorazm dostonchilik maktabi haqida alohida toʻxtalib oʻtmoq lozim.
Chunki bu maktab baxshilari tomonidan kuylangan dostonlar oʻziga xos
xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻzbekistonning boshqa hududlaridagi oʻzbek xalqi
orasida tarqalgan dostonlardan mazmuni, uslubi, kompozitsiyasi, syujetlarning
turfa xilligi, obraz yaratish prinsiplari bilan farqlanadi. Xorazm dostonchilik
maktabi repertuaridagi dostonlar og‘zaki va yozma adabiyotning uzviy
bog‘liqligining yorqin namunasidir. 3-5 kishidan iborat ansambllar tomonidan
ijro etiluvchi dostonlar tinglovchilarni qiziqtirmay qolmaydi.
Baxshi dostonni dutor, tor yordamida kuylasa, ijro davomida g‘ijjakchi
va bulamonchi unga joʻr boʻladi. Xarazm baxshilari repertuaridagi dostonlarda
qahramonlarning ichki kechinmalarini nazm orqali, sarguzashtlarini nasr
orqali bayon etish tartiblashgan. Shunisi hayratlanarliki, baxshilar
tinglovchilar yig‘ilganidan soʻng, dostonni shundaylikcha boshlab yubormaydi.
Avval, “Peshrav”, “Muxammasi ushshoq” kabi biron kuy chalib, soʻng didaktik
xarakterdagi qoʻshiq kuylanadi. Axamiyatli jihati shundaki, Xorazm
dostonchilik maktabi baxshilari dostonlarni ichki boʻg‘iz tovushda emas, ochiq
ovozda kuylaydilar. Bola baxshi, Suvay baxshi, Jumanazar baxshi, Ahmad
baxshi, Matnazar Jabbor oʻg‘li, Ollabergan baxshilar Xorazm baxshichilik
maktabining yirik namoyondalaridir.
Yil sayin jannatmakon diyorimizda adabiyot, xalq ijodiyoti,
folklorshunoslik shu bilan bir qatorda baxshichilikka ham katta e’tibor
qaratilmoqda. Bu esa barcha ijod sohasi vakillarini yanada izlanishga, yanada
koʻp va xoʻb ijod qilishga undaydi. 2019-yilda yurtimizda oʻtkazilgan “Xalqaro
baxshichilik festivali” soʻzimizning dalilidir. Festivalda yigirmata mamlakatdan
tashrif buyurgan ijodkorlar orasida birinchilikni qoʻlga kiritgan ikki moxir
baxshilardan biri Abdunazar Poyonov Oʻzbekiston vakili ekanligi dillarda faxr
tuyg‘usini uyg‘otadi. Har qanday ishda yoshga emas, tajriba, ilm va qobiliyatga
ahamiyat qaratuvchi Oʻzbekistonimizda baxshilar orasida jonbozlik koʻrsatgan
508
eng yosh baxshi Surxondaryolik G‘olibjon Oribovning mahorati tahsinga
sazovordir.
Har zamonning oʻz baxshisi boʻlgan. Qadimda faqatgina shoh saroyida
boʻlib, hurkmdorning koʻnglini ovlash uchun doston kuylagan “baxshilar” ham,
yoinki xalq orasida boʻlib xalq dardini tarannum etgan asl baxshilar ham
boʻlgan. Bugungi kun baxshilari yurt oʻg‘lonlarini “Alpomish” kabi mardlikka,
suluv qizlarni “Orzigul” kabi adolat yoʻlida kurashuvchanlikka yetaklovchi chin
ma’nodagi baxshilardir. Ularning hayot yoʻllari va tinimsiz mehnatlari nafaqat
baxshi boʻlish ishtiyoqidagi jajji qalblar, yosh oʻquvchilar, folklorshunoslar
balki har bir oʻzbek farzandi uchun ibratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |