Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Iskandarda yoʻq Goʻroʻgʻli davlati 

Koʻkarar boʻlsang azroilday haybati. 

Bu  misralarda  Goʻroʻgʻlining  mol-u  dunyosi  Iskandarda  ham  yoʻqligi, 

uning haybati Azroil haybatiga oʻxshatilgan. 

Yoki: 


Oʻyla bolam mening jon-u dilimsan,  

Bulbul boʻlsang qoʻnar toza gulimsan.  

kabi  misralarda  bola  jon-u  dilga,  bulbulga,  toza  gulga  oʻxshatiladi. 

Majoziy ma’noda kelgan otlar oʻxshatish vazifasini bajaradi. 

 Usmon  Mamatqul  dostonlarida  birgina  oʻxshatish  emas,  metonimiya, 

kinoya, mubolagʻa kabi til badiiyati vositalari keng koʻlamda ishlatilgandir. Bas, 

shunday ekan, metonimiya, kinoya, mubolagʻa xususida ham toxtalishga toʻgʻri 

keladi.  Metonimiya-koʻchim,  insondagi  ichki  holatni  tashqi  koʻrinishda 

ifodalaydi.  Demak,  bu  holat  barcha  dostonlarda  boʻlishi  lozim.  Kopgina 




 

500 


dostonchilar kabi Usmon shoir ham Uchqoʻrgʻon shevasining qipchoq lahjasida 

ijod qiladi. Shunga qaramay baxshi tinglovchilar e’tiborini qozona olgan.  

 Oʻttizima j[y]urtda boʻldim tajdar, 

 Gʻazbima dushman boʻlmas barobar.  

 Baylanglar ul zindoni j[y]igit[l]ar, 

 Qaydan keldi pichoqli bu enagʻar?! 

Bu  kabi  misralarni  kuzatish  borasida  baxshining  j-lovchi  qipchoq 

lahjasida doston aytishini koʻramiz. Biroq dostonchi ijodida sof oʻzbek adabiy 

tilida  aytilgan  doston  nazmlari  qiyoslab  oʻrganishga  asos  boʻladi.  Demak 

“Boʻtakoʻz” dostonida ham oʻrganishga loyiq boʻlgan til va badiiyat namunalari 

mavjudki, buni hech kim rad eta olmaydi. 

Ona  yurt,  Vatan,  oila,  farzandga  boʻlgan  muhabbat  qadimiy  an’anadir. 

“Boʻtakoʻz” dostonida ham tinch-totuv yashash, yaxshi qoʻshnichilik, sof sevgi, 

Vatanga  muhabbat  qarashlari  tarannum  etilgandir.  Bu  kabi  qarashlar  xalq 

diliga, tiliga juda yaqin boʻlgan hamda adabiy til me’yorlariga mos soʻzlar bilan 

yaratilgan.  Umuman  olganda  olimlarimiz  tomonidan  oʻrganilgan  bu  doston 

Fargʻona vodiysi, xususan, Qayqi dostonchiligida muhim oʻrin egallaydi. Unda 

yaratilgan  barcha  badiiy  obrazlar  oʻzining  mukammalligi,  ibrat  boʻlarli 

darajada  tasvirlanganligi  bilan  qimmatlidir.  Shuningdek,  dostonda  oʻzbek 

adabiy  til  me’yorlari,  badiiy  tasvir  vositalaridan  unumli  foydalanilgan.  Yana 

baxshi xalq fantaziyasi asosida orzu va umid yoʻlida katta ishlarga qoʻl urgan, 

botir – qahramon, tinglovchi – xalq uchun qadrdon timsollar yarata olganidir. 

Qoʻrgʻon, Nurota, Bulungʻur dostonchilari dostonlari kabi yuksak mahorat bilan 

yaratilgan  Qayqi  dostonchilik  maktabi  dostonlari  umuminsoniyat  uchun 

bebaho  xazinadir.  Ularni  oʻrganish,  mukammal  tadbiq  etish  esa  biz  – 

yoshlarning galdagi vazifamizdir. 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish