Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

ADABIYOTLAR 
1. Luntz M., Brodsky A., Watad W., Weiss H., Tamir A., Pratt H. Sound 
localization in patients with unilateral cochlear implants// Cochlear implants 
international. 2005. Vol. 6. No 1. P. 1-10. 
2. Raeve L. Rehabilitation after bilateral implantation // 3-rd MED-EL Aural 
Rehabilitation Conference “Assessment, Paediatric Habilitation, Adult
Rehabilitation”, The Netherlands, MED-EL, 2008.p.20. 
3. Ching T.Y., Psarros C., Hill M. et all. Should children who use coghlear 
implants wear hearing aids in the opposite ear? // Ear Hear. 2001. Vol. 22(5). P. 
365-380. 
4. P.Po‘latova, L.Nurmuxamedova, Sh.Amirsaidova Maxsus pedagogika --
Toshkent:Fan va texnologiyalar .2014 
 
MAXSUS TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
ZAITOVA SHOXISTAXON
BAXODIR QIZI-TDPU magistri 
 
Ijtimoiy rivojlanish bugungi kunda - har bir inson shaxsini 
shakllantirishning zarur shartlari va butun jamiyatning farovonligi bo‘lib 
kelayotgan ta'lim, axborot va bilimlarning o‘sib borayotgan o‘rni bilan 
tafsiflanadi.Axborotdan erkin foydalanish va ma'lumot almashish imkoniyatini 
beruvchi AKTning rivojlanishi hayotimizga har tomonlama katta ta'sir ko‘rsatdi. 
Yangi texnologiyalar bizning jamiyatimizni o‘zgartirdi va barcha jabhalarda 
ishtirok etuvchi ma'lumotlar yangi madaniy muhitni yaratishga hissa qo‘shdi. 
O‘zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga, balki ta'lim 


73 
metodlariga, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish yo‘llariga va insonlarning 
o‘zaro munosabatlariga ham ta'sir ko‘rsatdi.So‘nggi yillarda ta'lim xizmatlarini 
ko‘rsatishda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Matn, ovoz, grafik va videoning 
an'anaviy shakllarining imkoniyatlari endilikda multimedia hujjatlari bilan 
birlashtirildi[3]. Global kompyuter tarmoqlari orqali dunyo bugungi kunda turli 
aloqa usullari uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Raqamli telekommunikasiya 
tizimlari “eski” analoglarning o‘rnini bosdi. Biz kompyuter tizimlari, telefoniya 
va televideniyaning hech bir davrda bo‘lmagan uyg‘unlashuv faoliyatini 
kuzatmoqdamiz. Yangi avlod axborot texnologiyalarining turli xil ilovali 
imkoniyatlari orqali uyda va idorada ishlash, internet tarmoqlari orqali elektron 
tijorat, bank xizmatlari, tibbiyot xizmatlari va albatta ta'lim olish uchun tabora 
yangi imkoniyatlarini ochib bermoqda. Yangi texnologiyalardan foydalanish 
yangi ko‘nikmalar va amaliy malakalarga tezlikda ega bo‘lishni talab qiladi. Shu 
bilan birga, yangi shartlarga moslashishga faqatgina axborot kommunikasion 
texnologiyalari (AKT) bilan ishlash tamoyillarini to‘g‘ri tushunish asosida 
erishish mumkin. Kompyuter savodxonligi masalalari zamonaviy jamiyatda faol 
muhokama qilinmoqda. Bugungi kunda aksariyat davlatlar o‘qish, yozish va 
hisoblash kabi malakalar bilan bir qatorda umumiy ta'limning bir qismi sifatida 
AKT bilan ishlashda asosiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ko‘rib 
chiqishmoqda.AKT ta'lim tizimini o‘zgartirish imkoniyatlarini ochib beradi va 
ilgari ta'lim ololmaganlar uchun bilim olish imkoniyatini taqdim etadi
3

Bugungi kunda mavjud va rivojlanayotgan yangi texnologiyalar ta'lim 
tizimini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ulkan salohiyatga ega. Bugungi kunda 
AKT asosida o‘qitishning ko‘plab yangi shakl va usullari yaratilmoqda.Uzoq 
vaqt davomida ta'lim mazmuni, shakllari va usullarining rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyotining sanoat bosqichi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan edi. 
Ta'lim maqsadlari va vazifalari haqidagi tasavvurlar endilikda rivojlanishning 
yangi axborotlashgan bosqichida bo‘lgan jamiyatning talablariga yo‘naltirilgan. 
Ta'lim olishning yangi yondashuvlari bilan bir qatorda, o‘quv jarayonining 
barcha ishtirokchilari rolini ham o‘zgartirish talab etiladi. Internet tarmog‘i, shu 
bilan birga kompyuter va interfaol multimediya tizimlaridan keng foydalanish, 
global aloqaga erkin kirish quyidagilarni bildiradi: 
•o‘quv jarayoni ishtirokchilarining jismoniy joylashuvi o‘qish va bilim 
olish jarayonlariga tabora bog‘liq bo‘lmay qolishi; 
•o‘quv resurslarining soni hamda ularni ta'minlash formatlari sezilarli 
darajada oshadi; 
• Mashg‘ulot o‘tish vaqtini aniqlash tashabbusi ishtirokchilarga taqdim 
etiladi. O‘quv jarayoni endi “har qanday vaqtda, har qanday joyda” tamoyiliga 
asoslanadi. 
Quyidagi jadval o‘quv jarayonini yangicha tushunish va unda AKT 
o‘rnining ta'siri natijasida yuzaga kelgan ba'zi o‘zgarishlarini aks 
ettiradi[1].
AKTdan foydalanish nafaqat o‘quv dasturiga muhim qo‘shimcha 
bo‘libgina qolmay, balki ta'lim tizimining ta'lim jarayonini yuqori darajada mos 


74 
keladigan kerakli resurslar va didaktik vositalar bilan boyitadi. 
Pedagogik 
texnologiyalar orasida maxsus ta'lim uchun qiziqarli bo‘lib, talabalarning guruh 
ishiga, hamkorlikda ta'lim olishga, faol bilim olish jarayoniga va turli xil axborot 
manbalari bilan ishlashga qaratilgan texnologiya hisoblanadi[3]. Bunday 
texnologiyalar 
shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim muammolarining eng samarali 
yechimini topadi va maxsus 
ta'limiy ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni samarali 
ijtimoiylashishiga hissa qo‘shadi. Aynan shu texnologiyalar ilmiy, muammoli 
usullardan keng foydalanishni, olingan bilimlarni hamkorlikda yoki yakka 
faoliyatda qo‘llashni, hamkorlikdagi faoliyatda turli ijtimoiy vazifalarni bajarish 
ko‘nikmalarini, tanqidiy tafakkuri bilan birgalikda muloqot madaniyatini ham 
rivojlantirishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar o‘z imkoniyatlari bilan muvofiqlikda 
bilimning turli sohalarida muayyan natijalarga erishishning real imkoniyatlariga 
ega bo‘ladilar. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish