71
javoblarini asoslaydilar. Mazkur didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda xamma bolalar
xamkorlikda ishlaydilar, avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarga
qo‘llab yangi bilimlarni egallaydilar. Bu esa bolalarning o‘z bilimlariga,
iqtidoriga ishonch uyg‘otadi va xar bir bola
sidqidildan xamda jiddiy
tayyorgarlik muvaffaqiyat garovi ekanligini anglagan xolda bilim olishga
kirishadi.Shu sababli surdopedogog vazifalarni bosqichma-bosqich amalga
oshirishi zarur.Didaktik o‘yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy
ketnma-ketligi, bolalar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniqlash va
rejalashtirish;Didaktik o‘yin davomida bolalar oldiga qo‘yiladigan o‘quv-bilish
xarakteridagi muammoli vaziyatlar tizimini vujdga keltirish yollarini aniqlash
va
loyixalash; Bolalarning didaktik o‘yining maqsadi va vazifalari bilan
tanishtirish, didaktik o‘yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash va xar bir
bolaga tegishli aniq yollanmalar, ko‘rsatmalar berish;Mazkur o‘quv-bilish
xarakteridagi muammoli vaziyatlarni xal etishda bolalarning avvalgi
mavzulardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish, odatiy va
yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatini aniqlash.Bolalarning
didaktik o‘yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat.
Ta’lim – tarbiya jarayonini xozirgi zamon
talabiga mos xolda xar bir
mavzu mazmuniga bog‘liq xolda bolalarni kasbga yollashi va shu kasblarni
egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo‘lishi kerakligini qayd etishi lozim.
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar ichida konferensiya mashg‘ulotlari
muxim o‘rin tutadi[2]. KOnferensiya mashg‘ulotlari bolalarning bilish
faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni
qo‘shimcha va maxalliy materiallar bilan tanishtirishda muxim axamiyat kasb
etadi. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini surdopedogogning
ilmiy-metodik
saviyasiga va pedagogog maxoratining yuqori darajada bo‘lishi, zamon bilan
xam nafasligini, bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish
ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi.Maxsus ta’limda boshqa didaktik o‘yinlar bilan
bilan bir qatorda o‘yin mashqlaridan oz-o‘rnida va samarali foydalanish
maqsadga muvofiq.
Zamon bilan xamnafas ishlayotgan xar bir surdopedogog bolalardagi
orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga o‘xshash o‘yinlarni
o‘z vaqtida o‘tkaizshi bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini orttirishi va
bilim faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi.Bugungi kunda ta’lim
tizimiga, jumladan maktabgacha ta’lim tizimiga xam yangi pedagogik
texnologiyalar, interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun
moxiyatini,
asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish
yo‘llarini amaliyotchi tarbiyachi va o‘qituvchilarga yetkazib berish pedagogika
fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
«Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne» — «maxorat», «san’at»
va «logos» — «tushuncha», «o‘rganish» demakdir., Texnologiya so‘zi zamirida
jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi,
shuningdek, ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi.Ta’lim
texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan
loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich
72
amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod,
usul va vositalari
tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi[1].
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik
texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija,
ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining
aniq shakllanganligi.
O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga
oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro
bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq
qiladi.O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida
o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash
o‘yin xarakterining
musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila
olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib
chiqadi.Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan
foydalanish maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: