80
muammolar haqidagi shikoyatlar bo’lganligi, soxaga yanada takomillashtirilgan
islohotlarning zarurligini ko'rsatdi.
2017-yilning oktabrida “Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish tizimini
boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari gto'g'risida”gi O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Farmonda vazirlik tarkibida uy-
joy kommunal xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasini tashkil etish va uning
mablag'larini, birinchi navbatda, ko'p
xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti,
kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash,
maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda
boshqa maqsadlarga yo’naltirish ko’zda tutilgan.
Soxada muammolarning turli ko’rinishlari mavjud:
suv ta’minoti shahar va tumanlarning markazlarida talabga javob beradi,
chekka hududlarda aholiga suv ta’minotini uzatishda ba’zi kamchiliklar mavjud;
gaz va elektr energiyasi tizimida ham huddi shu kabi kamchiliklar mavjud;
ko’p qavatli binolarning yerto’lalarida quvurlarning
eskirib yorilishi kabi
holatlar kuzatiladi va yerto’lada suv to’planish hollari kuzatiladi hamda buning
oqibatida binoga jiddiy zarar yetadi;
kanalizatsiya tizimining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi va yana shu kabi bir
qancha muammolar mavjud.
Yuqorida sanab o’tilganlar soxa isloxotlarining o’ziga xos xususiyatlari
hisoblanadi. Aynan shu muammolar bugungi kunda o’z yechimini topmoqda.
Mamlakatimizda 2011-2016 yillarda qariyb 13 ming
kilometrdan iborat yirik
suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish
quduqlari, shuningdek, 1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda
rekonstruksiya qilindi.Natijada, Respublikamiz aholisining 67
foizi ichimlik suvi
bilan markazlashtirilgan manbalardan ta’minlanmoqda, jumladan, shaharlarda 72,4
foizni (toshkent shahrisiz) va qishloqlarda 61,5% foizni tashkil etadi. Aholimizning
24 foizi ichimlik suvi bilan muqobil (alternativ) manbalardan, 9 foizi esa tashib
keltirilish bilan ta’minlanmoqda. Aholining soni o’sib borishi, korxona va
81
tashkilotlarning ko’payishi natijasida toza ichimlik suvini yetkazib berishni yanada
takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etishni talab qilmoqda.
2017—2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini
kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi doirasida suv ta’minoti
va kanalizatsiya obyektlarini moliyalashtirish uchun – “toza ichimlik suvi”
jamg‘armasidan 504,96 milliard so‘m ajratilishi ko’zda tutilgan. O‘zbekiston
Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish
vaziriligi obeyektlarini
moliyalashtirish buyurtmachisi.Bundan tashqari mazkur dasturni moliyalashtirish
uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat byudjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro
moliya institutlaridan 2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi
mablag‘lar ajratilishi belgilangan.Tumanlar va aholi
punktlari ichimlik suvi
ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya
qilish bo‘yicha 2017 – 2021 yillarga qabul qilingan dastur va loyihalarga asosan
10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish
qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish,
shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilgan. 20
ta ichimlik
suvi ta’minoti ob’ektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv
o‘tkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga
oshirish nazarda tutilgan.
2017-2021 yillrga qabul qilingan dasturni amalga oshirish natijasida 2021
yilga kelib aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olinishi
respublikamiz miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga etkaziladi.
Aholi soniga ko’ra 4,9 mln. aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, shundan
qo‘shimcha 1,1 mln. aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: