YIGIRMA YETTINCHI MAVZU.
XALQARO D IN IY H UQ UQ
1-§. Davlat va dinning xalqaro munosabatlar rivojidagi o'rni
2-§. Xalqaro diniy huquqning predmeti
3-§. Xalqaro diniy huquq prinsiplari
4 -§ . Xalqaro diniy huquqning o ‘ziga xos xususiyatlari
5-§. Davlat va din o ‘rtasidagi o'zaro munosabatlarga oid xalqaro
standartlar
l - § . Davlat va dinning xalqaro munosabatlar rivojidagi o'rni
XIX asrning oxirida taniqli rus diplomati, xalqaro m unosabatlar
bo'yicha mutaxassis F.F. M artens «Dinning xalqaro xarakteri tartib-
qoida va huquqqa asoslangan holda xalqlami birlashtirish maqsadida
www.ziyouz.com kutubxonasi
muloqot qilish vositasiga aylanm oqda»,— deb ta ’kidlagan ed i1. Mazkur
fikr hozirda ham o 'ta dolzarb bo'lib qolmoqda.
Zamonaviy xalqaro m unosabatlarda din omili tobora m uhimroq
ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu omilga asosan, ko'pgina diniy tashki
lotlar va birlashmalar xalqaro siyosatda faol ishtirok etmoqdalar. Xalqaro
ja ra y o n la m in g g lo b allashu v i h am d a xalqaro m u n o sa b a tla m in g
uyg'unlashuvi sharoitida din ayrim davlatlar, davlatlararo ittifoqlar va
birlashmalarni o'zini o'zi anglashi uchun zarur vositaga aylandi. Dinlar
va diniy jam oalar hududiy chegaralarni tan olmasligi sababli, birdavlat-
da yashovchi biror-bir din vakillari boshqa davlatda yashovchi dindosh-
lari bilan m untazam ravishda aloqa qilib, xalqaro munosabatlarga sezi-
larli ta ’sir ko'rsatib keladilar.
XVII asrga kelib, klassik xalqaro xuquqning asoschisi G . Grotsiy
siyosat va dindagi nom utanosibliklar va turli xil farqlar yagona xalqaro
xuquqning mavjud bo'lishiga xalaqit qilmaydi, deb isbotlagan edi. Darha-
qiqat, din o'z mohiyatiga ko'ra xalqaro huquqning ajralmas qismidir.
Insonlarning bir dinga sig'inishi, garchi ular boshqa-boshqa davlatlarda
yashasalar ham, xalqaro ham jam iyatda davlatlar o'rtasidagi xalqaro
munosabatlarni zarur institutlardan biriga aylantiradi2.
D iniy-huquqiy nazariyalarning ta ’siri xalqaro huquq va xalqaro
munosabatlarga faqat davlatchilik nuqtayi nazaridan yondashishni ol
dini olib, birinchi o'ringa inson muammolari, uning huquq va erkinlik
larini olib chiqm oqda3.
Dunyo dinlarining diniy-huquqiy va m a’naviy-ma’rifiy normalari,
shuningdek, prinsiplari (insonlarning birligi, odam larning etnik va
tabaqaviy xususiyatlaridan qat’i nazar, xudo oldida tengligi, tinchlik-
parvarlik va zo'rlikni inkor etish, umumiy farog'at konsepsiyasi) za
monaviy xalqaro huquqning universallashuviga ta ’sir etib, uning tartib
ga soluvchi va muvofiqlashtirish funksiyalarini mustahkamlamoqda.
Davlatlar, dinlar va xalqaro huquq o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik
butun tarixiy rivojlanish davrida mavjud bo'lgan. Davlatlar hamda xalqaro
huquqning vujudga kelishigacha din xalqaro munosabatlarda m e’yoriy
omil vazifasini o'tgan. Xaqiqatan ham xalqaro huquq o'zining shakl
lanishi jarayonida dinga suyangan, uning prinsiplari va normalarini
o'zining normativ aktlarida aks ettirgan. Lekin din yakka o'zi xalqaro
munosabatlarni ta ’minlab bera olmadi, natijada diniy urushlami kel
tirib chiqardi (masalan, M uqaddas Xoch yurishlari). Afsuski, bugungi
1
Qarang:
Мартенс F.
Современное международное право цивилизованных народов.
Т.2. Спб.. 1883. С. 99.
1
Qarang:
Борисов К.Г.
Международное право религиозных конфессий мирового
сообщества. — М.. 2001. С .14.
5
Qarang:
Карлов Ю.Е.
Религия и международное право /Отв.ред. Ю.М. Колосов,
Э.С. Кривчикова. — М., 2001. С. 499—501.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kunda ham dinlar murosaga kela olmay, umumiy tinchlikni o'm atishga
to'sqinlik qilmoqda.
Darhaqiqat, hozirgi davrda diniy omilning faollashuvi natijasida diniy
fundamentalizm, diniy ekspansiya (prozelitizm), boshqa din vakillarini
chiqishtirmaslikdek noxush ko'rinishlar vujudga kelmoqdaki, ular xalqaro
barqarorlikka putur yetkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |