Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§.  Dengizga  chiqish  huquqi  toVrisidagi  konsepsiya



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3 -§.  Dengizga  chiqish  huquqi  toVrisidagi  konsepsiya
1958-yilning  10— 14  fevral  kunlari  dunyodagi  o‘n  ikkita  ichki  kon­
tinental  davlat  vakillari  konferensiya  o'tkazdilar.  Konferensiya jarayo­
nida  mazkur  davlatlar  orasida  dengizga  chiqish  masalasi  bo'yicha  bir 
qancha  kelishmovchiliklar  vujudga  kelgan.
Dengiz  huquqi  to'g'risidagi  1958-yilda  bo'lib  o'tgan  Jeneva  kon­
ferensiyasi  ishida  Dengizga  chiqa  olish  huquqi  to'g'risidagi  konvensiya 
rasmiy  tan  olingan  hamda  konsepsiya  sifatida  mustahkamlangan.  Bu 
konsepsiya ochiq dengiz erkinligi prinsipiga asoslangan va dengizga chiqa 
olm aydigan  barcha  davlatlarning  dengizga  chiqa  olish  erkinligini 
ta ’minlab  beruvchi  prinsipga  asos  bo'lgan.
Ichki  kontinental  davlatlarning  dengizga  chiqa  olish  va  undan  o'z 
hududiga kela olish huquqi dengizga chiqa oladigan davlatning portlariga 
bemalol  chiqa  olish  huquqini  bildiradi.  Bu  huquq  mazkur  masalalami 
hal  etishga qaratilgan  xalqaro huquq prinsiplari  va  normalariga  asoslanib 
tuzilgan  ikki  davlat  o'rtasidagi  shartnomalar bilan  tartibga  solinadi.
1958-yilgi  Hududiy  dengiz  to'g'risidagi  konvensiyaning  14-moddasi 
dengizga  chiqa  oladigan  va  chiqa  olmaydigan  davlatlarga  tegishli  savdo 
kemalari hududiy suvlardan bemalol o 'ta  olish huquqini beradi.  Bu yerda 
qit’a  ichida joylashgan  davlatning  dengizga  chiqa  olish  huquqi  suvlardan 
bemalol  o'tishni  kafolatlovchi  xalqaro  huquq  bilan  ta ’minlab  beriladi.
Versal tinchlik shartnomasining 278-moddasi,  Sevrsk tinchlik shart­
nomasining  265-moddasi  ham da  1921 -yilning  20  aprelida  Barselona 
(Ispaniya)da  bo'lib  o'tgan  aloqa  vositalari  va  tranzit  bo'yicha  Birinchi 
Bosh  konferensiyada qabul  qilingan  dengizga chiqa olmaydigan davlat­
larning  bayroqqa  ega  bo'lishini  tan  olish  to'g'risidagi  deklaratsiyada 
dengizga chiqa olmaydigan  davlatlarning dengiz bayrog'iga bo'lgan  hu ­
quqi  mustahkamlab  qo'yilgan.
Ichki  kontinental  davlatlar  huquqining  mazmuni  1965-yilgi  Q it’a
www.ziyouz.com kutubxonasi


ichida joylashgan  davlatlarning  tranzit  savdosi  to'g'risidagi  konvensiya 
qoidalari  bilan  boyitilgan.  Ushbu  konvensiyaning  2-moddasi  4  bandida 
«Shartnomaga  qo'shilayotgan  davlatlar  o ‘z  hududiy  (ichki)  suvlaridan 
tranzit  harakatni  amalga  oshirishga  ruxsatni  xalqaro  umumiy  huquq 
prinsiplari  yoki  xalqaro  konvensiyalar  yoxud  o'zlarining  milliy  qonun- 
chiligi  asosida  amalga  oshirishlari  lozim»,  deyilgan.  Afsuski,  bunday 
tranzit  savdoni  ko‘p  tom onlam a  asosda  hal  etish  masalalarining  bar- 
chasi  ham  o 'z  yechimini  topgani  yo'q.  Shuning  uchun  ham   ichki  kon­
tinental  davlatlar  tranzit  savdo  masalalarini  ikki  tom onlam a  shartno­
m alar  asosida  hal  etishlari  zarur.
BMT  Bosh  kotibining  1958-yilgi  memorandumida  dengizga  chiqa 
olmaydigan davlatlarning unga chiqa  olish  huquqi  to'g'risida gap  boradi, 
shuningdek,  Bosh  kotibning  1970-yilgi  m a’ruzasida  yuqorida  keltirilgan 
masalalar  bo'yicha  fikr  bildirilib,  dengizda  suzish  erkinligi,  ichki  suv­
lardan erkin ravishda o'tish huquqi, dengiz portlaridan savdo-sotiq yo'lida 
erkin  foydalanish  mumkinligi,  dengizga  chiqa  ololmaydigan  davlatlar 
hududidan  o'tuvchi  avtomobil,  tem ir  yo'l  va  havo  yo'llaridan  bemalol 
foydalanish huquqlari to'g'risida gapiriladi. Xalqaro huquq bo'yicha ayrim 
huquqshunoslar bunday yondashuvni  ichki  kontinental  davlatlarning hu­
quqlarini  keng  doirada  sharhlash  deb  qaramoqdalar.  Bunday  qarashlar 
har  doim  ham  to'g'ri  emas.  Ichki  kontinental  mamlakatlar  o'zlarining 
dengizga  chiqish  huquqlarini  keng  m a’noda  tushunilishiga  erisha  olish- 
lari  lozim.  Afsuski,  BMT  Bosh  kotibining  mazkur  m a’ruzasidagi  qim- 
matli  fikrlar hanuzga  qadar konvensiyalarda  o 'z  aksini  topgani  yo'q.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish