Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Qirg'oqbo'yida joylashgan  davlat



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

6 -§ .  Qirg'oqbo'yida joylashgan  davlat 
portlaridagi  erkin  tranzit  zonalar
Davlatlarning  xalqaro-huquqiy  amaliyotida  qirg'oqbo'yi  davlatiga 
tegishli  portlarda  joylashgan  erkin  va  tranzit  zonalar  bo'lishi  ko'zda 
tutilgan.  Ulardan  qo'shni  davlatlarga  tegishli  tovarlami  saqlash  va qayta 
yuklash  maqsadida  foydalaniladi.  Ularni  imtiyozli  soliqlar  va  bojxona
www.ziyouz.com kutubxonasi


rejimi  mavjud  zonalardan  farqlash  lozim.  K o'rib  chiqilayotgan  zonalar 
m anfaatdor  tom onlar kelishuvining  natijasida  vujudga  keladi.
Erkin zona —  bu qirg'oqbo'yi davlatining alohida ajratilgan va ombor­
lari,  ustaxonalari,  naveslari  bor  hududidir.  Bu  hududdagi  inshootlar  qit’a 
ichkarisidagi davlatga tegishli bo'lib, bojxona nuqtayi nazaridan qirg'oqbo'yi 
davlati  yurisdiksiyasiga  kirmaydi.  Bu  zonaga  qit’a  ichkarisida  joylashgan 
davlatlar  saqlash,  qadoqlash  va  qo'shimcha  ishlov  berish  maqsadida  o'z 
tovarlarini  olib  kirishlari  mumkin.  Bu  vaziyatda  bojxona  to'lovlari  olin- 
maydi.  Lekin  shuni  yodda  tutish  lozimki,  qirg'oqbo'yi  davlatining  bojxo­
na,  o'sha  davlatning  mehnat,  sog'liqni  saqlash,  sanitariya, jinoyat  qonun- 
chiligi  talablaridan  ozod  etmaydi.  Bunday  zonalami  boshqarish  manfaat­
dor davlatlar yoki mansabdor shaxslarning kelishuvi yoxud ichki kontinental 
davlatlarning  bojxona  oiganlari  tomonidan  boshqariladi.
Ichki  kontinental  davlatlar  erkin  zonalardan  foydalanish  vaqtida 
tegishli imtiyozlaiga intilishlari lozim.  Bundan tashqari ular Dunyo okeani 
resurslaridan foydalanishga ham o'z hissalarini qo'shishlari shart, chunki 
Dunyo  okeani  butun  insoniyatga  tegishli  boylik  bo'lib,  qirg'oqbo'yi 
davlatlariga  ham ,  qit’a  ichkarisida joylashgan  davlatlarga  ham  taalluqli.
Qirg'oqbo'yi  davlatlari  cheklangan  bo'lsa  ham ,  lekin  ochiq  den- 
gizning  ko'pgina  hududlari  ustidan  yurisdiksiyaga  egalar.  Bu  holatni 
mavjud  200  millik  iqtisodiy  zonalar  isbotlab  turibdi.  Q it’a  ichkarisida 
joylashgan davlatlar 200  millik iqtisodiy zonalar ichida o'z  yurisdiksiya- 
sini  amalga  oshirishda  ishtirok  etish  masalasini  ko'tarishlari  lozim.  Bu 
holatni  xalqaro  konvensiyalarda,  konkret  vaziyatlarda  esa  ichki  kon­
tinental  davlatlar qirg'oqbo'yi  davlatlari  bilan  ikki  tom onlam a  shartno­
ma  asosida  kelishib  olishlari  mumkin.
Ichki kontinental davlatlarning dengiz tubida joylashgan boyliklardan 
foydalanish  huquqi  bo'yicha  ishlar  ham  yuqoridagidek.  Dengiz  tubi 
boyliklaridan  foydalanish  uchun  qit’a  ichkarisi  davlatlariga  bu  resurs- 
lami  birlamchi  ishlab  berish  uchun  ko'pgina  fabrikalar  kerak  bo'ladi. 
Lekin bunday fabrikalarni qirg'oqbo'yi  davlatlarida qit’a ichkarisida joy­
lashgan  davlat  tom onidan  qurilishining  mumkinligi  xalqaro  huquq  to ­
m onidan ko'zda tutilmagan.  Bu  m uammoni ham  ichki kontinental  dav­
latlar  zudlik  bilan  hal  etishlari  lozim.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish