Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Ichki  kontinental  davlatlar  orasidagi  tranzit  savdo



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

5 -§ .  Ichki  kontinental  davlatlar  orasidagi  tranzit  savdo
EKADV (hozirda ESKATO)ning Manilada  1963-yilning 3—6-dekabr 
kunlari bo'lib o'tgan  anjum anida Afg'oniston,  N epal va Laos ichki kon­
tinental  davlatlarning  tranziti  to'g'risidagi  ko'ptom onlam a  konvensiya­
ni  tayyorlash  zarurati  to'g'risidagi  masalani  ko'tarib  chiqqanlar.
BMTning  savdo  va  rivojlanish  bo'yicha  birinchi  konferensiyasida 
Afg'oniston, Nepal va  Laosning ushbu talabiga dengizga to'g'ridan to'g'ri 
chiqa  olmaydigan sakkizta  afrikalik  davlat  ham   qo'shilgan.  Konferensi­
ya  «Dengizga  chiqa  olmaydigan  davlatlarning  tranzit  savdosiga  tegishli 
prinsiplar to'g'risida»gi  rezolyutsiyani  qabul  qilgan  va  BMT  Bosh  koti- 
biga  hukum atlararo  ekspertlar  qo'm itasi  tuzishni,  m azkur  qo'm itaga 
ekspertlami tenglik asosida va geografik xususiyatlami hisobga olib,  qit’a 
ichidagi,  tranzit  va  boshqa  manfaatdor  davlatlar vakillaridan  tayinlani- 
shi  hamda  ichki  kontinental  davlatlarning  tranzit  savdosi  masalalari 
bo'yicha  konvensiya  m atnini  ishlab  chiqish  vazifasini  topshirgan.  M az­
kur  konvensiya  1965-yilda  Nyu-Yorkda  qabul  qilingan.  Bu  konvensi­
yada  «tranzit  davlat»  tushunchasi  berilgan.  Konvensiyaga  asosan,  tran ­
zit  davlat,  bu  dengizga chiqa  oladigan  yoki  chiqa olm aydigan,  dengizga 
chiqa olmaydigan va unga  chiqa oladigan  davlat  o'rtasida joylashgan  va
www.ziyouz.com kutubxonasi


tranzit  yo'llari  o'tadigan  davlatlar o'rtasidagi  mamlakat  tushuniladi.  2- 
moddaning  1-bandi  dengizga chiqa  olish  huquqiga ega bo'lm agan  dav­
latlar uchun  tranzit  huquqni  mustahkamlagan.
Konvensiya «tranzit harakati» degan tushunchani ochib bergan.  Unga 
asosan  tranzit  harakati  bu  tovarlami  «shartnomaga  qo'shilgan  barcha 
davlatlar  hududi  ham da  ichki  kontinental  davlat  o'rtasida  harakati  va 
bu  harakat  um um iy yo'lning bir qismi  bo'lishi,  bu  yo'l  qit’a  ichkarisida 
joylashgan  davlatda  boshlanib  dengizda  mollarni  tashish  bilan  bog'liq 
bo'ladi».  Yukni  tashish,  uni  omborlarda  saqlash,  yuklami  kichik  parti- 
yalarga taqsimlash,  m ashinalami  ehtiyot  qismlarga ajratish  ham da  qay­
ta  yig'ish  «tranzit  harakati»  tushunchasi  ichiga  kiradi,  lekin  bu  bunday 
huquqni  berish  tranzit  davlat  majburiyatiga  kiradi,  degani  emas.
Konvensiya  tranzit  harakatiga  axloq  yoki  sog'liqni  saqlash,  jamiyat 
xavfsizligi yoki  hayvonlar va o'simliklardan kasal yuqtirishning oldini  olish 
maqsadida  olib  kelinishi  taqiqlangan  tovarlami  olib  o'tishni  kiritmaydi.
Dengizga  chiqa  oladigan  qo'shni  davlatlar qit’a  ichkarisida joylash­
gan  davlatlarga  tazyiq  o'tkazishi  mumkin.
Tranzit  to'g'risidagi  ikki  tom onlam a  shartnom alam ing  tahlili  shuni 
ko'rsatadiki,  odatda,  ahdlashayotgan  davlatlar q it’a  ichkarisida joylash­
gan  davlatning tranzitga bo'lgan  huquqini  shartnom ada mustahkamlab, 
faqat  olib  o 'tish   m um kin  bo'lm agan tovarlam igina tranzit  qilishga  rux­
sat bermaydilar.  Boshqacha qilib aytganda, davlat ikki tom onlam a shart­
nom alar am aliyotida tranzit to'g'risidagi  ko'p tom onlam a shartnom alar 
normalariga  asoslanadilar.
Dengizga  chiqa  olmaydigan  davlat  yuklarini  tashish  uchun  trans­
port  turini  q it’a  ichkarisidagi  hamda  dengizga  chiqa  oladigan  davlat- 
lam ing geografik joylashuvi, yuklaming xususiyati, transport yo'llarining 
rivojlanganligi  darajasini  hisobga  olib  tanlaydi.
Ichki  kontinental  davlatlarning tranzit  savdosi to'g'risidagi  konven­
siya transport vositalarini uch guruhga bo'ladi.  Konvensiyaning 2-m od- 
dasi  1-bandiga asosan,  birinchi guruhga tem ir yo'l  transporti,  dengiz va 
daryo  kem alari,  avtom obillar kiradi  hamda  ularga tranzit  erkinligi beri­
ladi.  Ikkinchi  guruhga  hamm ollar,  yuk  tashuvchi  hayvonlar kirib,  ular­
ga  ham   m ahalliy  sharoitlarda  tranzitning  boshqa  shakllari  m um kin 
bo'lm agan  holatlarda  tranzit  huquqi  beriladi.  U chinchi  guruhga  trans- 
portning  boshqa  barcha  turlari,  shuningdek,  neft  va  gaz  o'tkazuvchi 
quvurlari  kiradi.  Ularga  ham   tom onlarning  kelishuviga  qarab  tranzit 
huquqi  berilishi  mumkin.
Ushbu  konvensiyada  ichki  kontinental  davlatlarning  tranzit  savdosi 
to'g'risida  quyidagi  muhim  qoida  mustahkamlab  qo'yilgan:  «Kelishuvchi 
tomonlar o 'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, kirish, chiqish, kerak bo'lganda 
yukni qayta ortish nuqtalarida tranzit harakat asossiz ravishda cho'zilishining
www.ziyouz.com kutubxonasi


oldini  olish  maqsadida  tegishli  transport  vositalari  va  yuklovchi-tushiruv- 
chi  asbob-uskunalami  taqdim  etish  majburiyatini  oladilar».
Zamonaviy xalqaro huquqqa asosan, tranzit huquqini beruvchi davlat 
tranzit  hudud  ustidan  suverenitetni  saqlab  qoladi,  shuningdek,  dengiz­
ga chiqa olmaydigan davlatga tegishli transportning tranzit harakati usti­
dan  to'liq  nazorat  va  o 'z  yurisdiksiyasini  amalga  oshiradi.
Tranzit  o'tuvchi  davlat  tranzit  hududga  kirishga  ruxsati  yo'q  shaxs­
larga  hamda  u  yoki  bu  toifadagi  tovarlam i  olib  kirishni  m an  etishga 
haqli.  1965-yilgi  konvensiyada  ko'rsatilishicha,  tranzit  o'tuvchi  davlat 
o 'z  hududidan  tranzit  o'tish  uchun  ruxsatnomalar berish  huquqiga ega.
Um um iy  qoidaga  binoan,  tranzit  amalga  oshirilgan  vaqtda  ichki 
kontinental  davlat  tranzitga  ruxsat  bergan  davlat  tom onidan  bojxona 
to'lovlaridan ozod etiladi.  1965-yilgi  konvensiya bu qoidani m ustahkam ­
lab,  2-moddasida  tranzit  o'tuvchi  davlatga  tranzit  ustidan  nazorat  va 
m a’muriy  xarajatlami  qoplash  uchun  tranzit  harakatga  soliq  solishga 
huquq  beradi.
Bojxona to'lovlari dengizga chiqa olmaydigan  mamlakatlaming tashqi 
savdosiga  ta ’sir  ko'rsatm asa-da,  bu  davlatlarning  ancha  yuqori  bo'lgan 
transport  xarajatlari  ularning  eksport  salohiyatiga  juda  jiddiy  ta ’sir 
ko'rsatadi.  Agar port  inshootlaridan  va  yuklash-tushirish  uskunalaridan 
foydalanish  uchun  tarif yig'inlarining stavkasi  oshsa,  unda  import  xara­
jatlari  ko'payadi,  bu  esa  ichki  kontinental  davlatning eksportdan  tusha­
digan foydasini sezilarli darajada kamayishiga olib keladi.  Shuning uchun 
ichki  kontinental  davlatlar oldida  transport  xarajatlarini  kamaytirish  va 
port  inshootlari  va  uskunalaridan  foydalanish  xarajatlarini  m inim allash- 
tirish  vazifasi  turadi.
Ichki  kontinental  davlatlar  dengizga  chiqa  oladigan  davlatlardan 
ularning o'zlari  ichki  hududlarida  foydalanadigan  narxlardan  transport - 
dan  foydalanishda  qo'llanilishini  iltimos  qilishlari  m um kin.  Bundan 
tashqari,  q it’a  ichkarisida  joylashgan  davlatlar  qirg'oq  bo'yida joylash­
gan  davlatlarning  hududiga  borishni  osonlashtirish  m aqsadida  muqobil 
y o 'Ila rd an   foydalanish  huquqiga  d a ’vogar  b o 'lish i  m u m k in .  Bu 
qirg'oqbo'yi  davlatining  suverenitetini  cheklamaydi,  qit’a  ichkarisidagi 
davlat esa,  xorijiy portlarga borish  yo'Ilarini  qayta qurish  va ta ’mirlashga 
o'z  hissasini  qo'shishi  mumkin.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish