3 -§ . Parlamentlararo tashkilotlar — xalqaro parlament huquqining
institutsiyaviy asosi
Parlament vujudga kelgan paytda faqat davlatga tegishli bo'lgan milliy
institut edi, bu holat uning tutgan o'm idan, aniqrog'i xalq manfaatlarini
hokimiyat oldida ifoda etish shakli edi. Parlamentarizmning rivojlanishi
natijasida parlamentga ancha keng bo'lgan vakolatlaming berilishi, uning
tutgan mavqeini o'zgartirdi. Ushbu jarayon bilan muvoziy ravishda dunyodagi
umumiy siyosiy vaziyat ham o'zgardi. Bu voqealar XIX asming oxiri,
aniqrog'i 1889-yilda dunyoda birinchi xalqaro parlamentlararo tashkilot —
Parlamentlararo ittifoqning vujudga kelishiga sabab bo'ldi.
Xalqaro parlam entlararo tashkilotlarning vujudga kelishi insoniyat
jamiyatining baynalmilallashishi ham da integratsiyalashishining obyek
tiv xususiyatlaridir. Birlashish jarayonlarining instituttsionalizatsiyasi ta
rixiy rivojlanishning har bir bosqichida demokratik, vakillik va par
lam ent doirasidagi o'ziga xos shakllarga ega bo'lib bordi. Bu xalq om -
masini xalqaro siyosatga va xalqaro hukumatlararo tuzulm alar ustidan
nazorat faoliyatiga keng jalb qilinishi bilan chambarchas b o g 'liq 1.
Birinchi mintaqaviy va universal xalqaro tashkilotlar faqat hukumat
lararo bo'lib, parlament muassasalariga ega emas edi. Ular davlatlarga te
gishli bo'lib parlament nazorati tashqarisidagi hamkorlikning natijasi edi.
II jahon urushidan keyingi davrda dunyoda integratsiya jarayonlari
kuchayishi xalqaro parlam ent Assambleyalari — ko'p tom onlam a par
lamentarizmning vakillik muassasalari shaklidagi xalqaro parlament vakil-
ligi to'g'risidagi fikrlarni keng ravishda institutsializatsiya qilinishini
boshlab berdi.
M a’lumki, davlatlarning o'zaro hamkorligini rivojlantirish, ulaming
yaqinlashuvi davlat suvereniteti bilan bog'liq bo'lgan bir qancha an’anaviy
vakolatlarni davlatlararo va xalqaro organlarga berilishini taqozo etmoqda.
Natijada davlatlarning ushbu vakolatlari millat va xalqlarning oddiy siyosiy
va parlament nazoratidan chiqib ketadi. Davlatlararo va xalqaro ijroiya
organlarining vakolatlari qanchalik ko'paysa, xalqaro parlament nazoratini
amalga oshirish zarurati tobora yaqqolroq ko'rinmoqda. Ushbu nazorat,
o 'z navbatida, vazifalami amalga oshirishga qodir bo'Imay qolgan milliy
vakillik organlari nazorati o'rnini egallaydi. Bu holat xalqlarning kundalik
hayotlari bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqmoqda.
XX
asming o'rtalarigacha xalqaro parlamentlararo ham korlik u n
cha rivojlanmagan edi. Ushbu davrda parlamentlararo aloqalam i rivoj
lantirish bilan bog'liq bo'lgan bir nechtagina tashkilot vujudga keldi.
Masalan, Britaniya hamdo'stligi parlamentlari assotsiatsiyasi, Parlam ent-
1
Qarang:
Саидов A. X.
Межпарламентские организации мира: Справочник. -М .,
2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi
lar bosh kotiblari assotsiatsiyasi, vakillik va parlam entar institutlar tarixi
bo'yicha parlam entar komissiya, parlamentar rivojlanishiga qaratilgan
Xansard jamiyati.
II jahon urushidan so'ng xalqaro parlament tashkilotlari faol rivoj
lana boshladi. Ushbu rivojlanishning o'ziga xosligi shundan iborat
bo'ldiki, parlamentlararo tashkilotlar yo mintaqaviy xususiyatga ega bo'ldi
yoki siyosiy-mafkuraviy asoslar natijasida vujudga keldi (Yevropa Ittifo
qining parlament Assambleyasi, Yevropa Parlamenti, G 'arbiy Yevropa
ittifoqi Assambleyasi, Shimoliy Atlantika Assambleyasi, Benilyuksning
parlamentlararo maslahat kengashi, Lotin Amerikasi parlamenti, Asean-
ning parlamentlararo tashkiloti, And parlamenti va boshqalar).
Fikrimizcha, ushbu holat mavjud tashkilotlarning muvafaqqiyatli
rivojlanishiga turtki bo'ldi, chunki ular BMTga o'xshab katta byurokra-
tik tashkilot bo'lmasdan, mafkuraviy yo'nalishiga qarab faoliyat ko'rsatish
uchun yetarli mablag'larga va siyosiy rahnamolarga ega bo'ldi.
M ustam lakachilikning yemirilishi va yangi davlatlarning vujudga
kelishi ular o'rtasida umuman yangi bo'lgan aloqalami mavjud bo'lishiga
olib keldi. P arlam entlararo ham korlikka kelsak, bu aloqalar ikki
yo'nalishda rivojlandi. Birinchisi, sobiq mustamlakalar o'rtasida (m asa
lan, Osiyo va Tinch okeani basseyni parlament a ’zolari ittifoqi, Arab
parlamentlararo ittifoqi, Afrika parlamentlararo ittifoqi), ikkinchisi rivoj
lanayotgan davlatlar va ularning sobiq mustamlakachilari o'rtasida (Yev
ropa — Arab hamkorligi borasidagi parlament assotsiatsiyasi, Fransuz-
cha gaplashuvchi parlament a ’zolarining parlament Assambleyasi).
1980-yillar oxiri va 1990-yillar davomida xalqaro parlamentlararo
tashkilotlar rivojlanishining yangi davri boshlandi. Ushbu davr «sotsia-
listik» deb nomlanuvchi lagerning ko'lami va Yevroosiyo qit’asida yan
gi mustaqil davlatlarning shakllanishi davri bo'ldi. Xususan, Markaziy
va Sharqiy Yevropaning yangi davlatlari Yevropada joylashgan xalqaro
parlam entlararo tashkilotlar bilan aloqalami yo'lga qo'yishga intilsalar
(Yevropa Ittifoqining parlament Assambleyasi, YXHT Parlament Assa
mbleyasi), sobiq SSSRning sobiq respublikalari xalqaro mintaqaviy par
lam entlararo tashkilotlarni tuza boshladilar, ular ichida eng kattasi
M D H ning parlamentlararo Assambleyasidir.
Sobiq Ittifoqning deyarli barcha respublikalari u yoki bu darajada
siyosiy yoki iqtisodiy turg'unlikni boshidan kechirar edi, bu holat, o'z
navbatida, mavjud noxush vaziyatdan chiqishning yo'llarini topishni
taqozo etdi. Ushbu yo'llardan biri, oldin yagona davlatda bo'lgan sobiq
respublikalar o'rtasidagi aloqalam i qayta tiklash edi. Shuning uchun
ham m azkur davlatlarning parlamentlari o'rtasida aloqalar boshlanib,
bir qancha mintaqaviy parlamentlararo tashkilotlarning vujudga kelishiga
olib keldi. Ulaming o'ziga xosligi shundan iboratki, ular ikki yoki bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
nechta davlatni birlashtiradi (Boltiqbo‘yi Assambleyasi, Belorussiya va
Rossiya ittifoqining parlam ent yig‘ini, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiya
tining parlamentlararo Assambleyasi).
Bundan tashqari, XX asrning oxirgi o ‘n yilligi va uchinchi ming
yillikning boshida globallashuv jarayonlari ta ’sirida butun dunyoda ko‘p
sonli parlamentlararo tashkilotlar tashkil etildi.
1991-yildan 2002-yilgacha bo ‘lgan davrda dunyoda 20 dan ortiq yan
gi xalqaro parlamentlararo tashkilotlar tashkil etildi (Markaziy Amerika
parlamenti, Janubiy umumiy bozorning qo‘shni parlament komissiyasi,
Yevropa iqtisodiy hududining qo'shni parlament qo'mitasi, Osiyo par-
lamentlarining tinchlik borasidagi assotsiatsiyasi, Amerika parlamentlararo
forumi va boshqalar). Diniy asosda bo‘Igan Provaslavlaming Yevropa
parlamentlararo Assambleyasi va Islom konferensiyasiga a ’zo davlatlam-
ing parlament ittifoqi xalqaro parlamentlararo tashkilotlar vujudga keldi.
Yangi xalqaro parlam entlararo tashkilotlarning tuzilishi davom e t
moqda. Parlamentlararo ittifoq konferensiyasi doirasida (Marokash 2002-
yil 17—23 mart) O lrta Yer dengizida xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha
parlamentlararo konferensiya ishtirokchisi bo'lgan davlatlarning vakil
lari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi, unda O 'rta Yer dengizi bo'yidagi
davlatlarning parlament Assambleyasini tuzish masalasi muhokama qilin
di. 2002-yilning noyabrida Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti dav-
latlarining parlament a ’zolarining yig'ini bo'lib o'tdi. 2002-yilning 20—
21-noyabr kunlari Kanadaning Ottava shahrida 70 ta davlatning 100
dan ortiq parlament a ’zolari ishtirokida parlamentariylaming xalqaro
konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyaning asosiy maqsadi xalqlarning
yashashi va rivojlanishi bo'yicha xalqaro konferensiyaning dasturiy ha
rakatlarini amalga kiritish, dunyoning barcha hududlarini o 'z ichiga
oladigan parlamentlararo aloqalam i rivojlantirish edi. 2002-yilning 23—
26-iyul kunlari Korea Respublikasining Seul shahrida parlam entariy
laming axborot texnologiyalari sohasidagi xalqaro assotsiatsiyasi Bosh
Assambleyasining ta ’sis majlisi bo'lib o'tdi.
Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar ko'p bo'lishiga qaramay,
ularda bir
qancha umumiyliklar ham bor. Mazkur umumiyliklar quyidagilardan iborat:
— ular faoliyatining huquqiy asoslari mavjudligi (nizom, xartiya,
shartnoma);
— xalqaro parlamentlararo tashkilotlar a ’zo davlatlardan iborat. Ayrim
vaziyatlarda xalqaro tashkilotlardan ham iborat. Bunday a ’zolik univer
sal va mintaqaviy bo'lishi mumkin;
— yuqoridagi tashkilotlar parlam entlararo aloqalami rivojlantirish-
ga qaratilgan hamohang maqsadlar, prinsiplar va funksiyalarga ega:
— parlamentlararo tashkilotlar o'ziga xos strukturaga ega (konferen
siya, ijroiya qo'm ita, kotibiyat, qo'm ita va komissiyalar).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunday qilib, XXI asr boshiga kelib xalqaro parlamentlararo tashki
lotlar zamonaviy xalqaro munosabatlar rivojlanishining muhim omiliga
aylandi. U lar xalqaro parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishning
norm ativ-huquqiy bazasini yaratishga qaratilgan, keng jam oatchilik
ularga tobora ko‘proq ishonib bormoqda. Hozirda parlamentlararo ham
korlik yaqin o'tm ishda siyosiy-mafkuraviy sabablarga kp'ra ko'rib chi-
qilishi mumkin bo'lm agan barcha m asalalami qamrab olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |