2 -§ . Parlament xalqaro munosabatlar tizimida
Agar birinchi parlam entlararo tashkilot yuz yilcha oldin vujudga
kelgan bo'lsa, XXI asr boshiga kelib, bunday tashkilotlar xalqaro m u
nosabatlam ing uzviy va ajralmas elementiga aylanib, katta ahamiyat
kasb etm oqda. Bu vaziyatda xalqaro doiradagi parlamentlararo tashki
lotlar, tabiiyki, parlam ent a ’zolari, siyosatchilar, jam oat va davlat ar-
boblari, olim lar hamda oddiy insonlarni o ‘z qatoriga jalb etmoqda.
Parlam entlararo aloqalar davlatlararo munosabatlaming tarkibiy qis
midir. U lar zamonaviy xalqaro m unosabatlaming mazmuni, darajasi,
dinamikasi va rivojlanish istiqbollariga sezilarli ta ’sir ko'rsatadi. H a
qiqatan ham , parlam entlararo aloqalarning turli-tum an shakl va me-
todlari ichida turli xil davlat parlament a ’zolarining yuzma-yuz alo-
qalari alohida va ijobiy ahamiyatga egadir. Bunday uchrashuvlar o'zaro
ishonch, bir-birini tushunib yetish, aloqalami mustahkamlash ishlarida
katta ahamiyatga ega. Parlam ent a ’zolam ing o'zaro kasbiy aloqalari,
bundan tashqari, turli xil darajadagi davlatlararo aloqalarda qatnashish-
lari kelib chiqishi mumkin bo'lgan tushunmovchiliklaming oldini olib,
ayrim voqealarni to 'g 'ri tushunib olishga ham da m am lakatda sodir
bo'ladigan turli xil vaziyatlarni va jam iyatda mavjud turli-tum an fikr
larni to'g'ri anglab olishga katta yordam beradi. Parlament a ’zolari par
lament diplomatiyasini rivojlantirishga, o'zaro manfaatlami birlashti-
rishga ham da davlatlararo munosabatlarni normativ-huquqiy tartibga
solishga qaratilgan o'zaro m anfaatlam i mustahkamlashga o 'z hissala-
rini qo'shishlari mumkin.
Ayrim parlam ent a ’zolarining xususiy ravishda olib borayotgan
uchrashuvlardan tashqari, xalqaro amaliyotda katta natija bergan va
parlam entlararo aloqalam i rivojlantirishning samarali yo'li bu turli xil
davlatlarning parlam ent a ’zolarini parlam entlararo tashkilotlarining
muvafTaqiyatli faoliyati hisoblanadi.
Zamonaviy xalqaro m unosabatlaming alohida xususiyatlaridan biri,
parlamentlararo tashkilotlarning o'rni va ahamiyatining oshib borishidir.
Buning n atijasida xalqaro m u n o sab atlar rivojlanm oqda, ulam in g
1
Qarang: Парламентское праио России: Учебное пособме / Под ред. Степаном»
И.М., Хабриеиой Т.Я. —М., 1999. С. 206—223.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yo'nalishlari kengaymoqda, ikki tom onlam a parlam entlararo m unosa
batlar, xususan, ijtimoiy hayotning turli sohalarini qam rab oluvchi par
lamentlararo tashkilotlar doirasidagi aloqalar chuqurlashmoqda. Bu holat
parlamentlaming tashqi siyosatda, xalqaro munosabatlarda tutgan mavqei
ortishiga olib kelmoqda. Biz tom ondan amalga oshirilgan hisob-kitob-
larga ko'ra, rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tkazilgan parlam entlararo
tashkilotlarning umumiy soni 70 dan oshdi1. Zamonaviy xalqaro m uno
sabatlam ing rivojlanish tendensiyalari yangi parlam entlararo tashkilot-
lami tuzish va mavjud tashkilotlarni tadrijiy rivojlantirishni taqozo et
moqda. Xalqaro parlam ent tashkilotlari sonining oshib borishi, faoliyat
yo'nalishlarining kengayishi, o 'z navbatida, xalqaro m unosabatlam ing
strukturasi va tizimiga ta ’sir ko'rsatishi yaqqol namoyon bo'lm oqda.
Parlam entlararo tashkilotlarning faoliyati xalqaro m uam m olar tadrijiy
rivojlanishini aks ettirib, ulam i transformatsiya qiladi.
Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, xalqaro ommaviy huquq bo'yicha
tuzilgan o'quv dasturlarida parlam entlararo tashkilotlarga um um an joy
ajratilmagan. «Xalqaro tashkilotlar huquqi» kursi o'qitilayotganda asosiy
e ’tibor universal va mintaqaviy xalqaro hukum atlararo tashkilotlarning
faoliyatidagi xalqaro-huquqiy jihatlarga asosiy e ’tibor beriladi. Shu bi
lan birga, xalqaro m unosabatlam ing hozirgi rivoji va ularda parlam ent
lararo tashkilotlar rolining oshib borishi xalqaro-huquqiy fanlarni
o'qitishda xalqaro parlam entlararo tashkilotlar faoliyatiga alohida e’tibor
berilishini taqozo etm oqda.
«O'zbekiston Respublikasining parlament huquqi» o'quv kursi bo'yicha
tuzilgan dasturda «parlam entlararo hamkorlik» nomli maxsus mavzu
mavjud2. Yevropa huquqi bo'yicha dasturlarda esa Yevropa parlamentiga
bag'ishlangan mavzular mavjud-1. Shunday qilib, xalqaro parlament tashkil-
otlarining vazifalari, ulaming faoliyatidan xabardor bo'lish har bir inson
uchun foydalidir. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan XXI asr parlament
lararo hamkorlik to'g'risida axborot olishga ehtiyoj tug'diradi.
1
Xalqaro assotsiatsiyalar ittifoqi xalqaro tashkilotlar ro'yxatini tuzish bo‘yicha ishlarini
amalga oshirib, bu ma’lumotlar maxsus yillik axborotnomalarda chop etildi. «Xalqaro
assotsiatsiyalar yillik axborotnomasi»da 25542 ta xalqaro «hukumatlararo va hukumat-
larga tegishli bo'lmagan» tashkilotlar to'g'risida qisqa ma'lumotlar berilgan. Ularning
ichida parlamentlararo tashkilotlar to'g'risidagi axborotlar ham bor. Qarang: Yearbook
of International Associations: 2002/2003. Guide to global and civil society Networks.
Edition 39. K.G. Saur Munchen: Union of International Associations, 2003. Vol. I
A.XXI, 1242p; Vol. 1 B. P. 1243-2674.
1
Qarang:
Xalilov E.X.
O'zbekiston Respublikasi parlament huquqi. Dastur. Т., 2001.
’ Qarang:
Топорнин Б.Н.
Европейское право: Учебник. —М., 1998. С. 324—354;
Европейское право: Учебник / Огв.ред. Л.М.Энтин. —М., 2000. С. 266—285; Основы
права Европейского Союза: Учебное пособие / Под ред. С.Ю .Кашкина. —М.,
1997; Право Европейского Союза: Учебник / Под ред. С.Ю. Каш кина.—М., 2002.
С. 253-277.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |