Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


MAKTAB  O’QUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING MAQSADI VA SPORT



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

MAKTAB  O’QUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING MAQSADI VA SPORT 
FAOLIYATIGA QIZIQISHNING MAZMUN-MOHIYATI 
Toshpo’latov Juma Toshpo’latovich 
p.f.n professor 
Rashidov Komron Kamoliddinovich 
TerDU 2-bosqich magistranti 
 
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining asosiy maqsadi  asta-sekin oʼquvchilarni 
jismoniy kamolot darajasiga erishtirish. Ushbu jarayonda ijodiy mehnatga hayotga, va Vatan mudofasiga 
tayyorlashni hamda sogʼlom turmush tarzi jismoniy madaniyati sohibiga aylantirishni nazarda tutadi. 
Maktab oʼquvchilari bilan tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya umumiy va xususiy  vazifalarni hal 
qiladi 
Jt-Umumiy  vazifalar  –  bilim  berish,  jisman  tarbiyalash  va  sogʼlom-lashtirishdan  iborat  jarayonlar 
boʼlib, xususiylariga jismoniy tarbiyadan Davlat taʼlim standarti dasturidagi oʼrta maxsus umumiy davlat 
jismoniy tarbiya taʼlimi vazifalarini hal qilish vazifalari kiradi 
Izoh:  DTS  da  jismoniy  tarbiyaga  oid  minimal  talablar  berilgan,  bular  dars  soatidan  tortib,  qonun 
qoidalarigacha  
Jt- Xususiy vazifalarga: 
1)  Maktab  oʼquvchilar  organizmining  sogʼlik  darajasini  mustahkamlash,  morfo-funksional 
rivojlantirish, chiniqtirish tarbiya va odobli qilish;  
2) Harxil turdagi mehnat faoliyatiga hozirlik uchun yoshga doir JS ni rivojlantirish 
3) Hayotiy faoliyat davomida kerakli harakat koʼnikma va malakalarini rivojlantirish keying o’rinda 
kerak bo’lishi kutilgan JS va HM bilan qurollantirish; 
4) oʼquvchilarga umumiy oʼrta taʼlim minimal meʼyorida jismoniy madaniyatga oid yangi nazariy 
jismoniy bilimlarni dasturga qarab berish berish va ularni yildan yilga takomillashtirib borish 
5) oʼquvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʼullanishga zamin yaratish va unga ushbu 
qiziqish-odatni shakllantirish; 
6) oʼquvchilarni jismoniy madaniyat sohasida faol shaxs qilib tarbiyalash. 
7) maʼnaviy-ma’rifiy tarbiyaning tarkibiy elementlari axloqiy, ruhiy, estetik, mehnat tarbiyasi bilan 
hamohang  qilib  bog’lash,  urf-odat  qadriyatlarimizga  oid  vazifalari  bilan  birgalikda  ularning  jisman  va 
ruhan o’sishini inoibatga olish. Ta’limning ayrim bosqichlariga aniqliklar kiritish orqali qator vazifalar hal 
qilinadi.  
Maktab yoshidagilarning quyidagi 3 guruhi uchun taʼlim tarbiya ishlari tashkil etiladi. 
Maktab  oʼquvchilarining  6-7,  10-11  yoshdagi  davrda  (1-4  sinflar)  organizmi  tabiiy  rivojlanishda 
boʼlib, uning garmonik rivojlanishini yoʼlga qoʼyish uchun eng qulay davr hisoblanadi.  
Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funktsiyasini harakat  - tayanch  apparati faoliyati ishi, yurak-
tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga eʼtibor qaratiladi, qomatni toʼgʼri tutish, tashqi 
koʼrinish  ustida  ishlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi10.  Bu  bilan  birga  ushbu  jarayonga  shaxsiy  gigiena 
qoidalariga oid bilimlar qoʼshib berilishi bilan tarbiya madaniyatini shakllantirish yoʼlga qoʼyiladi. 
Oʼquvchilarning  12-15  yoshdagi  (5-9  sinfdagi)lik  davrida  jismoniy  mashqlar  oʼsayotgan  yosh 
organizmga samarali taʼsir koʼrsatadi. Shu nuqtai nazardan ham bu davr jismoniy sifatlarning rivojlanishiga 
qulay imkoniyatlar davri deb ham aytiladi. 
Jismoniy  tarbiya  jarayonining  jismoniy  bilimlar  berish  vazifasi-hayotda  uchraydigan  harakat 
malakalarini  ratsional  texnika-sini,  gimnastika,  yengil  atletika,  sport  oʼyinlari,  velosipedda  yurish  va 
boshqa  sport  turlari,  sport  taktikasiga  oid  boshlangʼich  nazariy  tushunchalarni  berishdan  iborat.  Bu 
yoshdagilarda asosan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testining talab-lari va normalarini topshirishga 
tayyorlash  yoʼlga  qoʼyiladi  .  Jismoniy  mashqlar  bilan  shugʼullanish  natijasida  sport  mahoratini 
oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va mohiyatini tushuntirish yoʼlga qoʼyiladi. Vaqt 
o’tishi  bilan  bilan  tashkilotchilik  qobiliyati  takomillashtiri  boriladi.  Musobaqa  qonun-qoidalari  puxta 
malaka  bilan  oʼzlashtiriladi,  hakamlik  ko’nikmasi  malakaga  aylanadi,  rivojlantiriladi,  chiniqtirish 
maqsadida tabiatning sogʼlomlash-tiruvchi kuchlaridan foydalanishga oʼrgatiladi. 
16-18  yoshdagi  umumtaʼlim  maktabi,  akademik  litseylari  va  oʼquv  texnikum  kollejlarining 
oʼquvchilari  organizmi  yoshi  ulgʼaygan  sari  kuchayadi.  Jismoniy  tarbiya  jarayoni  buni  yanada 
                                                             
10
 Sh.Xonkeldiev Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari” Farg’ona 2011 8-b 


 
276 
 
kuchaytirishga  xizmat  qiladi.  Jismoniy  mashqlar  bilan  regulyar  shugʼullanish  taʼlim  tizimining  shu 
yoshdagi aʼzolarini  ish qobiliyatini  yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari  uchun chidamlilik zahiralarini 
oshirish,  oʼz  tanasini  boshqara  olish,  kuch,  tezkorlik,  chaqqonlik  va  boshqa  har  tomonlama  jismonan 
garmonik tarbiya alomatlarini chuqurlashtirishga eʼtibor qaratiladi11.  
Organizm  tabiiy  oʼsib  borar  ekan,  uning  funktsional  imkoniyatlarini  oshib  borishi  ham  muqarrar. 
Oldin  egallangan  harakat  malakalari  zahirasi  bazasida  yangi,  keyin  egallanishi  lozim  boʼlgan  harakat 
malakalari uchun poidevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarini 
boyitish, sport treni-rovkasi  asoslari, sportchini oʼz-oʼzini  nazorat qilishi qoidalariga  oʼrgatish maqsadga 
muvofiq boʼladi. Shunday ekan maktab oʼquvchilari xususan 5-7 sinf oʼquvchilarining jismoniy tarbiya va 
sportning maʼlum bir turiga yoʼnaltirilishini nazoratga olish lozim. 
ADABIYOTRLAR: 
1.  Sh.Xonkeldiev Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari” Farg’ona 2011 8-b; 
2.  Matveyev L.P. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” 1975 y 114 b. 
3.  Salomov R.S. “Sport mashg’ulotlarining nazariy asoslari” Toshkent 2005 yil; 
4.  Olimov  M.S.  “O’rta  masofaga  yuguruvchi  sportchi  talabalarni  musobaqalarga  tayyorlash 
uslubiyati” 34-49 bet, Toshkent 2011yil; 
 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish