Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASHDA XALQ VA MILLIY O‘YINLARDAN



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASHDA XALQ VA MILLIY O‘YINLARDAN 
FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI 
Nurullayev Abduxamid  Ro‘zimboyevich
  
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi 
   
 
Respublikada  amalga  oshiralayotgan  ishlar  sirasiga  insonlarning  jismoniy  madaniyatini  yuksaltirish 
vazifasi ham o‘rin egallagan. Bu esa Respublikada jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi barcha muassasa 
tashkilotlar uchun zaruriy vazifalarni belgilab beradi. 
Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy 
g‘oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz. 
Har kim o‘zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tushunib yetishi 
va qunt bilan o‘ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg‘ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. 
Xalqimiz  farzandlarining  jismoniy  qobiliyatlarini  har  tomonlama  rivojlantirish  tarbiyaning  ajralmas  qismi 
bo‘lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi. 
Jismoniy  madaniyatning  maqsadi  jamiyatning  sog‘lom,  xushchaqchaq,  har  tomonlama  jismoniy 
rivojlangan,  mehnat  va  Vatan  himoyasiga  tayyor  turgan  quruvchilarini  tarbiyalashdan  iborat  uzoq  muddatli, 
uyushtirilgan pedagogik jarayondir. 
Jismoniy  madaniyat  jarayonida  quyidagi  asosiy  vazifalar  hal  etiladi:  a)  sog‘liqni  mustahkamlash 
organizmni  chiniqtirish  va  jismoniy  rivojlanish  darajasini  hamda  ish  qobiliyatini  oshirish;  b)  hayotga  zarur 
bo‘ladigan,  jumladan,  amaliy  xarakterga  ega  bo‘lgan  harakat  malaka  va  ko‘nikmani  egallash;  v)  kishining 
ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik) ni o‘stirish; d) 
maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash. 
Shu bilan birga xarakatli va milliy o‘yinlarini to‘plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona 
foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifa 
bo‘lib  hisoblanadi.  Ushbu  vazifa  yosh avlodni sog‘lom  va  barkamol  qilib tarbiyalovchi jismoniy  madaniyat 


 
280 
 
oldiga ham katta ma’suliyat yukladi. Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon 
beradigan, bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni maktabgacha va umumta’lim 
maktab  o‘quvchilari  jismoniy  madaniyatini  tashkiliy  va  pedagogik  jarayonlar  bilan  birga  bir-biriga  bog‘lab 
kelgan uzviylikda ko‘rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda xarakatli va milliy o‘yinlarining roli katta 
ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan 
xarakatli  va  milliy  o‘yinlarini  avaylab-asrab  keyingshi avlodga  yetkazish  yo‘llarini  izlash,  ishlab  chiqish  va 
hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir. 
Milliy  o‘yinlarini  xalqimzning  bir  necha  yillik  madaniy  boyliklari  haqidagi  tasavvurlarini  ma’lum 
darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo‘llarini boyitishga yordam beradi. 
  Harakatli  va  milliy  o‘yinlar  jismoniy  tarbiyaning  eng  ta’sirchan  usullaridan  bo‘lib,  bolalarda  aqliy, 
axloqiy  va  nafosat  tarbiyasini  birgalikda  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishda  muhim  vositadir.  Shuning  uchun 
bolalar o‘yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish 
zarur.  7-9  yoshidagi  bolalar  va  kichik  sinf  o‘quvchilari  jismoniy  madaniyatini  qiziqarli  va  foydali  o‘tkazish 
uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi xarakatli va milliy o‘yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga 
e’tibor berish kerak. 
Bolalarda qadriyatlarga muhabbat uyg‘otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o‘rgatish ko‘p jihatdan 
o‘zbek xalq milliy o‘yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog‘liq. Chunki harakatli va milliy o‘yinlar orqali 
bola  bir  tomondan  jismoniy  bilimlarni  egallasa,  ikkinchi  tomondan,  jismoniy  madaniyaga  qiziqtirish  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish