Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


SPORT RIVOJLANISH, HAR TOMONLAMA TARBIYALASH VA HAYOTIY



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

SPORT RIVOJLANISH, HAR TOMONLAMA TARBIYALASH VA HAYOTIY 
TAJRIBAGA TAYYORLASH VOSITASI SIFATIDA 
Fatullayeva Muazzam Azimovna 
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi 
 
Sport  faoliyati  jismoniy  mashqlarni  keng  miqyosda  qo‘llashga  asoslanganligi  uchun  ham  sportchi 
organizmiga  o‘z–o‘zidan  sog‘lomlashtiruvchi,  mustahkamlovchi  ta’sir  ko‘rsatish  xususiyatiga  ega  ekanligi 
ayondir. Jismoniy sifatlarni rivojlantirib borish, irodani tarbiyalash va mustahkamlash shaxsning har tomonlama 
barkamol  inson  bo‘lib  yetishishiga  imkon  beradi.  Sport  mashg‘u-lotlari  jarayonida  sportchi  o‘z  funksional 
imkoniyatlarining yuqori darajasiga erishishi va unda juda ko‘p boshqa foydali malakalarning hosil bo‘lishi unga 
ayrim hayotiy vaziyatlarda vujudga keladigan muammolarni yaxshiroq hal qilishga yordam beradi va shu tariqa 
amaliy xususiyat kasb etadi. 
Sportning  sog‘lomlashtirish  vazifasi.  Sportning  ushbu  vazifasini  amalga  oshirilishida  ommaviy  yoki 
bazaviy sport, ayniqsa, katta rol uynaydi. Bunda sport natijalari unchalik yuqori bo‘lmasada, lekin kishining 
qo‘lidan keladigan, bajarsa bo‘ladigan mashg‘ulot yuklari, mashg‘ulotlar va musobaqalarning yuqori darajada 
his-hayajon tuyg‘ulari bilan to‘liq o‘tkazilishi turli yoshdagi hamda har-xil ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan 
million-million kishilarni sportchilar safiga jalb kilish imkoniyatini beradi. 
Inson organizmi, uning qalbi va hayotiy kuchlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tufayli hamda ayni vaqtda bir 
talay  his-hayajon  manbai  bo‘lganligi uchun ham  sport  bo‘sh  vaqtni  yaxshi  o‘tkazish,  ko‘ngilli  dam  olish  va 
ko‘ngil ochar tadbirlar tashkil qilishning keng tarqalgan shakllaridan biri hisoblanadi. 
Sportning  estetik  hususiyatlari.  Sport  tomosha  turi  sifatida  qadimdan  mashhur  bo‘lib  kelgan.  Hozirgi 
zamon  ommaviy  kommunikatsiyasi  (aloqa)  turlari,  ayniksa,  televideniye  dunyoning  istalgan  yerida  bo‘lib 
o‘tayotgan musobaqalardan millionlab kishilarning bahramand bo‘lishiga yordam bermoqda. 
Sportga xos bo‘lgan ob’ektiv xususiyatlar  uning  juda  ko‘p  kishilarni  qiziqtiruvchi tomosha  turlaridan 
biriga aylanishi asosi bo‘lgan. Musobaqalashish sharoitidagi yuqori ruhiy xolatlar, oldindan aytib bo‘lmaydigan 
natijalar, o‘z jamoasi yoki o‘z mamlakati, millati, mintaqasi, sportchisi uchun qayg‘urib, vatanparvarlik his-
tuyg‘ularining  namoyon  bo‘lishi  va  boshqa  shunga  o‘xshash  xolatlar  sportning  yuksak  darajadagi  estetik 
ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham adabiyot, kino, teatr, tasviriy san’at va boshqa san’at turlarida sport 
o‘z ifodasini topganligi tasodifiy emas. 
Sport  ijtimoiy  munosabatlar  sohasi  ekanligi.  Sport  faoliyati  jarayonida  insonlar  bir-birlari  bilan 
quyidagicha turli munosabatlarga kirishadilar: 
– raqobatchilik munosabatlari; 
– hamkorlik munosabatlari; 
– jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar; 
– raqobatlashayotgan jamoalar orasidagi munosabatlar; 
– sportchilar o‘rtasidagi munosabatlar va 
a) sportchilar bilan sport hakamlari o‘rtasidagi munosa-batlar; 
b) sportchilar bilan tomoshobinlar o‘rtasidagi munosabatlar; v) sportchilar bilan murabbiylar o‘rtasidagi 
munosabatlar;  Mazkur  munosabatlarning  hammasi  birgalashib  sportchining  shakllanishiga  yordam  beradi  va 
ular  sportning  shaxsga  ta’sir  ko‘rsa-tish  (shaxsning  ijtimoiylashuvi)  asosini  tashkil  etadi.  Ijtimoiy 
munosabatlarning ushbu masala bo‘yicha jiddiy shug‘ullanish va unga katta e’tibor berish zarur hamda amalda 


 
283 
 
sport faoliyatidan ijti-moiy munosabatlarda har kanday shaklda bo‘lsa ham namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak. 
Sportning insonparvarlik (gumanitar) vazifasi. Gumanitar – fransuzcha so‘z bo‘lib, insonparvarlik, degan 
ma’noni  anglatadi.  «Sport  tili»  baynalminal  til  bo‘lganligi  tu-fayli,  sport  kurashining  mantiqi  halollikdan 
iboratdir.  Raqiblar  izzat-nafsiga  tegmaslik,  ularni  bir-biridan  ajratmaslik,  aksincha,  ularning  eng  yaxshi 
fazilatlarini namoyon etishga yordam berish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, sport faoliyati xalqlar o‘rtasi-
dagi o‘zaro hamkorlikka, ularni jipslashtirishga xizmat qiladi. Sportning insoparvarlik asoslarini mustahkamlash 
va kengayti-rishda halqaro olimpiya harakatining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. 
Sport ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa sifatida. Sport insonga badan tarbiya tarzida jismoniy ta’sir ko‘rsatadiki, 
faol omillar insonni mehnatga va ijtimoiy faoliyatining boshqa zarur turlariga tayyorlashning asosiy shakllaridan 
biri hisoblanadi, millatlararo va baynalmilal aloqalarni mustahkamlash hamda kengaytirishga yo‘naltirilgan etik 
va estetik tarbiya vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
Sport musobaqa faoliyati sifatida. Musobaqalar, bellashuvlar, ya’ni muayyan chegaradagi raqobat-chilik 
sportning musobaqalashish faoliyatini ifoda etadi. Shu tariqa raqiblar o‘rtasidagi natijalar ob’ektiv ravishda bir-
biriga taqqoslanadi, hamda bir-biriga qarshi kurashayotgan shaxslar va jamoalarning muayyan qobiliyatlariga 
baho beriladi. 
Sport  faoliyatining  ehtiyojlari,  motivlari,  tabiiy  va  ijtimoiy  stimullari.  Sportni  hayotga  tatbiq etadigan 
bo‘lsak, sport – bu inson imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga umumiy ta’sir etish, buning uchun maxsus 
tayyorgarlik  orqali o‘sha  imkoniyatlarni  ro‘yobga  chiqarish, tobora oshib boradigan qiyinchiliklarni  yengish 
bilan bog‘liq bo‘lgan musobaqalarga maxsus tayyorlanish va ularda muntazam ishtirok etishdan iborat ekanligi; 
sport – bu muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladigan hissiyotlar olami ekani, bu jismoniy 
munosabatlarning  murakkab  majmuasi  hamda  shu  bilan  birga  eng  keng  tarqalgan  tomosha  shakli  ekanligi, 
hozirgi zamonning ommaviy ijtimoiy harakatlaridan biri ekanligini ko‘ramiz. 
Sport sohasidagi o‘zaro munosabatlar. Sportning sohaga ta’sirini shakllantiruvchi omillardan biri bu sport 
faoliyati jarayonida va shu faoliyat bilan bog‘liq holda vujudga keladigan odamlar o‘rtasidagi musobaqalar, bu 
musobaqalarning  ko‘lami  va  keskinligidir.  Mazkur  musobaqalar  hech  qachon  sof  holda  faqat  shaxsiy 
musobaqalardan iborat bo‘lmaydi. Ular har doim jamoalararo, millatlararo va halqaro sport musobaqalaridan 
iborat  bo‘lib,  bu  musobaqalar  sportchini  keng  ko‘lamdagi  ijtimoiy  munosabatlar  olamiga  olib  keladi.  Sport 
hayotining murakkab vaziyatlarida insondagi olijanoblik, halollik, o‘z raqibiga hurmat, musobaqa qoidalariga 
va sport etikasiga qat’iy rioya qilish singari fazilatlarning namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish