Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHISIGA QO‘YILADIGAN KASBIY TALABLAR



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHISIGA QO‘YILADIGAN KASBIY TALABLAR 
G‘afurova  Mohira Yunusovna
  
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi 
 
Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish bog‘chada boshlanib, maktabda sekin-
asta jiddiylashib boradi. Aynan shu davrda jismoniy tarbiya faniga qiziqtirish orqali bolada jismoniy madaniyat 
shakllantiriladi. Tabiiyki, bu jarayonni qanchalik to‘g‘ri tashkil etish jismoniy tarbiya o‘qituvchisining bilim va 
mahoratiga  bog‘liq.  Xo‘sh, bugungi  kun  talabiga  javob  beradigan  jismoniy  tarbiya  fani o‘qituvchisi qanday 
bo‘lishi kerak? 
Jahon tajribasida mazkur fanga shunchaki mashg‘ulot o‘tkazish emas, balki butun boshli tizim sifatida 
qaralgani  bois  mutaxassisga  ham  qator  talablar  qo‘yiladi.  Yevropada  jismoniy  tarbiyadan  dars  beradigan 
o‘qituvchi nafaqat sportchi va pedagog, balki tibbiy malakaga ega, bolalarni yaxshi tushunadigan psixolog ham 
bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. U o‘quvchilarni darsga qiziqtirishi, ular bilan muloqotda sabrli, ba’zan talabchan va 
qattiqqo‘l bo‘lishi talab etiladi. Pedagog ham sport ustasi, ham sog‘lom inson sifatida bolalarga namuna bo‘lishi 
kerak. 
Respublikamizdagi  maktablar  misolida  jismoniy  tarbiya  darslari  sifati  va  fan  o‘qituvchilarining 
malakasini  tahlil  qilsak,  afsuski,  ularning  aksariyati  talabga  javob  bermasligini  ko‘ramiz.  Darslarning  ko‘pi 
shunchaki, xo‘jako‘rsinga o‘tilayotgandek. 
O‘quvchilarning barchasidan formada bo‘lishni qat’iy talab qilgan o‘qituvchi bolalarning oldiga bitta to‘p 
tashlaydi-yu,  45  daqiqa o‘z  ishlari  bilan  mashg‘ul  bo‘ladi.  Yoki o‘quvchilar bilan  «kelishgan»  holda,  darsni 
«offsayd»ga chiqaradi. Achinarlisi, bundan o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham mamnun. Qolaversa, ko‘pchilik 
o‘ylaganidek - jismoniy tarbiya fani shataloq otib yugurish, to‘p o‘ynatish degani emas, ushbu fanni o‘tishdan 
maqsad  —  tizimli  mashg‘ulotlar  yordamida  har  bir  bolada  jismoniy  madaniyat  tushunchasini  shakllantirish, 
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish. 
Shiddat bilan rivojlanayotgan asrimizda har bir kishi, ayniqsa, pedagog hayot talablariga javob berishi, 
zamon bilan hamqadam bo‘lishi lozim. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi ham kasbiga professional yondashib, 
o‘z oldiga bo‘lajak jahon chempionlari, hech bo‘lmaganda, jismonan sog‘lom insonlarni voyaga yetkazishni 
maqsad qilib qo‘yishi zarur. 
Darsni reja asosida olib boish o‘quvchining har safar bir xil mashqlarni bajarib zerikishining oldini olish 
uchun eng to‘g‘ri yo‘l.  


 
279 
 
Harakatli o‘yinlar, estafetali musobaqalar bolalarning zavqini, darsga qiziqishini oshiradi. Natijada ularda 
jismoniy tarbiya dars¬lari bahonasida epchillik, tetiklik, o‘ziga ishonch shakllanadi. Biroq ayrim muammolar 
ham borki, ular  darsning  ko‘ngildagidek  o‘tishi,  o‘qituvchining  o‘z  mahoratini  to‘la  namoyon  etishiga xalal 
beradi. 
Masalan,  sinflarda  o‘quvchilar  sonining  ko‘pligi.  Har  bir  sinfda  35—45  nafargacha  o‘quvchi  bor. 
Tasavvur qiling, 45 daqiqalik darsda har bir o‘quvchiga 1-2 daqiqadan vaqt ajratish lozim. Bu esa ko‘p sonli 
o‘quvchiga ega sinflarda individual shug‘ullanishga vaqt yetmaydi, degani. Tabiiyki, umumiy mashg‘ulotlar 
bilan kifoyalanishga to‘g‘ri keladi. 
Qolaversa, bolalarni tinchlantirish, ularning diqqatini jamlashga ham ko‘p vaqt ketadi. Axir, o‘rtacha 35 
nafar ayni o‘yinqaroqlik qilib, yerga ursa, ko‘kka sapchiydigan yoshdagi bolalarni tartibga keltirish osonmas. 
Jismoniy  tarbiya  fani  — harakatlar  majmuasi. Demak,  dars jarayonida  kichik  jarohat olish,  kimgadir turtilib 
ketish kabi holatlar yuz berib turadi. 
Jismoniy  tarbiya  fanida  zamonaviy  texnologiyalardan  foydalanish  davr  talabiga  aylandi.  Jismoniy 
tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladigan Yevropa davlatlarida buning ilg‘or usullari allaqachon ishlab chiqilgan. 
Masalan,  o‘quvchi  darsda  o‘zi  yoqtirgan  sport  turiga  oid  texnikani  elektron  vositalar  yordamida  o‘rganishi 
mumkin. Yaponiyada esa bolalar 1-sinfdayoq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, imkoniyatiga mos sport turi bilan 
shug‘ullanishi  tavsiya  etiladi.  Deyarli  barcha  maktablarda  basketbol,  futbol  va  voleybol  o‘ynash  uchun 
maydonlar,  hatto  suv  havzalari  ham  mavjud.  Salomatligi  yomonlashgan  o‘quvchi  bilan  o‘qituvchi  alohida 
shug‘ullanadi.  Ya’ni,  salomatlik  uchun  foydali  bo‘lgan  sog‘lomlashtirish  mashq¬lari  bajariladi.  Buyuk 
Britaniyada jismoniy tarbiya darsi eng muhim fanlar — matematika va ingliz tili qatorida turadi. Maktablarda 
basseyn, kriket yoki futbol bilan shug‘ullanish uchun maydonlar qurilgan. Bolalar o‘ziga yoqqan sport turini 
tanlaydi, biroq ayrim maktablarda qizlar balet bilan shug‘ullanishi majburiy. 
Ha,  individuallik  muhim.  Ammo  jismoniy  tarbiya  darslarini  universal  tarzda  o‘tishning  ham  ijobiy 
tomonlari ko‘p. Masalan, o‘quvchi bir sport turi bilan kifoyalanmay, barcha ommaviy sport turlari texnikasidan 
xabardor bo‘ladi, o‘g‘il-qizlar orasida uyushqoqlik, jamoaviylik yaxshi shakllanadi. 
Zamonaviy  texnologiyalardan  foydalanish,  darslarni  interaktiv  usullarda  o‘tish  barcha  fanlar  singari 
jismoniy  tarbiya  fani  uchun  ham  muhim.  O‘quvchilarga  savollar  yozilgan  kartochkalar  tarqatib,  bilimini, 
estafetali musobaqalarda jismoniy imkoniyatlarini sinash mumkin. Har safar amaliy mashg‘ulotlarga kirishish 
arafasida o‘quvchilarga 5—10 daqiqa nazariy bilim beriladi. Shunda o‘quvchilar faqat kuch emas, tafakkur ham 
jismoniy tarbiya fanining muhim bo‘lagi ekanini anglaydi.  
Ta’kidlash joizki, o‘quv rejasiga 2 soatlik shaxmat o‘yinining ham kiritilgani ayni muddaodir. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish