288
ahloq,maktab o‘qituvchilarining bir-biriga, yon-atrofdagilarga, o‘zi yashayotgan makonga –Vatanga,
borliqqa bo‘lgan munosabati orqali amalga oshiriladi.Bunday pedagogik muhitning maktabda mavjudligi,
kelajak hayotda o‘qituvchining ilm-ma’rifat olishga, pedagogik mahoratini oshirishga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi va o‘qituvchining teran fikrli, ma’naviy etuk, sog’lom pedagog bo‘lib etishishiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh pedagoglarimiz orasida o‘qituvchilikga bo‘lgan munosabat
ijobiy,bunga sabab bitta! Bu ham bo‘lsa, ta’lim tizimidagi pedagogik muhitning yaxshiligi, malaka oshirish
institutlarida pedagogik-ma’naviyatning qondirilganligidadir. Malaka oshirish jarayonida pedagogic
ehtiyoji qondirilgan o‘qituvchi, keyingi davrda maktab dargohiga boranda ham pedagogik mahoratini
oshirish bilan shug’ullanishga qiynalmaydi, pedagogik usullarni o‘zlashtira oladi.
Malaka oshirish davomida axborot texnologiyalari asosida pedagogik madaniyatni shakllantirish
milliy ta’lim-tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali o‘qituvchilarning ongiga, hulq-atvoriga ma’naviy
ta’sir qilinadi.Ustoz-murabbiylar yosh o‘qituvchilar pedagogik mahoratini shakllantirish bilan
shug’ullanishar ekan, axborot – texnologiyalari asosida milliy pedagogikamiz, qadimiy an’analarimiz va
qadriyatlarimizga katta e’tibor berishlari kerak. Shu nuqtai nazardan “Ustoz-shogird” ijodiy hamkorligini
axborot texnologiyalari asosida pedagogik tizimga yo‘naltirishda malaka oshirish institutlari oldida turgan
quyidagi vazifalarni keltiramiz;
-O‘qituvchi faoliyatini axborot texnologiyalariasosida pedagogik tizim qonuniyatlariga
moslashtirish;
-malaka oshirish jarayonini amalga oshirishda har bir o‘qituvchini o‘quv-tarbiya jarayoniga jalb
qiladigan va sog’lom fikrlashga o‘rgatadigan interfaol usul va uslublardan foydalanish ;
-malaka oshirish jarayonida turli xil interaktiv usullarni qo‘llash va sog’lom muhitga erishish uchun
axborot texnologiyalaridan foydalanish;
-jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonida yagona pedagogik tizim asosida
faoliyat olib boorish va hozirgi kunda jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun yaxlit pedagogic mahoratni
shakllantirish tizimini axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yish va boshqalardan iborat. Xulosa qilib
aytganda, yuqorida ta’kidlangan axborot texnologiyalari asosida jismoniy tarbiya o‘qituvchilaripedagogik
mahoratini shakllantirishdagi vazifalarni “Ustoz-shogird” ijodiy hamkorligini axborot texnologiyalari
asosida hal etilishi o‘qituvchi shaxsining kelajakda malakali pedagog bo‘lib
etishishida muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: