Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


YENGIL ATLETIKA SPORT TURI XUSUSIDAGI QIZIQARLI TARIXIY



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

YENGIL ATLETIKA SPORT TURI XUSUSIDAGI QIZIQARLI TARIXIY 
MA’LUMOTLAR 
Usmonov Alisher Sharifovich
  
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi 
 
Yengil atletika «Sport qirolichasi» deb nomlanadi va u eng ajoyib va ommabop sport turlaridan biri.  
Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri. Turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, 
sakrash  (balandlikka,  uzunlikka,  uch  hatlab,  langarcho‘p  bilan),  uloqtirish  (nayza,  lappak,  bosqon),  yadro 
irg‘itish, ko‘pkurash (o‘nkurash, yettikurash) mashqlarini o‘z ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq 
bor, ulardan 49 tasi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil 
atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash 
va  triatlon  sport  turlarining  bir  mashqini  tashkil  etadi,  barcha  sport  turlarining  mashgulot,  ta’lim 
muassasalarining  o‘quv,  harbiy-tayyorgarlik,  salomatlik  mashqlari,  o‘quvchi-yoshlarning  «Alpomish»  va 
«Barchinoy» sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning «Iliada», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va boshqa 
kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid ma’lumotlar uchraydi. 
Qadimgi  Olimpiada  o‘yinlarida  (miloddan  avvalgi  776  yildan  milodiy  394  yilgacha)  asosan  Yengil 
atletika bo‘yicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada 
(1837 yildan) musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek o‘yinlari o‘tkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896 
yildan)ning  ahamiyati  katta  bo‘ldi.  1912  yilda  Xalqaro  havaskor  Yengil  atletikachilar  federatsiyasi  (IAAF) 
tuzilgan, unga 200 mamlakat a’zo (2001 yil; O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan a’zo). IAAF 
1977 yildan jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon birinchiligi musobaqalarini 
o‘tkazib keladi. 
O‘zbekistonda  Yengil  atletikaga  qiziqish  1885  yilda  Marg‘ilonda  shu  turga  moslashtirilgan  o‘yingoh 
barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat 
birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada o‘tkazila boshlagan. O‘zbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan 
ortiq murabbiy qo‘l ostida Yengil atletika bilan shug‘ullanadi, murabbiylardan 3 nafari O‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan sportchi, 10 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). O‘zbekistonlik 
Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada o‘yinlarida qatnashadi. 
Olimpiadalarda  Marina  Shmonina  (4x100  m  ga  estafetali  yugurish,  1992)  oltin,  Rodion  Gataulin 
(langarcho‘p bilan sakrash, 1988) kumush medalni qo‘lga kiritgan, Ramil G‘aniyev (o‘nkurash, 1996) 8-o‘rinni 
egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga to‘siqlar osha yugurish) va Tatyana 
Biryulina  (nayza  uloqtirish)  jahon  rekordini  yangilagan.  Ashur  Normurodov  (uzok,  masofaga  yugurish)  uch 
marta  sobiq  Ittifoq  chempioni  bo‘lgan  (1967—  69).  Osiyo  o‘yinlarida  1994  yilda  Svetlana  Munkova 


 
286 
 
(balandlikka  sakrash),  Ramil  G‘aniyev  (o‘nkurash),  Oksana  Yarigina  (nayza  uloqtirish),  1998  yilda  Oleg 
Veretelnikov  (o‘nkurash),  Sergey  Voynov  (nayza  uloqtirish)  oltin  medal  bilan  taqdirlangan  Yengil  atletika 
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan. 
Bugun uning tarixi bilan bog‘liq ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladik. 
1. Yengil atletikaning paydo bo‘lish sanasi miloddan avvalgi 776 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda qadimgi 
Yunonistonda Olimpiya o‘yinlarida birinchi yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 
2.  Yengil  atletikada  pastdan  start  olish  har  doim  ham  bo‘lmagan.  1887  yilgacha  start  oldidan 
yuguruvchilar  shunchaki  buyruqni  kutishgan.  Sprinter  Sherill  kenguruning  harakatini  kuzatib,  yangi  holatni 
taklif qilganda, hammasi o‘zgarib ketdi. 
3. 1936 yilda Berlindagi Olimpiya o‘yinlarida yaponiyalik sportchilar Syuxey Nisida va Sueo Oe bir xil 
natijani namoyish etishdi va ikkalasi ham ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo Yaponiya sport federatsiyasi Oeni 
bronza  medali  bilan  taqdirladi.  Uyga  qaytgach,  sportchilar  medallarini  eritishdi  va  yangi  kumush-bronza 
medallarini yasashdi. 
4. Dastlabki Olimpiya o‘yinlarida marafon uzunligi doimiy ravishda 40 km dan 42,75 km gacha o‘zgarib 
turdi. 42 kilometr 195 metrlik zamonaviy standart 1908 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinlar masofasi sifatida 
o‘rnatildi. 
5.  10  000  metrga  yugurish  bo‘yicha  ikki  karra  Olimpiya  chempioni,  efiopiyalik  Xayle  Gebreselassi 
yugurish paytida o‘ziga xos ko‘rinish kasb etardi: chap qo‘li tanasiga bosilgan va gavdasi biroz egilgan edi. 
Sportchining  o‘zi  buni  har  kuni  ertalab  chap  qo‘lida  kitoblarni  bag‘riga  bosgancha,  maktabga  10  kilometr 
yugurib, uyiga kechqurun qaytib kelishi bilan izohlaydi. 
6. Yangi zelandiyalik yuguruvchi Myurrey Xalberg yoshligida regbi o‘ynagan, ammo o‘yinlarning birida 
u jiddiy jarohat olgan va chap qo‘li falajiga olib kelgan. Ammo Myurrey sportni tashlamaslikka qaror qildi va 
yugurishni  boshladi.  Iroda  kuchi  unga  1960  yilda  Rimda  bo‘lib  o‘tgan  Olimpiada  o‘yinlarida  5000  metr 
masofaga yugurishda oltin medalga olib keldi. 
7.  «Stadion»  so‘zi  miloddan  avvalgi  776  yilda  birinchi  Olimpiya  o‘yinlarida  192  metr  masofaga 
yugurilgan joyga tatbiq etilib, qadimgi yunoncha «stadiy» («bosqichlar») so‘zidan kelib chiqqan. 
8. Yuqorida aytib o‘tilgan yugurish masofasida birinchi g‘olib oshpaz edi. Uning ismi elidalik Koreb edi. 
 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish