Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG‘ICH SINF MEHNAT TALIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BOSHLANG‘ICH SINF MEHNAT TALIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
Maxmudov Yunusbek Bazarbayevich 
Urganch davlat universiteti magistri 
 
Mustaqillik davrida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan an’anava urf-odatlarni atroflicha o‘rganish, 
yosh avlodga mehnat tarbiyasi berishni keng targ‘ib etishimiz lozim. Darxaqiqat, yoshlarni mehnatsevarlik 
ruhida tarbiyalash masalasida pedagog olimlarimiz juda ko‘p ishlar qilishgan. N.Saidaxmedov, E.Choriev, 
U.  Nishonaliev,  R.  Mavlonova,  R.  Xasanovlar  yosh  bolalarni  kasbga  yo‘naltirish  ularga  kasb-xunar 
o‘rgatish jarayonida ijtimoiy foydali mehnatning ahamiyatiga doir, targ‘ibot-tashviqot ishlarni pedagogik 
tarbiyasini berishda mehnat an’analaridan foydalanish yo‘llari haqida birmuncha ma’lumotlarni berganlar. 
Tarbiyaning  bo‘g‘ini  boshlang‘ich  ta’limdan  boshlanadi.  Ta’lim  sohasida  umumta’lim 
maktablarining boshlang‘ich sinflari oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib bormoqda. Bu talablar tabiat 
va  jamiyat  talablarini  bilish  maqsadida  ma’lum  mazmunni  fan  va  texnikaning  eng  yaxshi  yutiqlar  bilan 
boyitishga ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat ta’limining rolini oshirish va bolalarni tarbiyalashga ajratilgan. 
Bu  o‘z  navbatida  mehnat  ta’limi  oldiga  murakkab  va  mas’uliyatli  vazifalar  qo‘yadi.  Vujudga  kelgan 
imkoniyatlardan mehnat o‘qituvchisi shaxsini har tomonlama rivojlanishi uchun to‘liq imkoniyat beradi. 
Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limining tarbiyaviy ahamiyati o‘quvchilarni aplikatsiya ishlari orqali estetik 
tarbiyalash,  mehnatsevarlik  ruhida  tabiyalash  va  ijodiy  mehnatni  o‘stirishdagi  ro‘li  va  o‘rni  katta 
ahamiyatga ega. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yoshligidanoq bu jamiyat insonlarning o‘zaro birikuvi yordamida 
insonning  moddiy  ehtiyojlarini  qondirishga  bo‘lgan  intilishi  natijasida  vujudga  kelishi,  ayniqsa, 
boshlang‘ich sinflar faoliyati ham ijodiy tanqid ostiga olingan edi. Bunda asosiy jihat maktab boshlang‘ich 
sinflarda kasbga qiziqtirish va maktab ko‘nikmalari shakllanmay  qolayotganliklari, mehnat fanini to‘g‘ri 
tashkil  etish  ham  sust  darajada  ekanligi,  yigit  va  qizlarning  o‘z  qobiliyatlarini,  istaklari  ijodiy  mehnat 
moyilliklariga  monand  holda  hayot  yo‘llarini  belgilab  olishda  qiyinchiliklar  sezayotganliklariga 
ta’kidlangan va shu bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog‘liq vazifalar belgilab 
olingan edi. Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’lim-tarbiyasi va ma’lumoti, maktabdan mehnat ta’limini 
namoyon bo‘lishi va uning o‘zagi bo‘lib u bolalarning bilimi, ishlab chiqarish faoliyati o‘z -o‘ziga xizmat 
qilishi, o‘zaro yordam ko‘rsatish estetika va jismoniy rivojlanish jarayonidagi mehnat kuchi harakatlarini 
qamrab oladi. 
Boshlang‘ich ta’limi mehnat ma’lumoti buning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ta’lim 
olayotgan  o‘quvchilar  mehnatning  nazariy  va  amaliy  hamda  samarali,  eng  oddiy  asosiy  negizlari  va 
tarbiyaviy  qismlarni,  umumlashgan  mehnat  malakalarini  bilish  va  amalaiy  faoliyat  usullarini  egallashga 
qaratilgan. 
1932-yilda  boshlang‘ich  va  o‘rta  maktablarning  o‘quv  dasturlari  va  rejimi  to‘g‘risidagi  qarorida 
maktablarda fan asoslarini fanlardan foydalanib o‘tish ishlab chiqildi. O‘quv rejasiga boshqa o‘quv fanlari 
bir qatorda mehnat ta’limi ham mustaqil fan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tiladigan sifatida 
ta’limga kirib keldi. 
1952-yilda mehnat ta’limiga jamoatchilik  e’tibori maktab boshlang‘ich  sinflarda ta’lim va  mehnat 
tarbiyasini rivojlantirishning zarurligi ko‘rsatildi. 
1954-yilda mehnat ta’limini boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol 
toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. 
Mehnat  fani  ham  albatta  qadimdan  ma’lum  bir  g‘oyalar  asosida  tarkib  topib  kelgan.  Bu  g‘oyalar 
ulug‘allomalar,  buyuk  insonlar  g‘oyalari  bo‘lib,  mehnat  fanining  rivojlanishiga  zamin  yaratgan.  Sharq 
mutaffakkirlarining pedagogik g‘oyalari, uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘rta Osiyodan o‘tgan qadimiy 
buyuk  ipak  yo‘li  Xitoy,  Vizantiya,  Hindiston  shaharlari  bilan  bog‘lanib,  madaniyat  va  sanoatni 
rivojlantirishga,  ilmga  bo‘lgan  qiziqishiga  alohida  e’tibor  berishni  taqozo  etadi.  Bu  esa  o‘z  navbatida 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  mehnat  qilishga  bo‘lgan  munosabatini  o‘zgartirib  raqobatga  arzigulik 


 
267 
 
qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga,  hunarmandchilikka,  chevarchilikka  qiziqishlarini 
takommillashtiradi. 
Forobiyning insoni fazilatlari to‘g‘risidagi ta’limidan quyidagi ma’lum xulosalariga kelish mumkin: 
Boshlang‘ich  sinf o‘quvchilarini yoshlikdanoq bu jamiyat insonlarning o‘zaro birikuvi  yordamida 
insonlarning o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilshi natijasida vujudga kelishi va jamiatdan 
tashqarida  insondan,  jamiyatdan  ajralgan  holda  o‘zaro  yordamsiz  o‘z  ehtiyojini  qondira  olmasligini 
tushuntirib berish. 
O‘quvchilarning barcha tug‘ma qobiliyatlarini yuksak kamolotga hamda mukammallikka erishishi 
uchun  sarf  qiladi  va  bu  yo‘lda  o‘zini  qurshagan  tabiati  hodisalaridan  foydalanadi,  ularni  o‘ziga  xos 
bo‘ysindiradi, buning uchun ilm-fanni turli hunarlarni o‘rganadi Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik 
qarashlarida  ham  jamiyatning  rivojlanishida  ta’lim  tarbiyaning  o‘rni  yosh  avlodlarni  tarbiyalashda 
kasbkorlikning,  hunarmandchilikning  ijodiy  ta’siri  u  insonlarning  kundalik  hayotiy  ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targ‘ibot qilganlar. Ibn Sinoning tavsiya qilgan asarida tarbiya va 
ta’lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Aqliy tarbiya. 
Jismoniy tarbiya. 
Estetik tarbiya . 
Axloqiy tarbiya . 
Mehnat tarbiyasi. 
Ibn  sino  fikricha  bolaga  ma’lum  bir  kasb-hanar  o‘rgatish  zarur.  O‘quvchi  kasb-hunarni  ma’lum 
darajada o‘rganib bo‘lgandan so‘ng hunardan foydalanishi va mustaqil hayot kechirishini o‘rganish lozim. 
Bundan ko‘rinadiki mehnat fani, o‘quvchilarni bilimli, dono, mehnatsevar, ijodkor, tadbirkor, ishbilarmon, 
barkamol, yetuk kesb- hunar egasi qilib tarbiyalash uchun fan sifatida bir manba hisonlanadi. 
Beruniy  mamlakatning  obodonchiligi  ilm-faning  ravnaqiga  bog‘liq,  yoshlarning  baxt-saodati  va 
kamoloti uning bilimi, ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun ham olim, yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. 
Beruniy  yoshlarda  rahmdil,  mehribon,  kishilarga  iltifotli,  xayrxoh  bo‘lishni,  najotsiz  odamga  qo‘l 
cho‘zishni,  makkorlik,  ayyorlik,  adolatsizlik,  jur’atsizlik,  boylikka  xirs  qo‘yish  kabi  sifatlarga  yo‘l 
qo‘ymaslikni talab etadi. Ulug‘ allomalarimizning nodir qarash va fikrlari har bir fanning rivojlanishida 
muhim ahamaiyat kasb etib, bolaning barkamol bo‘lib rivojlanishida ham muhim o‘rinni egallaydi. 
Mehnat  ta’limi  o‘qituvchilar  rahbarligida  o‘quvchilar  tomonidan  bajariladigan  aqliy  va  jismoniy 
harakatlar jarayonidan iborat bo‘lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari vositalari va jarayonlari 
haqidagi  bilimlarni  hamda  ma’lum  sohadagi  ishlab  chiqarish  mehnatini  bajarish  uchun  zarur  amaliy 
ko‘nikmalarini egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligini beruvchi 
shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv faoliyatidir30. 
Mehnat  ta’limi  mazmuni  shu  vazifalarga  to‘la  bog‘liqdir,  ya’ni  shu  vazifalarga  ko‘ra  belgilanadi. 
Masalan: ta’limni unumli mehnat bilan birga qo‘shishni ta’minlash zarurligi boshlang‘ich sinfdagi o‘qitish 
mazmuniga, jumladan, mehnat ta’limi mazmuniga qator talab qo‘yadi: 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatlari imkoniyatiga qarab unumli mehnatni o‘z ichiga olishi 
kerak. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining unumli mehnati ularning o‘quv faoliyatlariga tartiban qo‘shilib 
ketishi kerak. 
Unumli  mehnat  mazmunida  bolalarning  yosh  imkoniyatlari,  mehnat  ta’limi  vazifalari,  ishlab 
chiqarish muhitining xarakteri hisobga olinishi kerak. 
Maktab boshlang‘ch sinflarga ta’limning ishlab chiqarish malakasini berish bilan tugallanishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda boshlang‘ish sinflarda mehnat ta’limi jarayonida 
o‘quvchilarning  amaliy  faoliyatlariga  alohida  e’tibor  berilishi  zarur.  Mehnat  topshiriqlarini 
bajarishda o‘quvchilar ko‘rsatmali qo‘llanmalar, materiallar, o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan buyumlar 
tikadilar  va  yasaydilar.  I-IV  –sinflarda  ustaxona  amaliy  mashg‘ulotlari  bilan  mehnat  darslarining 
bog‘lanishi  va  harakteriga  ko‘ra  bir  tomonlamadir  ya’ni,  V-VII-sinflardagi  mehnat  ta’limi  mazmunini 
hisobga  olgan  holda  tuzilishi  kerak.  Mehnat  ta’limining  maqsadi  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  faqat 
bilim ko‘nikma va malakalar berishgina emas, balki ularda mehnatga, jamoa va mulkka, jamoa va uning 
alohida  a’zolariga  ongli  munosabatini,  shaxsiy  va  jamoa  foydasi  uchun  ishlashga  tayyorgarlikni 
tarbiyalashdan iboratdir. 
 


 
268 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish