Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


XORIJIY TILNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

 
XORIJIY TILNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI 
Raximova Nigora Nimadjonovna 
TDAU. Tillar kafedrasi o`qituvchisi 
 
Bugungi  kunda  jamiyatimizning  yuqori  malakali  mutaxassislarga  bo‘lgan  talabini  qondirish 
muammosi  mamlakatimiz  oldida  turgan  dolzarb  masalalardan  biri  hisoblanib,  har  tomonlama  etuk 
mutaxassis  va  xorijiy  tillarni  mukammal  biladigan  kadrlarni  tayyorlashni  davr  taqoza  etmoqda.  Ilgari 
xorijiy tilni o‘qitish shu til tizimini o‘rganish deb qaralgan bo‘lsa, keyingi yillarda o‘qitishdagi ko‘zlangan 
muhim  narsa  bu  talabalarni  xorijiy  nutqini  o‘stirishdan  iborat.  Tabiiyki,  xorijiy  tillarni  o‘rganishdagi 
maqsadlar,  o‘z-o‘zidan  yoki  biror  kimsalar  tomonidan  qo‘yilmaydi,  balki  lingvistika  va  psixologiya 
fanidagi  o‘zgarishlar  va  jamiyatning  rivojlanib  borishi  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Masalan, 
audiolingvual metodni olib ko‘raylik. 
Bu metodning yuzaga kelishiga lingvistika fanidagi o‘zgarishlar ta’siri bo‘ldi, ya’ni: 
Xorijiy tilni o‘rgatish avval og‘zaki nutqni o‘rgatishdan boshlanadi. 
Til o‘rganish turli strukturalar, nutq na’munalari asosida amalga oshiriladi. 
Mashqlar  ham  shunga  asoslangan  holda  til  materialini  ko‘p  marta  takrorlashni  talab  qiluvchi 
mashqlar bo‘lishi kerakligi taqozo etiladi. 
Mashqlar  va  leksikani  tanlash  xorij  tili  bilan  ona  tilini  qiyoslashning  natijalariga  bog‘liq  bo‘lishi 
kerak. 
Talaffuzga katta e’tibor berilishi lozim. 
Ammo  bu  metodning  asosiy  kamchiligi,  mexanik  mashqlarning  ko‘pligi  va  haqiqiy  nutq 
mashqlarining ozligidir. Bu metod asoschilari amerikalik metodist olimlar C.H.Friz va R.Ladodir. Ularning 
fikricha,  talabalar  avval  og‘zaki  nutqda  ishlatiluvchi  strukturalarning  yig‘indisini  o‘rganishi  va  eslab 
qolishlari kerak. 
Keyinchalik  shu  strukturalar  asosida  yangi-yangi  gaplar  tuzishi  zarur.  Bular  rejalashtirilgan 
mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan mashqlar yordamida amalga oshiriladi. 
So‘ngi  yillarda  xorijiy  tillarni  o‘qitishni  intensivlashtirish  masalasi  bo‘yicha  bizning 
mamlakatimizda va chet ellarda ancha ishlar qilindi va qilinmokda. 
Bular yangi intensiv metodlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, intensiv metodni kanday 
tushunish mumkin? Intensiv o‘qitishning ma’nosi bu qisqa vaqt ichida yoshlarimizni o‘rganayotgan xorij 
tilida nutq faoliyatini amalga oshirishga, ya’ni gapirishga o‘rgatish. Bu o‘quvchilarning ichki psixologik 
imkoniyatlariga, rezerviga tayangan holda amalga oshiriladi. Taniqli metodist E.I.Passovning aytishicha, 
hozirgi  vaqtdagi  xorijiy  tilni  o‘qitishda  amalda  qo‘llanilayotgan  kommunikativ  yondashish  shu  intensiv 
o‘qitishning bir ko‘rinishidir. 
Intensiv metod bilan o‘qitishning quyidagi ikki harakterli xususiyatini ko‘rsatish mumkin: 
Juda bir qisqa vaqt ichida ma’lum o‘quv materiali asosida xorijiy nutq faoliyatini amalga oshirish. 
Shaxsning  barcha  psixologik  rezervlaridan  maksimal  darajada  foydalanish,  ya’ni  talabalarning 
faolligini oshirish. 
Intensiv o‘qitish metodi dastlab XX asrning boshlarida “to‘g‘ri” metod asosida shakllandi. Tilshunos 
N.I.Gez aytishicha, “ushbu metod xorijiy intensiv o‘qitishga o‘tishga qulay imkoniyat, asos yaratib berdi”. 
Chunki bu metodning ba’zi bir prinsipial tomonlari mavjud, chunonchi, og‘zaki nutqqa bo‘lgan qiziqish, 
ayniqsa, dialog ko‘rinishdagi nutqqa; situatsiyalar tanlash; talabalarning darsdagi faolligini oshirish. 
Hozirgi zamonaviy intensiv metodlarning u  yoki bunisiga asos qilib olingan yangi metod o‘zidan 
oldin  o‘tgan  metodning  yaxshi  tomonlarini  saqlab  qoladi.  So‘ngi  yillarda  audiolingvual,  audiovizual, 
gipnopediya, relaksopediya, suggestopediya, ritmopediya kabi yangi bir yo‘nalishni bildiruvchi so‘zlar tez-
tez metodik adabiyotlarda uchrab turadigan bo‘lib qoldi. Aytish joizki, olingan metodlardan audiolingual 
va audiovizual metodlar intensiv o‘qitish amaliyotida qo‘llana olmaydi. Bunga ularning prinsipial tomoni, 
ya’ni  ona  tilini  ishlatishga  suyanmaslik,  til  imitasiyasi,  ya’ni  taqlid  qilish  orqali  o‘rganish,  yod  olish  va 
ijodiy mashqlarning yo‘qligi halaqit beradi. 
Keyingi yillarda shaxsni ob’ekt sifatida o‘rganish va  uni barcha ijodiy imkoniyatlarini aniqlashda 
pedagogika, psixologiya, sotsial psixologiya, tibbiyot fanlaridagi izlanishlarni birlashtirishga katta e’tibor 
berilmoqda. 
Hozirgi  vaqtdagi  muhim  masala  –  yoshlarimizni  yangicha  fikrlashga,  ijodiy  fikrlashga  va  ularni 
hayotga tayyorlashga jiddiy e’tibor berishga qaratilgan. Bu esa shaxsni har tomonlama o‘rganishga bo‘lgan 


 
176 
 
talabni kuchaytiradi. Shunday qilib, bugungi yoshlarimiz o‘quv  jarayonining markaziy, asosiy figurasiga 
aylanib qoldi. 
Shu  bois,  bolg‘ar  olimi  psixoterapevt,  tibbiyot  fanlari  doktori  G.Lozanov  insonni  ichki  rezerv 
imkoniyatlarini o‘rganishni kun tartibiga olib chiqib, 3 muhim faktorni o‘rganishga kirishdi: 
Xotiraning rezervlarini ochish. 
O‘quvchi shaxsini intellektual faolligini o‘rganish. 
Ijobiy emotsiya (charchash hissini yo‘qotish), bunda pedagogning roli,  avtoriteti, o‘qituvchi bilan 
o‘quvchi  o‘rtasidagi  munosabat,  o‘zaro  ishonch,  yuqori  darajadagi  motivatsiya,  shaxsning  ichki  rezerv 
imkoniyatlarini ochish. 
Shunisi qiziqarliki, ushbu metodni taklif qilgan bolgar olimi G.Lozanov o‘z oldiga xorijiy tillarni 
o‘qitish metodikasini ishlab chiqishni vazifa qilib qo‘ygani yo‘q. 
Ammo  oxirgi  yillarda  bir  qator  pedagoglar  G.Lozanov  metodikasini  xorijiy  tillarni  o‘rganishda 
qo‘llashga harakat qilib ko‘rishdi va qoniqarli natijalar olishga muyassar bo‘lishdi. 
Tabiiyki,  o‘zlashtirishning  bunday  samaradorligini  tashkil  etishda,  ya’ni  bilim  berish  jarayonida 
pedagog ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, uning bilim darajasi va usullari ham baland bo‘ladi. Shuning uchun 
ham zamonaviy pedagogik texnologiya asosida ta’lim berishda har bir pedagogning o‘z o‘qitish va o‘rgatish 
falsafasi bo‘ladi. 
Adabiyotlar 
Mamatov A.E. Nutq madaniyati va til normasiga oid terminlar va tushunchalar izohi. – T.: Bayoz, 
2014. 
Azizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T., 2006. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish