178
yoki xalq xo‘jaligining turli sohalarida xizmat qilayotgan yoshlar ham yangi adabiyotimizning zamonaviy
qahramoni bo‘la oladi. Negaki yoshlarning, o‘smirlarga qaraganda, hayot tarzi, intilishlari, dunyoqarashi
anchagina o‘sgan, hayolot olami ancha kengaygan bo‘ladi.
Yoshlar hayoti bu davrda murakkab pallaga kiradi. Ular yaxshilikni ham, yomonlikni ham birday
qabul qilishga tayyor turadi. Yozuvchilar yoshlar haqidagi o‘z asarlarida ularning yuqoridagi
xususiyatlarini e’tiborga olishi zarur bo‘ladi, aks holda qahramon sxematik, qolipli va zerikarli bo‘lib
qoladi. Namunali qahramon sifatida yozuvchilar har sohada iqtidorli, turli mukofotlar sovrindorlari, xalq
xo‘jaligi sohalarida ilg‘or, tadbirkor, ma’naviyatli yoshlarni olishi mumkin. Buning uchun ularning hayoti,
faoliyati, oilaviy sharoiti, qahramonni o‘rab turgan muhit, uni muvaffaqiyatlarga olib borgan yo‘l – barchasi
chuqur o‘rganiladi. Qishloq yoshlari hayotini badiiy tasvirlashda yosh fermerlar, tadbirkorlar,
xunarmandlar obrazlarini yaratish maqsadga muvofiq. Milliy armiyamiz saflarida o‘z yigitlik burchini
o‘tayotgan yosh zobitlar va askarlar obrazlarini yaratish o‘quvchilarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida
tarbiyalashga xizmat qilishi tabiiy. Yoshlarning hozirgi kunlardagi hayotini chuqur o‘rganish orqali
barkamollikka intilayotgan yoshlar obrazi vujudga kelishiga shubha yo‘q va bu, o‘z navbatida, mustaqillik
davri o‘zbek adabiyotini boyitadi hamda yoshlarni ma’naviy tarbiyalashga xizmat qiladi. Katta yoshdagi
kishilar qiyofasida ham zamonaviy qahramon obrazini yaratish mumkin. Buning uchun chuqur hayot
tajribasiga ega bo‘lgan o‘rta yosh va keksa olimlar, ijodkorlar, xalq xo‘jaligi xodimlardan iborat namunaviy
hayot kechirayotgan, piri badavlat, har tomonlama yetuk kishilar hayoti batafsil o‘rganiladi va badiiy ifoda
etiladi. Yangi zamon qahramoni yosh avlod qurshovida, boshqa kishilar bilan o‘zaro muloqotda
gavdalantiradi, bu bilan uning o‘z hayoti davomida amalga oshirgan ishlari, jamiyatga keltirgan foydasi,
o‘z shogirdlarini yetuk mutaxassis bo‘lishiga qo‘shgan xissasini, mustaqillik davridagi millat ravnaqi
yo‘lida amalga oshirayotgan xizmatlari badiiy ifodasini topadi. Zamon qahramoni qiyofasini yaratishda
xalqimiz tarixi, an’analari va folklorga e’tibor berish orqali asarning badiiyligi hamda ta’sirchanligini
oshirish mumkin. Asardagi badiiy obraz pishiq, puxta chiqishi uchun badiiy qahramon yaratishning barcha
adabiy unsurlaridan foydalaniladi. Ko‘rinadiki, qadimgi davrlarda Tohir va Zuhralar, Farhod va Shirin,
Layli va Majnunlar, Yusuf va Zulayholar, Otabek va Kumushbibilar, Anvar va Ra’nolar zamon
qahramonlari sifatida o‘zbek adabiyotidan joy olgan edi. Ularning hayoti, ma’naviy qiyofasi hamon
yoshlarimiz uchun taqlid maktabi bo‘lib qolmoqda. Yangi davr – mustaqillik davri ham yozuvchi, shoir va
dramaturglar oldiga yangi zamon qahramonini yaratishdek ezgu vazifani
Do'stlaringiz bilan baham: