Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHI-YOSHLARDA “OMMAVIY MADANIYAT”GA QARSHI KURASHISH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

O‘QUVCHI-YOSHLARDA “OMMAVIY MADANIYAT”GA QARSHI KURASHISH 
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH 
Yuldasheva Fazilat Shamilovna 
Tashkent shaxar Sergeli tuman 237-maktab O`Qituvchisi 
 
Jamiyat  a’zolari  fan-texnika  yutuqlari  ko‘paygan  sari  yengil-elpi  narsalarga  ko‘proq  bog‘lanib 
qolmoqdalar.  Buning  natijasida  yoshlar  voqea-hodisalarga  yuzaki  munosabatda  bo‘lmoqdalar.  Bugungi 
kunga kelib, jamiyat a’zolariga taqdim etilayotgan kundalik axborotlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. 
Axborotlar oqimining jadallashuvi kishilarni og‘ir mehnatdan bezdirmoqda. Inson miyasi miqyosi 
jihatdan nihoyatda keng va ko‘p bo‘lgan axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirishda hamma vaqt ham 
ulgurmaydi. Inson axborotlarni tahlil qilishi, unga ob’ektiv munosabat bildirishi uchun kitobxon bo‘lishi, 
mutolaa madaniyatini egallashi, o‘zining siyosiy-ijtimoiy dunyoqarashini rivojlantirishi lozim. Shundagina 
u  turli  aqidalarga  qarshi  kurasha  oladi,  axborotlarni  saralagan  holda  o‘zlashtiradi,  milliy-ma’naviy 
qadriyatlarimizga hurmat bilan qarash tajribasini  egallaydi. O‘quvchilar “ommaviy madaniyat”ga qarshi 
kurashchanlik ko‘nikmasini egallashlari uchun, dastlab, bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari, muayyan ijtimoiy 
tajribaga  ega  bo‘lishlari,  ajdodlarimiz  merosini  qunt  bilan  o‘rganishlari  kerak.  “Ommaviy  madaniyat” 
yoshlarda didsizlik, mas’uliyatsizlik,  sovuqqonlik, boqimandalik, fikrlash  sohasida beqarorlikni vujudga 
keltirmoqda.  “Ko‘ngilochar  industriya”  mahsulotlari,  sayoz,  hajviy,  tizimlashmagan,  intim  voqeliklar, 
suratlar,  turli  qotilliklar,  mashhur  shaxslarning  ishqiy  mojarolarini  aks  ettiruvchi  “sariq  matbuot”ning 
mahsulotlari yoshlar orasida “ommaviy madaniyat”ning keng yoyilishiga ko‘maklashmoqda. Pedagoglar, 
ota-onalar bunday holatni salbiy oqibatlarni chuqur anglab, har tomonlama tahlil qilgan holda “ommaviy 
madaniyat”ning  o‘quvchi-yoshlar  ongini  zabt  etish  imkoniyatlarini  yo‘qotishga  bartaraf  etishga  harakat 
qilishlari  zarur.  Bunda  ajdodlarimiz  merosidan  asosiy  tarbiyaviy  vosita  sifatida  foydalanishlari  o‘sib 
kelayotgan  har  bir  yoshning  o‘zligini  anglashga  ko‘maklashadigan  qadriyatlarni  ular  ongi  va  qalbiga 
singdirishlari ayni muddao hisoblanadi. 
“Ommaviy madaniyat” o‘zining mohiyatiga ko‘ra, milliy madaniyatlar taraqqiyotiga ziyon yetkazib, 
madaniy rang-baranglikni ta’minlash imkonini bermaydi. Uning asl maqsadi  – milliy madaniyatga putur 
yetkazib,  bu  sohada  bir  xillikka  erishishdan  iborat.  “Ommaviy  madaniyat”  jamiyat  a’zolari,  ayniqsa, 
yoshlarni  axloqsizlikka  undashga  xizmat  qiladi.  O‘zbek  xalqining  milliy-ma’naviy  madaniyati  va  diniy 
qadriyatlari  o‘zining  mazmun-mohiyatiga  ko‘ra  uzoq  asrlar  davomida  shakllangan  qimmatli  qadriyatlar 
majmui hisoblanadi. 
Ajdodlarimiz  tomonidan  yaratilgan  qadriyatlar  jamiyat  a’zolari  orasida  hamjihatlik,  mehr-oqibat, 
o‘zaro  do‘stlik,  tolerantlikni  ta’minlashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Milliy  madaniyatni  o‘zlashtirmagan 
yoshlar ruhiyatiga turli yot kuchlarning safsatabozlikdan iborat g‘oyalari tez singadi. Ajdodlarimiz asrlar 
davomida o‘zbek xalqi milliy madaniyatida sharm-hayo, andisha, ibo, o‘zaro hamjihatlik, birdamlik kabi 
axloqiy  fazilatlarni  ustuvor  bo‘lishiga  erishganlar.  “Ommaviy  madaniyat”  esa  aynan  millatimizga  yot 
bo‘lgan xatti-harakatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan. U hayo, andisha, oqibat, mehr-muhabbat, hamjihatlik 
kabi  go‘zal  axloqiy  qadriyatlarimizga  qarshi  bo‘lgan  axloqsizlik  va  yovuzlikni  o‘zida  aks  ettirgan 
g‘ayriinsoniy harakat sifatida baholanadi. 
“Ommaviy madaniyat” ta’sirida bugungi kunda ayrim yoshlar, hatto, o‘smir yoshdagi o‘quvchilar 
ham  milliy  madaniyatimiz,  urf-odatlarimizga  zid  tarzda  yarim  yalong‘och  kiyinishlari,  quchoqlashib, 
o‘pishgan holda salomlashishlari tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Ularning aksariyati “Muqaddas Valentin” 


 
174 
 
kuni  kabi  tarbiyaviy  jarayonlarga  ziyon  yetkazadigan  tadbirlarda  ishtirok  etmoqdalar.  Bu  “ommaviy 
madaniyat”ning yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligidan dalolat beradi. 
Pedagoglar  ta’lim  muassasalarida  o‘quvchi-yoshlar  uchun  yot  bo‘lgan  bunday  illatlarga  qarshi 
kurashishda  ajdodlarimiz  merosidan  samarali  foydalanishlari  kerak.  “Ommaviy  madaniyat”  ta’sirida 
yoshlar orasida keng tarqalayotgan salbiy illatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: axloqiy hayosizlik 
–  jamoat  joylari,  hiyobonlar,  maktab,  kollej  va  litseylar  hududida  o‘pishish;  inson  hirsini  uyg‘otadigan 
shahvoniy film va suratlar tomosha qilish; ijtimoiy saytlarda zo‘ravonlik va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi 
filmlar  va  kompyuter  o‘yinlariga  odatlanib  qolish;  yoshlarda  xudbinlik  kayfiyatining  rivojlanishi; 
manfaatparastlik,  o‘z  manfaati  yo‘lida  hech  kim  bilan  hisoblashmaslik,  hattoki,  ota-onalarining  fikrlari 
bilan ham kelishmaslik kayfiyatining shakllanishi; o‘z nafsi yo‘lida hech narsadan qaytmaslik; hayosizlik, 
giyohvandlik, ichkilikbozlik, shahvatparastlikka mukkasidan ketish kabilar. 
Ko‘rinib  turibdiki,  “ommaviy  madaniyat”  o‘quvchi-yoshlarning  madaniy  ongini  to‘g‘ri 
shakllanishiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatib,  ularni  xudbin,  manfaatparast  bo‘lib  shakllanishlariga  asos  bo‘ladi. 
Ularning  shiori  “Biz  erkinmiz,  o‘z  bilganimizcha  yashaymiz,  bu  bizning  hayotimiz”,  “Biz  mustaqilmiz, 
ko‘nglimiz tusagan ishni qilamiz, hattoki ota-onamiz ham biz uchun qaror qabul qila olmaydi” kabilardan 
iborat.  “Ommaviy  madaniyat”  o‘quvchi-yoshlarni  diniy  e’tiqod,  milliy  qadriyatlar  va  madaniy 
dunyoqarashdan chalg‘itadi. 
Natijada ularda jamiyat hayoti uchun mas’ullik hissi shakllanadi.Ular farzandlik burchlarini unutib, 
ota-onalariga  begona  bo‘lib  qoladilar.    “Ommaviy  madaniyat”  o‘spirinlik  davrida  inson  hayotini  buzib 
yuborish  omiliga  aylanmoqda.  Yoshlarning  shakllanishi  va  ma’naviy  kamoloti  barcha  davrlarda  ham 
dolzarb masala hisoblangan. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish