Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: 

birinchi 
bosqich – 
oilalarda 
(ikki 
davr: 1-davr – 
homila 
davri, 
2-davr – bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr); 
- ikkinchi bosqich – maktabgacha ta’lim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr; 

uchinchi 
bosqich – 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
tizimida 
(ikki 
davr: 1-davr 
– 
7 (6)-10 yosh boshlang‘ich sinf, 2-davr – 11-17 yosh o‘rta va yuqori sinflar); 
-  to‘rtinchi  bosqich –  ishlab  chiqarishda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  va  band  bo‘lmagan  yoshlar, 
shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr: 1-davr – o‘rta maxsus 
kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan 
va band bo‘lmagan yoshlar – 17-30 yosh, 2-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining 
o‘quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh). 
Konsepsiya ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar: 
-  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazi  huzurida  Uzluksiz  ma’naviy  tarbiya  konsepsiyasini 
amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Ma’naviy tarbiya” respublika jamoatchilik  kengashini 
tashkil etish. 
“Uzluksiz  ma’naviy  tarbiya” ruknida  ota-onalar,  pedagoglar,  bolalar  va  o‘smirlar  uchun 
darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish. 
- Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda yoshiga mos tayanch 
ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kompetensiyalarni shakllantirish.  
- I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish. 
-  Umumta’lim  muassasalarining “Tarbiya” fani  o‘qituvchilarini  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va 
malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish. 
-  Ajdodlarimizning  boy  ma’naviy  merosini  axloqiy  fazilatlar  majmui  bo‘lgan  milliy  tarbiya 
an’analari,  vositalari,  shakllarini  o‘rganish  maqsadida  mamlakatimiz  hududlariga  etnopedagogik 
ekspeditsiyalarni  tashkil  etish.  To‘plangan  tarbiyaviy  meros  asosida  kitob  va  qo‘llanmalar, 
ko‘pjildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish. 
-  Jamiyatda  milliy  tarbiya  an’analari,  qadriyatlarini  tiklashga  qaratilgan  fundamental,  amaliy  va 
innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish; 
-  yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash,  ularga  oiladagi  nizoli  holatlarni  hal  etishning  huquqiy  va 
pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish; 
-  yoshlarda  turli  ma’naviy  tahdidlarga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishga  qaratilgan 
profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali 
o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab qo‘yilgan. 
Konsepsiyada  bunga  tarbiyaga  yangicha,  tizimli  yondashuv,  tayanch  fazilatlarni  kafolatli 
loyihalashtirish  va  o‘rgatishda  oila,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  hamda  umumiy  o‘rta  ta’lim 
muassasalarining  pedagogik  imkoniyatlarini  to‘liq  ishlatish  va  ular  orasida  ilmiy-metodik  hamkorlikni 
yangi darajaga ko‘tarish masalasi rejalashtirilgan. 
Uzluksiz  ma’naviy  tarbiya  konsepsiyasida  tarbiya  bolalar  ta’limdan  bo‘sh  vaqtida  amalga 
oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq 
jarayon bo‘lib kelganligi hamda jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha ta’lim, maktab 
pedagoglari,  ota-onalarning  tarbiyaga  oid  pedagogik-psixologik  bilimlari  zamon  talablariga  javob 
bermayotganligi  qayd  qilinib  o‘tiladi.  Buning  oqibatida  yo‘l  qo‘yilgan  xatolardan  eng  ko‘p  tarqalgani  – 
og‘zaki tarbiya davom etayotganligi, ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab 
o‘qituvchilari  bolalarga  Vatanga  sadoqat,  mas’uliyat,  tadbirkorlik  va  boshqa  fazilatlar  nazariy 
ma’lumotlarga  aylanib,  bolalarning  odatlariga  aylanmayotganligi,  ezgu  fikr,  ezgu  so‘z,  ezgu  amalga 
erishmayotganligi  natijasida  yoshlarning  Vatanga  sadoqat,  mas’uliyat,  tadbirkorlik,  mehr-oqibat  haqida 
so‘zlari bilan yoshiga mos amallari orasida tafovut namoyon bo‘layotganligi qayd qilinadi. 


 
167 
 
Konsepsiyada  tarbiyada  yo‘l  qo‘yilgan  xatolar  birdaniga  ko‘rinmasligi,  noto‘g‘ri  tarbiyaning 
asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda 
ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan. 
Xulosa  o‘rnida  aytish  mumkinki,  mazkur  uzluksiz  ma’naviy  tarbiya  konsepsiyasidan  tarbiyaning 
tizimli va uzviyligini ta’minlashda quyidagicha natijalar kutilmoqda: 
-  konsepsiyaning  joriy  qilinishi  uzluksiz  ma’naviy  tarbiya  jarayonining  tizimli  tashkil  etilishiga, 
tarbiya  sohasining  ilg‘or  innovatsion  texnologiyalar  asosida  takomillashuviga,  yoshlarning  Vatanga 
sadoqat,  tadbirkorlik,  irodalilik,  mafkuraviy  immunitet,  mehr-oqibatlilik,  mas’uliyatlilik,  bag‘ri  kenglik, 
huquqiy  madaniyat,  innovatsion  fikrlash,  mehnatsevarlik  kabi  tayanch  kompetensiyalar  bilan  mustaqil 
hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
- oilalar,  ta’lim  muassasalari,  mahallalar  va  korxonalarda  mustaqil  fikrlash  va  qaror  qabul  qilish 
layoqatiga  ega  bo‘lgan  yoshlarning  ma’naviy  kamol  topishi  uchun  zarur  bo‘lgan  innovatsion  ijtimoiy-
pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi. 
- jamiyatda  jinoyatchilik,  ekstremizm,  terrorizm,  korrupsiya,  firibgarlik,  ko‘zbo‘yamachilik, 
yolg‘onchilik,  egotsentrizm,  axloqiy  buzuqlik,  oilaviy  ajrimlar,  mehr-oqibatning  kamayishi,  “ommaviy 
madaniyat”ga 
ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida mas’uliyatsizlik, oilaviy 
qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo‘lmagan yoshlarning 
hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy 
inson kapitaliga ega bo‘ladi. 
- oila,  ta’lim  muassasalari,  davlat  tashkilotlari  va  nodavlat  tashkilotlar,  ota-onalarda  boy  milliy 
tarbiyaviy  merosimiz  to‘g‘risida  bilimlar  shakllanadi,  ularni  o‘rganish,  saqlash,  targ‘ib  qilish,  o‘rgatish 
orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol o‘tib borishi ta’minlanadi. 
- konsepsiyaning  amalga  oshirilishi  jamiyatda  ma’naviy-axloqiy  muhitning  sog‘lom  va  barqaror 
bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi. 
Farzandlarimizni  ilm-fan  va  ta’lim-tarbiya  asosida  voyaga  yetkazish  maqsadga  muvofiq  ekan,  o‘z 
o‘rnida  tarbiya  esa  ma’naviyat  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Zero,  yoshlar  kelajak  egalari  hisoblanadi. 
Yoshlarimiz  ta’lim-tarbiyasida  esa  ma’naviy  tarbiya  katta  ahamiyatga  ega.   Eng  muhimi,  farzandlarimiz 
tarbiyasiga etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni ma’nan, ruxan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, 
tariximizga,  Vatanimizga,  ona  tilimizga,  o‘z  milliy  qadriyatlarimizga  hurmat  bilan  qaraydigan  barkamol 
bo‘lib o‘sib unishining asosidir. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish