158
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo‘qolib ketmaydi, balki
ma'lum darajada esda olib qolinadi, ya'ni esimizda saqlanib qoladi va qulay
sharoitda yoki kerak bo‘lganda esimizga tushadi. Shuningdek, kechirilgan tuyg‘u,
fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik
esimizga tushadi. Buni har kim o‘z tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, o‘quvchilar
maktabda o‘qitilayotgan narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar va esga
tushiradilar.
29
Ta‘kidlanishicha, inson bilimlarning 80% qismini ko‘rish a‘zosi orqali olar
ekan. Qolganlarini esa eshitish va boshqa sezgi a‘zolarimiz orqali qabul qilar
ekanmiz. Qo‘rlik muammosining naqadar jiddiyligi shundan ko‘rinib turadi.
Xotira: eslash, esda olib qolish, unutish, bilish, qayta esga tushirish jarayonlari
kishining ijtimoiy mehnat faoliyatining asosini tashkil etadi. Maxsus defektologiya
fanida qilingan va qilinayotgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘rlarda xotira
me‘yorl ko‘ruvchi shaxslar xotirasidan nafaqat hajmi jihatidan, balki o‘ziga xos
ko‘rinishlari, rivojlanish xususiyatlari bilan ham ajralib turar ekan. Demak ko‘rlik
nuqsoni qo‘zg‘alish va tormozlanish deb nomlangan asab jarayonlarining
mutanosibligini ham buzar ekan. Buning oqibatida, xotira tezligi pasayadi. Olib
borilgan tadqiqotlar bu toifa bolalarning materiallarni eslab qolishlari kam
samaradorligi bilan izohlanar ekan. Bu bolalar xotirasi nafaqat hajmi jihatidan,
balki eslanayotgan materialni tushunib eslashlari ham buzilar ekan. Tushunib
eslash yoki mantiqiy eslash ma‘lumki, idrok jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Demak,
eslab qoluvchi shaxs materialini ko‘rmagach uni to‘la, atroflicha idrok eta olmaydi.
Bu yog‘i esa barchaga ma‘lum. To‘la idrok etilmagak narsa va hodisalar tushunib
qabul etilmagach, uzoq muddat eslab qolinmaydi. Buning oqibatida, «zanjir
reaktsiyasi» kabi bola tafakkurini tashkil etuvchi tahlil, tasnif, umumlashtirish, ...
jarayonlar yuzaki, samarasiz amalga oshadi. Buning oqibatida esa yana yuqoridagi
kamchilik fikrlash kamchiliklari yuz beradi. Me‘yorli bolalarda ma‘lumki,
berilayotgan materiallarning bolalar tomonidan boshi va oxiri yaxshi
o‘zlashtiriladi. Ko‘rish nuqsoni bor bolalarda bu holat boshqacha namoyon bo‘lar
ekan. Ya‘ni, bu bolalar berilayotgan materiallarning boshlang‘ich qismini yaxtam
o‘zlashtirib, tez charchashlari oqibatida oxirida berilayotgan materiallarni qiyin
yoki kam o‘zlashtirar ekanlar. Shu narsa diqqatga sazovorki, ko‘r va zaif ko‘ruvchi
bolalar xotira hajmida, eslab qolish tezligida, mexanik xotira va mantiqiy xotira
jarayonlari boyicha bir-biridan keskin farq qilar ekanlar.
Ma‘lumki, tasavvurlarning saqlanishi ko‘rish o‘tkirligiga ham bog‘liq. Ko‘r
va zaif ko‘ruvchilarni ko‘rgazma-harakat tarzda o‘qitish xotira jarayonlariga
birmuncha ijobiy ta‘sir etar ekan. Ko‘rlar tomonidan narsalarni bilish me‘yorl
bolalarga qaraganda bir muncha sekin, hamda to‘la bo‘lmaydi. Bu toifa bolalarga
xos narsalardan yana bir tomoni, ular narsalarni o‘ziga xos xususiyatlar bilan bilib
olar ekanlar. Bu bolalar egallangan materiallarning bir qisminigina esga tushira
olar ekanlar. Bu bolalar oliy asab tizimlarida tormozlanish jarayonlarining
Do'stlaringiz bilan baham: