Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


EKOLOGIK TA‟LIM-TARBIYA- TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

 
EKOLOGIK TA‟LIM-TARBIYA- TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA
P. Po„latova TDPU dotsenti, 
N. Mamatqulova TDPU talabasi   
Jamiyat materiya harakatining yuqori shaklidir. Mehnat nafaqat insonni 
tabiatdan ajralib turishini ta`minlaydi, binobarin, uni tabiat bilan qo`shadi. 
―Insoniylashgan‖ tabiat mehnat jarayoni mahsulidir, ya`ni shakllarni o`zgartirish 
vositasi bilan tabiat inson ehtiyojlariga moslashtiriladi. Tabiatning ana shu 


150 
―Insoniylashgan‖ qismi insonsiz mavjud bo`la olmaydi. Yaqin yillardan beri 
―Ekologiya‖ so`zi pedagogik fanlarda juda ko`p ishlatiladigan bo`ldi va fanlar 
qatoriga qo`shib o`rganilmoqda. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon 
mutafakkirlari asarlarida ekologik yo`nalish aniq ko`zga tashlanadi. Biroq yunonlar 
―Ekologiya‖ atamasidan foydalanishmagan. Bu iboraning paydo bo`lganiga ko`p vaqt 
bo`lgani yo`q, uni 1869 - yil nemis biolog - evalyutsionisti Ernst Gekkel taklif etgan, 
ungacha Ekologiyaning rivojlanishi tabiatni o`rganish va tavsiflashdan boshlangan. 
Bu fransuz Jon Anri Feber o`zining mashhur ―Entomologik esdaliklar‖ (1870-1879) 
asarini yozgan davrlar edi. Aslida ekologiyaning chinakkam rivoji ayrim turlar 
yashaydigan muhitni, ularning o`zaro munosabatlarini, simbiozini, boshqa turlar bilan 
munosabatlarini o`rganishdan boshlangan. Bu ekologiyaning rivojida birinchi 
davrdir.Biosferani o`rganish - ekologiyaning rivojida to`rtinchi davrdir. Biosfera 
barcha jonli organizmlar va inson hayot kechiradigan muhitdir. U еrdagi o`zaro 
bog`liq barcha ekologik tizimlarning bir butunligidan iboratdir. Yer sayyorasini ulkan 
ekotizim deb qarash mumkin. Biosferada moddalarning aylanma harakati oziqlanish 
orqali ro`y beradi. Aytish mumkinki, biosferada har bir organizm bir-biri bilan 
oziqlanadi va hech bir jonzot еyilishga mahkumlikdan ozod emas. Aslida biosfera 
jonli tabiatning shunday bir ochiq tizimidan iboratki, unda har bir ekologik tizimdagi 
va harakatda bo`lgan barcha narsalar bor. Biroq еrdagi biosfera yagona qonunlari 
bo`lgan yagona tizim hamdir. Biroq ekologiya insonning biosferada tutgan o`rnini 
o`rganar ekan, ekologik tizimlar va еrdagi hayotning cheksiz, xilma-xilligi 
biosferaning bir butun emasligini namoyon bo`lishi emas, balki organik hayotning 
turli geografik va ekologik sharoitlarda turlicha ekanligi, ya`ni zonal, regional va 
lokal (mahalliy) tabaqalanishning ham inikosidir. Ekolgiya insonning biosferada 
tutgan o`rnini o`rganar ekan, uning biosferaga bo`lgan o`ziga xos munosabatini ham 
xisobga olish kerak. Bu hol insonning tabiiy, ham ijtimoiy hodisa ekanligi, ya`ni 
biosial mohiyatidan kelib chiqadi. Ekologiya tan olingan mustaqil fan sifatida 1900 - 
yilga yaqin yuzaga keldi. Ammo uning ekologiya deb atalib, umumiy lug`atlarga 
kirishi oxirgi o`n yilliklarga to`g`ri keldi. Hozirgi zamon talqinicha Ekologiya - bu 
tirik organizmlarning, ularning har bir yoki bus-butun populyatsiyalarining o`z 
atrofidagi tabiiy muhit bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadigan yoki boshqacha 
qilib aytganda, tirik organizmlarning hayot kechiradigan muhit bilan o`zaro 
munosabatlarini o`rganadigan fandir. Ekologiyaning boshqa ko`plab talqinlari ham 
mavjudki, ularda bu fanning vazifalari tariflab berilgan. Masalan ularning birida 
shunday deyiladi: Ekologiya organizmlarning hayot faoliyatini, qonuniyatlarini, ular 
hayot kechiradigan tabiiy muhitga inson omilining ta`sirini hisobga olgan holda 
o`rganadigan fandir. Qadim zamondan boshlab, ekologik ma‘daniyat O‘rta Osiyo 
xalqlariga xos xususiyat bo‘lgan. Bu haqda qadimgi qo‘lyozmalar va 
allomalarimizning asarlari guvohlik beradi. Ularda suv, tabiat, o‘simliklar, jonzotlar 
va ularning atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlari, aloqalari va boshqalar borasida 
qimmatli fikrlar yozib qoldirilgan. Garchand u vaqtda ekologiya fan sifatida 
o‘rganilmagan bo‘lsa-da, lekin o‘sha davrlardayoq tabiat va undagi tabiiy mavozanat, 
tozalikning ahamiyati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e‘zozlash zarurligi 
ta‘kidlangan. Hatto ular tabiatni, suvni, olovni, shamol va boshqa unsurlarni
muqaddas deb bilishgan, ularga sig‘inishgan.Bunday holatda qasamyod etganlar 


151 
gustohlikka berilmaganlar va qo‘shnisining omonatiga xiyonat qilmaganlar. Demak 
zardushtlarda suv, olov singari yorug‘lik, poklik, hayot, unib - o‘sish ramzi bo‘lgan. 
Suv manbalari bo‘yida yoki atrofida har xil matolarni yuvish, mol boqish, tuya va 
otlarni bog‘lash, yuvinishga ruxsat etilmagan. Biron kishining nopok idish bilan 
hovuz, quduq yoki ariqdan suv olganida mirobning nazari tushsa, u ― 25 qamchi 
kaltaklash‖ bilan jazolangan. Suv muqaddas bo‘lganligi uchun undagi jonzotlarni, 
hayvonlarni o‘ldirishga aslo yo‘l qo‘yilmagan. Masalan, ularning tushunishicha, 
dengiz kuchugini o‘ldirishsa, shunday qurg‘oqchilik bo‘ladiki, yaylovlar taqir cho‘lga 
aylanadi, eldan farovonlik ketadi.Qadimgi mamlakatlarning hukmdorlari ham tabiatni 
muhofaza qilish borasida tegishli farmonlar e‘lon qilishgan.Masalan, qadimgi Sharq 
podsholari taxminan bizning eramizdan ming yil avval o‘rmonlarni qo‘riqlash 
to‘g‘risida qonun chiqargan. Bobolarimizdan meros qolgan eski qo‘ lyozmalarda ham 
ov, ov qilish san‘ati, ov qilish vaqti, hayvonlarning bolalarini, qushlarni, jonzotlarni 
ko‘payishi davrida ularni ov qilish qat‘iyan man qilingani haqida fikrlar mavjud. 
Bizning ota-bobolarimiz qadim zamonlardan boshlab, tabiatga oqilona munosabatda 
bo‘lishgan. Nafaqat quduq suvini, balki ariq va daryo suvlarini ham toza saqlashga, 
tejashga, iflos qilmaslikka harakat qilishgan. Hatto uni muqaddas bilishgan. Daraxtlar 
ekib, bog‘ - rog‘, uzumzor, gulzorlar bunyod etishgan. Kelajak avlodga o‘rmonlar 
qoldirishgan.Ilgarilari ham ayrim turdagi hayvonlarni muhofaza qilish va o‘rmon 
daraxtlarini kesish, qirqishni nazorat qilish bo‘yicha nazorat qilish bo‘yicha davlat 
miqiyosida chora-tadbirlar qilingan. 
Bizning ekologik ta‘lim-tarbiya haqida qadimdan ezgu urf-odatlarimiz, 
muqaddas an‘analarimiz bo‘lgan. Masalan: Suvga tuflamaslik, oqayotgan suvda 
cho‘milmaslik va axlatlar tashlamaslik, tushgan ushoqni ko‘zga surtib qolga olish, 
kul va axlatni pana joyga yoki chuqurga tashlash, hovli supurish, uy qurish va daraxt 
ekish kabi ekologik ta‘lim-tarbiyadan habardor bo‘lgan. Biroq bugungi kinda biz
ulardan ko‘plarini unutib qo‘ydik. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish