Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Lavlagi.  Lavlagi  eng  qadimgi  ekinlardan  biri  sanaladi.  Ildizmevali  boshqa  sabzavotlarga 
nisbatan xoʻraki lavlagi yuqori ovqatlik qiymatiga ega boʻlganligi bilan ajralib turadi. Lavlagi qandga 
boy, undagi asosiy qand saharoza hisoblanadi. 
Uning tarkibida saharoza (10%), azotli moddalar (1,7%), mineral moddalar (1%) va S (20-30 
mg%), V1, V2 , R, RR vitaminlari bor. Lavlagi fosfor va kaliy elementlari miqdori boʻyicha sabzavot 
oʻsimliklari orasida birinchi oʻrinlarni egallaydi. 
Lavlagining  davolash  xususiyati  borligi  ham  aniqlangan.  U  organizmda  oshqozon-ichak 
faoliyatini  yaxshilaydi,  aterosklerozning  oldini  oladi  va  modda  almashinuvini  tartibga  solishda 
ishtirok etadi. Lavlagi ildizmevasi etining rangi boʻyicha toʻq-qizgʻish va qora-qizil rangli boʻladi. 
Oq halqalarining koʻp boʻlishi lavlagining ozuqaviy va taʻm koʻrsatkichlarining pastligidan dalolat 
beradi.  Oʻzbekistonda  xoʻraki  lavlagining  faqat  bitta  Bordo  237  navi  rayonlashtirilgan.  Bu  nav 
oʻrtapishar, hosildor, ildizmevasi yumaloq shaklli, toʻqqizil rangda boʻladi. 


Chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotilayotgan lavlagilar GOST 26766-85 standarti talabiga 
javob berishi kerak. 
Biz  quyida  chakana  savdo  tarmoqlarida  aholiga  sotiladigan  lavlagilarning  GOST  26766-85 
standarti boʻyicha qanday talablarga javob berishini keltiramiz. 
Bu standart talabi boʻyicha lavlagilar sifatiga qarab saralangan va saralanmagan tovar navlariga 
boʻlinadi. 
Standart  talabi  boʻyicha  lavlagilarning  ikkala  tovar  navi  ham  yangi,  butun,  sogʻlom,  toza, 
qishloq xoʻjalik zararkunandalari bilan zararlanmagan ortiqcha namliklarsiz, yorilmagan, shakli va 
rangi boʻyicha shu botanik navga mos, uzilganda oʻzida qolgan bandining uzunligi 2,0 smdan ortiq 
boʻlmasligi kerak. 
Saralanmagan  tovar  navlarida  bitgan  yoriqchalar  boʻlishiga  va  shaklida  ham  badburush 
boʻlmagan oʻzgarishlar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Hidi va taʻmi esa shu botanik navga xos, begona 
hidlarsiz va taʻmlarsiz boʻlishi kerak. 
Lavlagilar  uchun  ichki  tuzilishi,  etining  holati  muhim  koʻrsatkich  hisoblanadi.  Lavlagi  ildiz 
mevasining  eti  suvli  ,  botanik  naviga  qarab  toʻq-qizil  turli  tovlanuvchan  boʻlishi  kerak.  Baʻzi 
navlarida esa oq xalqalar boʻlishiga ruxsat etiladi. 
Sabzilardagi  singari  lavlagilarning  ham  oʻlchamlari  katta  koʻndalang  kesimining  diametriga 
qarab aniqlanadi. Saralangan lavlagilarda katta koʻndalang kesimining diametri 5,0-10,0 sm boʻlishi 
kerak. Bu koʻrsatkich saralanmagan lavlagilar uchun esa 5,0-14,0 sm qilib belgilangan. 
Lavlagilarning sifatini baholashda ham standartda keltirilgan koʻrsatkichlardan ozroq darajada 
boʻlsada  chetlanishlarga  ruxsat  etiladi.  Masalan,  tekshirilayotgan  lavlagilar  massasida  katta 
koʻndalang  kesimining  diametric  boʻyicha  belgilangan  oʻlchamdan  1,0  sm  katta  boʻlmagan 
chetlanishlarga  ega  boʻlgan  sabzilar  miqdori  saralangan  tovar  navlarida  boʻlmasligi  kerak, 
saralanmagan tovar navlarida esa ularning miqdori 10,0% gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. 
Shuningdek, chuqurligi 0,3 sm dan ortiq boʻlmagan mexanik jarohatlarga ega, yoriqlari bitgan, 
sal  soʻligan  lavlagi  ildiz  mevalarining  umumiy  miqdori  saralangan  tovar  navlarida  5,0%  gacha 
boʻlishiga ham ruxsat etiladi. Savdo tarmoqlarida soʻlib burishib qolgan, chirigan, muzlagan, ezilib 
qolgan lavlagilarni sotish tavsiya etilmaydi. Lavlagi ildizmevalariga yopishib qolgan tuproq miqdori 
1,0% dan ortiq boʻlmasligi kerak. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish