Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Ildiz mevali sabzavotlar 
Sabzi. Sabzida karotin koʻp boʻlganligi uchun u A vitaminini olish uchun asosiy xom ashyo 
hisoblanadi.  Sabzi  qadimdan  jigar,  buyrak,  oshqozon  ichak,  kamqonlik  kasalliklarini  davolashda 
foydalanib kelgan. 
Ildiz mevasining shakli va uzunligiga qarab sabzilar yassi-dumaloq shaklli, uzunligi 3-5 sm - 
Parij mushak sabzisi; oʻrtacha uzunlikdagi – 8-20 sm va ildiz mevasi urchuqsimon; uzun – 20-45 sm 
sabzilarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda sabzining Mshak 195, Mirzoi qizil 228, Mirzoi sariq 304, Nurli, 
Nantskaya 4, Shantane navlari rayonlashtirilgan. 
Chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotilayotgan sabzilar GOST 26767-85 standarti talabiga 
javob berishi, tayyorlanadigan va joʻnatiladigan sabzilar esa GOST 1721-87 standarti talabiga javob 
berishi kerak. 
Biz  quyida  chakana  savdo  tarmoqlarida  aholiga  sotiladigan  sabzilarning  GOST  26767-85 
standarti boʻyicha qanday talablarga javob berishini keltiramiz. Bu standart talabi boʻyicha sabzilar 
sifatiga qarab saralangan va saralanmagan tovar navlariga boʻlinadi. 
Standart talabi boʻyicha sabzilarning ikala tovar navi ham yangi, butun, sogʻlom, soʻlimagan, 
yorilmagan, qishloq xoʻjalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, ortiqcha namliklarsiz, shakli va 
rangi  boʻyicha  shu  botanik  navga  mos,  bandining  uzunligi  koʻpi  bilan  2  sm  boʻlishi  kerak. 
Saralanmagan tovar navlariga kiritilgan sabzilarda poʻstlogʻida chuqurligi 2-3 mm boʻlgan, bitgan 
yoriqlarga ega boʻlgan hamda shakli oʻzgargan, lekin badburush boʻlmagan sabzilar boʻlishiga yoʻl 
qoʻyiladi. Ularning hidi va taʻmi esa aynan shu botanik navga xos, begona hidlarsiz va taʻmlarsiz 
boʻlishi kerak. 
Sabzilarning  katta-kichikligi  ham  ularning  sifatini  baholashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Standart talabi boʻyicha saralangan tovar naviga kiritiladigan sabzilarning uzunligi 10 sm dan kam 
boʻlmasligi  kerak.  Bu  koʻrsatkich  saralanmagan  tovar  navlari  uchun  esa  chegaralanmaydi. 
Shuningdek, sabzilarning katta kichikligini baholashda katta koʻndalang kesimining diametriga ham 
eʻtibor beriladi. Sabzilarning saralangan tovar navlari uchun ildizmevasi katta koʻndalang kesimining 
diametri 3-5 sm qilib belgilangan. Saralangan sabzi partiyalarida belgilangan oʻlchamdan 0,5 sm dan 
ortiq farq qiladigan sabzilar boʻlmasligi kerak, saralanmagan sabzi partiyalarida esa ularning miqdori 
10% gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. 
Saralangan sabzi partiyalarida uzunligi 7 sm dan ortiq singan sabzilar boʻlmasligi kerak. 
Saralanmagan sabzi partiyalarida esa bu koʻrsatkich 5,0% gacha qilib belgilangan. Shuningdek, 
ildizmevada  uzunligi  2,0  sm  gacha,  chuqurligi  0,5  sm  dan  katta  boʻlmagan  yoriqchali  sabzilar 
saralangan navlarida boʻlmasligi kerak, saralanmaganlarida esa chegaralanmaydi. Bundan tashqari 
standartda  ildizmevaga  yopishgan  tuproq  miqdori  1,0%  dan  ortiq  boʻlmasligi  koʻrsatib  qoʻyilgan. 
Boshqa sabzavotlardagi singari sabzi partiyalarining ikala tovar navida ham chirigan, soʻlib burishib 
qolgan, muzlagan, oʻzagigacha yorilib ketgan ildizmevalar boʻlishiga ruxsat etilmaydi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish