Oʻzbekistonda rayonlashtirilgan va keng tarqalgan ertapishar kartoshka navlariga Belorusskiy
ranniy, Zarafshon, Nevskiy, Ramona, Sante, Kosmos navlarini, oʻrtapishar va kechpishar navlariga
esa Temp, Kardinal, Diamant, Pikasso, Agriya kabi navlarini kiritish mumkin.
Chakana savdo tarmoqlarida ahliga sotiladigan kartoshkalar GOST 26546-85, oziq-ovqat
mahsulotlari olish uchunqayta ishlashga moʻljallangan kartoshkalar esa GOST 26832-86 standarti
talabiga javob berishi kerak. Biz quyida asosan chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotiladigan
kartoshkalar sifatini baholash bilan bogʻliq maʻlumotlarni keltiramiz. Yuqorida qayd etilgan GOST
26545-85 standarti talabi boʻyicha kartoshkalar sotilish muddatiga qarab ertagi (joriy yil hosili, 1-
sentyabrga qadar sotiladigan) va kechki (1-senyabrdan boshlab sotiladigan)turlariga boʻlinadi.
Ertachi kartoshka sifati boʻyicha saralangan va saralanmagan tovar navlariga boʻlinadi. Kechki
kartoshka esa sifati boʻyicha saralangan qimmatbaho nav, saralangan va saralanmagan tovar
navlariga boʻlinadi.
Mazkur standart talabi boʻyicha kartoshkaning hamma tovar navlarida tuganaklar butun, toza,
sogʻlom, quruq, oʻsmagan va soʻlimagan boʻlishi talab qilinadi. Saralangan tovar navlarida kartoshka
tuganaklari shakli va rangi boʻyicha bir xil boʻlishi kerak. Saralanmagan tovar navlarida esa ozroq
chetlanishlar boʻlishi mumkin. Hamma tovar navlarida kartoshkalarning hidi va taʻmi shu botanik
navga xos, begona hidlarsiz va taʻmlarsiz boʻlishi kerak.
Kartoshkalarning sifatini baholashda aniqlanadigan asosiy koʻrsatkichlardan biri kartoshka
tuganaklarining katta-kichikligi hisoblanadi. Bu koʻrsatkich kartoshka tuganagi katta kesimining
diametrini oʻlchash asosida aniqlanadi. Katta koʻndalang kesimining diametri yumaloq-yassi shaklli
ertagi kartoshkalarning saralangan navlarida 40 mm dan, kechki kartoshkalarning saralangan tovar
navlarida esa 45 mmdan kam boʻlmasligi standartda meʻyorlashtirilgan.
Kartoshkalarning uzunchoq shaklli navlarida bu koʻrsatkich muvofiq ravishda 35 va 40 mm
dan kam boʻlmasligi koʻrsatib qoʻyilgan. Katta koʻndalang kesimining diametri 30 mm dan kam
boʻlgan kartoshkalar nostandart deb topiladi.
Kartoshkalarda tez-tez uchrab turadigan nuqsonlardan biri kartoshka tuganagining kurtak otib
oʻsishi va poʻstlogʻining koʻkarib qolishi hisoblanadi. Shu sababli bu koʻrsatkich darajasi standartda
meʻyorlashtirilgan koʻrsatkichdir.
Standart talabi boʻyicha kurtak otib oʻsgan va tuganak yuzasining . qismidan ortiq boʻlmagan
koʻkarishga ega boʻlgan kartoshkalar miqdori saralanmagan tovar navlarida boʻlmasligi kerak,
saralanmagan tovar navlarida esa ularning miqdori 2,0% gacha boʻlishiga ruxsat etiladi.
Kartoshka umumiy yuzasining . qismidan ortiq yuzali koʻkarishiga ega boʻlgan kartoshkalar
hamma tovar navlarida ham boʻlmasligi standartda qayd etilgan. Shuningdek, standart talabi boʻyicha
kartoshkaning hamma tovar navlarida yarmi qirqilgan, muzlagan, ezilib qolgan, kasalliklar bilan
kasallangan tuganaklar, organik va mineral aralashmalar boʻlishiga ruxsat etilmaydi. Lekin, standart
talabi boʻyicha chuqurligi 5 mmdan, uzunligi esa 10 mmdan ortiq boʻlgan mexanik jarogʻatli
kartoshkalar hissasi saralangan tovar navlarida 2,0% gacha, saralanmagan tovar navlarida esa 5,0%
gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. Bundan tashqari standart talabi boʻyicha kartoshka tuganagiga
yopishib qolgan qum, loy miqdori 1,0% dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Kartoshkaning yuqorida keltirilgan sifat koʻrsatkichlarini aniqlashda kartoshkani qabul qilish
va sifatini aniqlash uslublari keltirilgan GOST 7194-81 standartidan foydalaniladi. Mazkur standartda
avtoulovlardan, yashiklarda, konteynerlarda, qoplarga joylashib keltirilgan kartoshkalardan sifat
ekspertizasini oʻtkazish uchun namunalar olish qoidasi va sifat koʻrsatkichlarini aniqlash tartibi va
usullari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: