www.ziyouz.com kutubxonasi
120
RASULULLOHNING MURUVVATLARI
Payg‘ambar alayhis-salom Ka’baning ichiga kirib takbir aytdilar. Maqomi Ibrohimda
ikki rakaat namoz o‘qiganlaridan keyin obizamzam ichdilar va masjidga kirib o‘tirdilar.
Odamlar rasulullohning atrofiga yig‘ilib, u kishiga juda ko‘p aziyatlar yetkazgan,
yurtlaridan haydab chiqargan, har qadamda bir shumlikni ko‘zlab urushgan quraysh
mushriklariga qanday muomala qilishlarini kutib turishardi. Mana shu qaltis vaziyatda
sarvari olamning shunday bebaho fazilatlari namoyon bo‘ldiki, bundan har bir musulmon
faqat biron maqsadni ko‘zlab emas, balki har qanday vaziyatda Olloh uchun xolis turish
lozimligini o‘rganishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salom yig‘ilganlarga: "Ey quraysh xalqi,
meni hozir nima qiladi, deb o‘ylayapsizlar?" deb so‘radilar. Odamlar: "Sen mard
qarindoshimizning o‘g‘lisan. Mard qarindoshimiz bizga yaxshilik qiladi, deb o‘ylayapmiz",
deyishdi. Rasululloh: "Bo‘pti, sizlar o‘ylagancha bo‘la qolsin. Boringlar, hammangiz
ozodsizlar!" deya muruvvat ko‘rsatdilar.
Xudo rahmat qilgur imom Busayiriyning "Hamziya" qasidasida bunday misralar bor:
Haq uchun bo‘lsa muhabbat, nafrati insonning,
Unga baribir erur hukm etganda yotu o‘z.
Maqtovlardan mast bo‘lib, g‘ururlanmas payg‘ambar,
Ranjimaydi aytsa gar yovuz kimsa yomon so‘z.
Zolimlardan olsa qasd, xo‘rliklarga chidolmay,
To‘kilardi begumon daryo-daryo qizil qon.
Har bir ishda Ollohning rizosini ko‘zlab u,
Vafoga ham jafoga adolat bo‘ldi qalqon.
Fazlu karam bobida betimsol edi asli,
Xushchiroyu husnixulq, hech ishida yo‘q nuqson.
Payg‘ambar alayhis-salom nutq so‘zlab, islom dinining ayrim muhim masalalari ustida
to‘xtalib o‘tdilar: "Kofirlarning badaliga musulmon o‘ldirilmaydi. Dini boshqa odamlar bir-
biriga merosxo‘r bo‘lmaydi. Hech kim otasi yoki onasining hamshirasi (egachi-singlisi)ga
uylanishi mumkin emas. Da’vogar dalil ko‘rsatsa, javobgar qasam ichishi lozim. Ayol
kishi mahramsiz uch kunlik safarga chiqishi mumkin emas. Bomdoddan keyin kun
chiqquncha, asrdan keyin kun botguncha namoz o‘qib bo‘lmaydi. Qurbon hayiti va
ramazon hayiti kunlari ro‘za tutilmaydi. Ey quraysh jamoasi, Olloh taolo sizlardagi
johiliyat davridagi kibru havoni, otalaringiz bilan faxrlanish hissini yo‘qotdi. Hammangiz
odam bolalarisizlar, odam esa tuproqdan yaratilgan". Shundan keyin rasululloh Hujrot
surasining 13-oyatini o‘qidilar: "Ey insonlar, biz sizlarni bir erkak bilan bir ayoldan
yaratdik. O’z aro tanishib, bilishishinglar uchun ko‘pgina millat va urug-aymog‘ qildik.
Eng taqvodor bo‘lganingiz Ollohning dargohida eng hurmatli hisoblanasizlar. Olloh esa
hamma narsani bilguvchi, hamma narsadan xabardor zotdir".
Bu gaplardan ta’sirlangan odamlar musulmon bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomga
bay’at qila boshlashdi. Muoviya ibn Abu Sufyon bilan Abu Bakr Siddiqning otasi Abu
Qahofa ham shu kuni imon keltirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning islom diniga
kirganidan benihoya xursand bo‘ldilar.
Bay’at qilish uchun bir odamning dag‘-dag‘ titrayotganini ko‘rgan rasululloh:
"Qo‘rqma, men podshoh emasman. Quritilgan go‘sht yeydigan quraysh xotinning
bolasiman", dedilar.
Payg‘ambar alayhis-salom o‘limga hukm etgan kimsalarga bu olam tangu tor bo‘ldi,
lekin u zoti muborakning hukmlari odil va haqli edi. Bundaylarning bir qismi Ollohning
iltifoti tufayli imon keltirib, jonini saqlab qoldi. Abdulloh ibn Sa’d ibn Abiy Sarh emikdosh
qarindoshi Usmon ibn Affonga yolborib rasululohdan omonlik olib berishini o‘tindi. To
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |