Microsoft Word nurul yaqin ziyouz com doc



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/270
Sana30.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#197178
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   270
Bog'liq
Muhammad Xuzariy. Nurul-yaqin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
deb buyurdilar. Abbos bor ovozi bilan: "Ey ansorlar guruhi! Ey rizvon bay’atiga 
qatnashganlar!" deb qichqirdi. Uning ovozi vodiy bo‘ylab gumburlab eshitildi. Ansorlar 
ovoz kelgan tomonga shoshilib tuyalarining jilovini bo‘shatdilar, lekin palapartish 
qochayotgan arobiylar ularning yurishiga halal berishardi. Ansorlar shartta tuyalaridan 
tushib sovutlarini yelkalariga tashlagancha yugurib ketishdi. Hash-pash deguncha 
payg‘ambar alayhis-salomning atrofiga qilichu nayza bilan bir talay odam to‘plandi. Olloh 
taolo o‘z rasuli va musulmonlarga g‘ayrat-shijoat baxsh etdi hamda ko‘kdan ko‘zga 
ko‘rinmas jangchilarni yordamga tushirdi. Musulmonlar hamjihatlik bilan hujum qilib, 
dushmanning safini yorib o‘tdi va sira kutilmaganda shiddatli jang boshlandi. Tahlikaga 
tushgan g‘anim bola-chaqayu mol-holiga qaramay qocha boshladi. Musulmonlar ularni 
quvlab tutib olishdi, bir qismi qirib tashlandi. Dushmanning bola-chaqalari bilan jangda 
qatnashgan xizmatchilari asir olindi, faqat bir qismigina musulmonlar ta’qibidan qochib 
qutildi. Bu gazotda Xolid ibn Valid og‘ir yaralandi. Ollohning qilgan iltifotidan qattiq 
ta’sirlangan mushriklarning bir qismi imon keltirib, musulmon bo‘ldi. 
Bu g‘azotning o‘ziga xos bir jihati bor edi: Qo‘shinga makkalik mushriklar, arobiylar 
hamda endigina musulmon bo‘lganlar ko‘pchiligi aralashib ketgan edi. Shu bois islom 
vakillarining g‘alaba qozonishi yoki mag‘lub bo‘lishi ular uchun baribir edi. Ular dastalbki 
zarbaga uchragan zahoti hamma narsadan voz kechib, o‘z , jonlarini asrashning 
tashvishiga tushib qolishi tabiiy bir hol edi. Agar Olloh taoloning marhamati bo‘lmasa, 
musulmonlarning barcha urinishlari zoe ketishi hech gap emasdi. Bu urush qo‘shin din 
uchun ko‘ksini qalqon qilib, sabot bilan kurashadigan va Ollohning g‘azabiga uchrashdan 
qo‘rqib, jang maydonini tashlab qochishdan uyaladigan kishilardan tashkil topmog‘i 
lozimligini isbotladi. 
Jangdan keyin payg‘ambar alayhis-salom qo‘lga tushgan asir va g‘animatlarni 
yig‘dirdilar. Qo‘lga kiritilgan yigirma to‘rt ming tuya, qirq mingdan ortiq, qo‘y, to‘rt ming 
uqiyya kumush (bir uqiyya 4,37 gramm) ji’rona degan joyga to‘plandi. Hunaynda 
mag‘lub bo‘lgan mushriklar uchga bo‘linib, bir qismi toifga, bir qismi Naxlaga, yana bir 
qismi Avtosga qochib ketdi. 
 
 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish