UZZO, SUVO’, MANOT BUTLARINING YO’QOTILISHI
Payg‘ambar alayhis-salom Makkaga kelganlarining beshinchi kuni Xolid ibn Valid
boshchiligidagi o‘ttiz nafar suvoriyni Uzzo degan butni sindirib kelishga yubordilar. Uzzo
qurayshlar cho‘qinadigan eng katta but bo‘lib, Nahla degan joyga o‘rnatilgan edi.
Musulmonlar uni qulatib, maydalab tashlashdi.
Rasululloh Amr ibn Osni Suvo’ butini yo‘q qilishga yubordilar. Huzayl qabilasining bu
eng katta buti Makkadan uch mil olisdagi bir joyga o‘rnatilgan edi. Amr ibn Os uni yer
bilan yakson qilib qaytdi.
Sarvari olam Sa’d ibn Zayd Ashhaliy boshchiligida yigirma nafar odamni Manot degan
butni yo‘qotib kelishga jo‘natdilar. Bu Kalb va Xuzoa qabilasining buti bo‘lib dengiz
yoqasidagi Mushallal degan toqqa o‘rnatilgan edi. Musulmonlar borib uni qulatib
tashlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |