Microsoft Word nurul yaqin ziyouz com doc



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/270
Sana30.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#197178
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   270
Bog'liq
Muhammad Xuzariy. Nurul-yaqin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
dedi. Molik uning maslahatiga quloq solmay, jangchilarning orqasiga ayollarini saf-saf 
qilib tizdi, ulardan keyin tuyalarni, sigirlarni va eng orqaga qo‘ylar podasini qo‘ydi. 
Lashkarboshining mo‘ljalicha bu usul jangchilarning orqaga chekinib jang maydonidan 
qochib ketishiga imkon bermasdi. Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik 
ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror 
qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar; ularning ikki minggi Makkalik, 
qolganlari Madinalik sahobalar edi. Makkaliklar o‘lja — g‘animat ilinjida g‘ayratga minib, 
topgan ot ulovda, topmagan poyu piyoda safarga otlandi. Ularning orasida ayollar, hatto 
Safvon ibn Umayya Suhayl ibn Amr kabi saksonta mushriklar ham bor edi.  
Dushman qarorgohiga yaqinlashgach, payg‘ambar alayhis-salom g‘oziylarni safga 
turg‘azdilar. Muhojirlarning a’lamini Ali ibn abu Tolibga, Hazraj qabilasining a’lamini 
Hubob ibn Munzirga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga tutqazdilar, boshqa 
qaoilalarga ham o‘z bayroqlarini berdilar. Shundan keyin ustilariga ikki qavat sovut, 
boshlariga dubulg‘a kiyib, xachirlariga mindilar. Musulmonlar o‘zlarining ko‘shshgidan 
g‘ururlanib yo‘lga tushgan edilar. Biroq ularning soni jonlariga asqotmadi, darayu 
jilg‘alarda tepaligu adirlarda pistirmada turgan dushman yomg‘irdek o‘q yog‘dirdi. 
Sarosimaga tuvdib qolgan musulmonlarning oldingi safidagilar otlarining boshini burib 
qocha boshladilar. Nima gapligini anglab yetmagan orqa safdagilar ham ularga ergashdi. 
Payg‘ambar alayhis-salom xachirdan tushmay jang maydonida turaverdilar.  
Muhojirlar bilan ansorlarning bir qismi rasulullohning yonlaridan jilishmadi. Bular Abu 
Bakr, Umar, Ali, Abbos va uning o‘g‘li Fazl, Abu Sufyon ibn Horis bilan uning qarindoshi 
Robi’a ibn Horis, Mut’ab ibn Abilahab edi. Abbos xachirning tizginidan, Abu Sufyon 
egaridan ushlab payg‘ambar alayhis-salomni muhofaza etishardi. 
Rasululloh 
musulmonlarni qochmaslikka undasalar-da, hsch kim u kishining gaplariga quloq 
solmas, qochoqlar uchun keng olam tangu tor o‘raga aylangan edi. Haligacha 
butparastlikdan voz kechmay endigina musulmonchilik ko‘chasiga qadam qo‘ygan ba’zi 
bir makkaliklar quvonsa, ayrimlari qattiq iztirob chekishardi.  
Abu Sufyon ibn Harb: "Ular endi to dengiz sohiliga yetmaguncha to‘xtashmaydi" dedi. 
Safvon ibn Umayyaning ukasi quvonib: "Mana, Muhammadning sehri barbod bo‘ldi", 
dedi. "Og‘zingni yum, ovozing o‘chgur! — deya o‘dag‘ayladi Safvon. — Xudo haqqi, 
menga Havozin qabilasidan birov boshliq bo‘lganidan ko‘ra qurayshlik hukmronlik qilgani 
yaxshi edi. Senlar ham odammisan?" Qurayshliklardan birovi o‘tib keta turib: 
"Xushxabar! Muhammad bilan sahobalari adoyi tamom bo‘lishdi! Endi ular mag‘lub 
bo‘lishi muqarrar!" — dedi. "Sen hali badaviylarning g‘alabasidan xushxabar 
yetkazguvchi xabarchimisan? — deya o‘dag‘ayladi Safvon battar zardasi qaynab. Bor 
yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma. Ikrima ibn Abu jahl qurayshlik mushrikning yo‘lini to‘sib: 
"Musulmonlar o‘la qolsa mag‘lubiyatdan qutulolmaydi, deyapsanmi? Bu narsa sening 
ilkingda tugul, jatto Muhammadning ham qo‘lida emas, balki Ollohning ixtiyorida. 
Musulmonlar bugun yengilsa, ertaga g‘alaba qozonishi muqarrar", dedi. Suhayl ibn Amr 
unga e’tiroz bildirib: "Ey Ikrima, hukm chiqarishga shoshilma, bu ishning oqibati nima 
bo‘lishini bilmaysan-ku", dedi. Ikrima uning fikriga qo‘shilmadi. "Biz ilgari noto‘g‘ri yo‘lda 
adashib-uloqib yurgan, aql-hushimizni ishlatmagan edik. Na foydasi, na zarari bor 
butlarga cho‘qinib o‘zimizni laqillatardik. Endi ham esimizni yig‘ib olmaymizmi?" dedi u 
qizishib. 
Islom lashkarining oldingi safi to‘zib, musulmonlar mag‘lub bo‘lganligi haqidagi xabar 
Makkaga yetib bordi. Jang maydonidan qochganlar qochib, qolganlar sarosimada edi, 
biroq payg‘ambar alayhis-salom hamon joylaridan jilmay: "Men Abdulmuttalibning 
o‘g‘liman, xudoning payg‘ambariman, yolg‘onchi emasman", deb turaverdilar. 
Musulmonlar orasida Abbosning ovozi o‘tkir edi. Rasululloh unga: "Ansorlarni chaqir!" 


Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish