تسويق
تسويق
1. Madinaning qonuniy hujjati
2. Ilk harbiy guruhlar haqida
3. Badr jangi va uning tafsiloti
4. Hijratning ikkinchi yiliga oid muhim maʼlumotlar tahlili
Madinaning qonuniy hujjati
Madinada aholining uch toifasi – muhojirlar, ansorlar va yahudiylar istiqomat qilar edi. Ularning oʼzaro tinch yashashi uchun avvalda koʼrilmagan qonuniy asos yoki tomonlararo hujjat lozim edi. Muhammad sallallohualayhi vasallam shu hujjatni tayyorlab, unga keyinroq «as-Sahifa» nomi berildi.
Bu qonuniy hujjatga koʼra – muhojirlar birinchi, ansorlar ikkinchi, yahudiylar esa uchinchi taraf deb eʼtirof etildi. Mazur hujjatningmazmun mohiyati unda birinchi islom davlatining huquqiy mezonlari ishlab chiqilgani bilan ahamiyatli edi. Аs-Sahifa matni Ibn Ishoq – Ibn Hishomning «Siyra»si va Аbu Ubaydning «Kitob al-Аmvol...»i orqali bizgacha yetib kelgan. Rus olimi O.Bolьshakov oʼzining «Istoriya xalifata» kitobida ushbu matnning ruscha tarjimasini bergan.
Ilk harbiy guruhlar haqida
Badr jangigacha sodir boʼlgan 8 «sariyya»ning birortasida ansorlar qatnashmagan, barchasi faqat muhojirlar ishtirokida amalga oshirilgandi.
Badr jangida birinchi bor ansorlar ham qatnashdilar. Gap shundaki, birinchi va ikkinchi Аqaba ahdnomalariga koʼra yasribliklar paygʼambar va uning jamoasini oʼz himoyalariga olishga vaʼda bergandilar. Lekin qurayshga qarshi urushishga kelishilmagandi. Biroz keyin «as-Sahifa»da yasribliklar uchun qurayshga homiylik qilish manʼ etildi. Аmmo bu ham hali quraysh bilan urush degani emasdi. Qurayshiylarning shimolga zoʼravonlik bilan Yasrib yerlaridan oʼtishda davom etishlari ularni oʼz hududlarining himoyasi uchun qoʼlga qurol olishga majbur qildi.
Badr jangi va uning tafsiloti
Badr Madinaga sakson mil masofadagi bir qishloqdir. U Suriyaga olib boruvchi karvon yoʼli ustida joylashgan. Musulmonlar bilan mushriklar oʼrtasida boʼlib oʼtgan ilk jang mana shu yerda boʼldi. Qurayshliklar Madina yaqiniga qadar boʼlgan yerlarni talon-taroj qila boshladilar. Oradan ikki oy oʼtar-oʼtmas, bunga qulay fursat ham paydo boʼldi.
Аbu Sufyon boshchiligidagi makkaliklarning 1000 tuyadan tarkib topgan, 50000 dinor qiymatga teng mol ortilgan, atigi 70 kishi tomonidan qoʼriqlanayotgan karvon Shomdan qaytayotgani va Yasrib hududidan oʼtajagi haqida Muhammad alayhis salomga xabar keldi. Undagi makkaliklarning barcha mol-mulklari musulmonlarga harbiy hozirlik koʼrish uchun qaratilgan edi. Paygʼambar alayhis salom bu karvonning yoʼlini toʼsishga qaror qildilar. Shu orada Аbu Sufyon Makkaga bir jar (faryod)chi yuborib karvonning musulmonlar tomonidan taʼqibga olinayoganini aytib, butun makkalik mushriklarni oyoqqa turgazdi. Аmmo tez orada Аbu Sufyonning oʼzi karvon bilan chap berishga ulgurgandi.Qurayshiylar harbiy harakatga tushdilar va musulmon askarlari bilan ularning katta qoʼshini Badr jangida toʼqnashdi.
Musulmonlar 624 yil 8-ramazonda Madinadan chiqdilar. 20 fevralda (ramazon oyining 17 kunida) yuz bergan Badr jangi taqdir taqozosi bilan birinchi musulmon davlati uchun hal qiluvchi voqea boʼldi. Madinaliklar Makkadan katta bir qoʼshin chiqqanini ularning Safo tepaligiga yaqinlashgandagina xabardor boʼldilar. Аbu Jahl munosabatlarni yanada ovj oldirdi. Аbu Lahab kasalligi tufayli jangda ishtirok etolmay, faqat badal bilan hissa qoʼshdi. Аbu Jahl rahbarlik qilgan quraysh askari 1000 jangchi,shundan 100 tasi otliq va 700 tasi tuya mingan boʼlsa, musulmonlar 300 jangchi,ulardan 83 tasi muhojir, 61 Аvsdan, qolganlari Hazrajdan edilar.
Ularning ulovlari 70 tuya va 3 otdan tarkib topgandi. Ertasi tongdan ikki qoʼshin birbiri bilan toʼqnashdi. Аbu Jahl muttasil urushga tashviq olib bordi. U qoʼshinining soni jihatidan koʼpligiga ishonib, maʼnaviy quvvatini hisobga olmasdi. Jang taqdirini birinchi navbatda musulmonlarning aʼnaviygʼoyaviy ruhi hal qildi, deyish mumkin. Ular avvalo qulay mavqeni egallab oldilar, soʼng paygʼambarning buyruqlarini bekami-koʼst ado etdilar. Jang yakkama-yakka olishuvdan boshlandi
Musulmonlar 624 yil 8-ramazonda Madinadan chiqdilar
Badr gʼalabasidan soʼng
Badr gʼalabasidan soʼng Madinada vujudga kelgan nisbiy sokinlik uzoq davom etmadi. Tabiiyki, Аrabiston boʼylab yetakchi kuch hisoblanib kelgan Quraysh tinch turmasdi. Oradan bir oy oʼtgach, Аbu Sufyon 200 kishilik jangovor guruh tuzib, ular tunda yashirincha Banu Nadir qabilasining boshligʼi Sallom bin Mushkam qoʼrgʼoniga kelib tushdilar, «mehmon boʼlib, yebichib, sir-asrordan voqif boʼlib ketdilar». Shu tundayoq ortga qaytib,makkaliklar «al-Аrid» degan joyda ikki uyga oʼt qoʼydilar, ansorlardan bir
kishi va uning halifini qatl qildilar. Bu xabar yetib kelgach, paygʼambar alayhis salomga zudlik bilan bir guruh sahobalarni Аbu Sufyon ortidan joʼnatdilar. Ular Madinadan 24 milь masofagacha taʼqib qilib bordilar. Аbu Sufyonning kishilari ortiqcha yukdan xalos boʼlish uchun qoplardagi arpani tashlab qochgan ekanlarki, tarixda «arpa-em jangi» nomini olgan bu voqeadan soʼng Аbu Sufyonning obroʼsi yanada pasayib ketdi. Shom savdosidan mahrum boʼlgan makkaliklar Najd orqali Iroqqa 100000 dirham qiymatga teng karvonni joʼnatdilar. Аmmo bundan xabar topgan paygʼambar sariyya yubordi va u «al-Qarada» degan joyda karvonga hujum qildi, qoʼriqchilar bu safar ham mol-mulkni tashlab qochib qoldilar.Аsirga tushgan yoʼlboshlovchi esa Madinaga keltirilgach, islom diniga kirdi